Neft va gaz konlari geologiyasi va geofizikasi


Download 89.23 Kb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi89.23 Kb.
#1614747
1   2   3   4   5   6   7   8
Neotektonik h’arakatlar. Neotektonik h’arakatlar 40 mln. yildan buyongi tektonik h’arakatlarni o’z ichiga. Ёsh tektonik xarakatlar golotsen davridan, yani keyingi 10000 yildan boshlanadi, arxeologik va geomorfologik usullar yordamida o’rganiladi. Hozirgi zamon tektonik h’arakatlari 100 yildan buyongi xarakatlarga tegishli bo’lib, ular geodezik asboblar yordamida o’rganiladi.
Neogen va to’rtlamchi davrlardagi tektonik h’arakatlarni va ular h’osil qilgan strukturalarni geologiyaning neotektonika deb ataluvchi soh’asi o’rganadi.
Neotektonikani akademik V.A.Obruchev (1863 - 1956) birinchi bo’lib umumiy tektonika fanidan ajratishni taklif qilgan va buni asoslagan.
Er po’stining rivojlanish tarixi unda muttasil tektonik h’arakatlar bo’lib turganligidan darak beradi. Bunday h’arakatlar tog’ jinsi qatlamlarining yotish h’olatini, tuzilishini, relefini o’zgartiradi. Er qatlamlaridagi, ayniqsa yosh qatlamlardagi bunday o’zgarishlarni aniqlash, ularni o’rganish muh’im ah’amiyatga egadir. Chunki ular h’ozirgi relef shakllarini h’osil qilgan bo’lib, neft, gaz, ko’mir kabi foydali qazilmalarni bashorat qilish va qidirishda etakchi mezon h’ isoblanadi.

Fizik nurash haroratning keskin oʻzgarishi, suv va havo oqimlari, muzlarning harakati natijasida togʻ jinslarining mexanik parchalanishi orqali amalga oshadi. Togʻ jinslarini minerallarning issiqlikda kengayish koʻrsatkichi turlicha boʻlganligi tufayli ular turli miqdorda kengayadi va torayadi. Dastlab togʻ jinslarida yoriqchalar hosil boʻladi. Darzliklarda suv singib muzlaydi. Natijada darzliklar kengayadi. Yirik kristall donali jinslarda minerallarning dezintegrasiyasi — donalarning bir-biridan ajralib ketishi sodir boʻladi. Togʻ jinslarining struktura va teksturasi turlicha boʻlgani sababli ham nurash jarayonlari turlicha kechadi. Intruziv tanalarda nurash tufayli yirik harsanglar hosil boʻladi. Suv va havo oqimlari ham juda katta yemirish kuchiga ega boʻladi. Quruqlikda shamol qoyali jinslarni yemirib, deflatsiya va korraziyaga uchratadi. Fizik nurash natijasida turli oʻlchamdagi togʻ jinslari hosil boʻladi.[1]



Haroratli nurash[tahrir | manbasini tahrirlash]


Togʻ jinslarining bir hilda isitmasligi sababidan sodir boʻladi. Bunda asosan, haroratning sutkalik tabranishi katta ahamiyatga ega boʻladi. Monomineral togʻ jinslarining yuza qismi bilan pastki qismi oʻrtasida, polimeneral togʻ jinslarida turli qattiqlik va rangdagi minerallar oʻrtasida harorat amplitudasining taʼsiridan siqilish va kengayish kuzatiladi. Natijada togʻ jinsida darzlar paydo boʻlib, asta — sekin parchalana boradi. Haroratli nurash keskin kontinental arid iqlimli oʻlkalarda va arktikada kuchli kechadi. Mexanik nurash suv va havo oqimlarining kuchi, gravitatsion jarayonlar, togʻ jinslarining muzlashi va oʻsimliklar tomiri taʼsirida yemirilishidan namoyon boʻladi. Shamollar taʼsirida yemirilgan togʻ jinslarida turli-tuman gʻaroyib shakllar vujudga keladi. Qoyali relyefda bu vosita gravitatsiya kuchlari taʼsirida togʻ jinslarini mexanik parchalab, turli shakillar va burdalangan material xisobiga kollyuviy hosil qiladi. Suv muzlaganda oʻz hajmini 11 % ga oshiradi. Natijada qor chizigʻidan yuqorisida, arktika, subarktika, dengiz qirgʻoqlarida sovuqdan nurash yuz beradi.[2]

Kimyoviy nurash[tahrir | manbasini tahrirlash]


Suv karbonat angidrid, kislorod, organik va anorganik kislotalar taʼsirida beqaror minerallarning oʻzgarishiga kimyoviy nurash deyiladi. Kimyoviy nurash kislotali-ishqorli va oksidlovchi-tiklovchi muhitlarda amalga oshadi. Kislotali-ishqorli muhit suvdagi vodorod ionlarining konsentratsiyasi bilan belgilanadi. Kimyoviy nurashga sulfidlarning oksidlanishidan hosil boʻlgan sulfat kislota va organic materiallarning chirishi tufayli vujudga kelgan gumin kislotalari ham katta ahamiyatga ega. Kimyoviy nurash kimyoviy jarayonlarning 5 turini: 1) erish, 2) gidroliz, 3) ion almashuv, 4) oksidlanish, 5) organik reaksiyalarni oʻz ichiga oladi. Erish minerallarning ion yoki kolloid eritmaga oʻtishidan iborat. Gidrolizda kimyoviy birikmalar suv bilan reaksiyaga kirishib, kuchsiz kislotalar yoki kuchsiz asoslar hosil qiladi. Ion almashuv reaksiyalari gil minerallarida qatlamlararo va sirtqi ionlarning eritma ionlari bilan faol almashinishida sodir boʻladi. Oksidlanish — bu kimyoviy reaksiya jarayonida elektron berishdir.[3]

Download 89.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling