Neft va gaz kollektorlari
Download 8.2 Kb.
|
TemirovNavruzbek129-20
Mavzu: Neft va gaz kollektorlariKollektorlar haqida umumiy tushuncha Karbonat jinslar Terrigen jinslarNeft koni geologiyasi oldidagi yechilishi lozim bo’lgan aniq vazifalardan biri uyumning ichki tuzilishiga o’rganish, qatlamlar orasida kollektorlarni belgilash va uning fizik xossalarini chamalash hamda aniqlashdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda statistik geologik konda tadqiqot maqsadlariga muvofiq keladigan sistemani belgilash tuzilishi echib berishdir. Bunda tog’ jinslarini va uyumlarini o’rganish ularning tuzilishdagi mezo, makro, metastrukturalar darajasida olib borilmog’i lozim.Tog’ jinslarini kollektor va kollektor emasligini farqlamoq darkor. O’z bag’rida neft, gaz va suvlarni saqlash hamda sharoitlar yaratilganda ularni berish qobiliyatiga ega bo’lgan tog’ jinslari kollektor deb ataladi. Demak, kollektor, gaz, neft va suv bilan shimilgan holatda bo’lishi tabiiy, ular qatlamda o’zlarining solishtirma og’irliklariga qarab joylashadilar. Hozirgi texnika va texnologiya sharoitlari hamda qazib chiqarish sistemasida mahsulot olinishi mumkin bo’lgan kollektorlar - mahsuldor kollektor deb ataladi.Ba’zi tog’ jinslari bag’rida mahsulot mavjud, lekin u ozroq miqdorda yoki geologo-fizik xususiyatlari tufayli ularni hozirgi texnika darajasida chiqarib bo’lmaydi. Bunday tog’ jinslarini mahsuldor bo’lmagan kollektor deb ataladi. Umuman, suyuqlik harakati mavjud bo’lmagan tog’ jinslari kollektor hisoblanmaydi. Tog’ jinslarining bir-biridan farqi va ularning yer bag’rida joylashgan holatini, ularning chegaralarini aniqlash ushbu fanning vazifalaridandir. Qatlamning chegaralari har xil tabiiy sharoitlar bilan belgilanadi.Chunonchi, qatlamning ma’lum joyda litologik tarkibi keskin o’zgarib, u kollektor holatidan kollektor bo’lmagan holatga o’tadi yoki qatlam ma’lum bir joyda tabiiy uzilma bilan kesilgan va uning chegarasi qirqilgan bo’ladi. Shu kabi belgilarga qarab neft-gaz to’planishi mumkin bo’lgan geologik jinslarni sodda va murakkab turlarga ajratish mumkin.Download 8.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling