Neft va gaz konlari geologiyasi va geofizikasi


Download 89.23 Kb.
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi89.23 Kb.
#1614747
1   2   3   4   5   6   7   8

Xulosa


- Yer yuzidagi hukmron jarayonlar ham konstruktiv, ham halokatli.
- Barcha geologik jarayonlarni ikki toifaga ajratish mumkin: endogen va ekzogen.
- endogen kuchlar (zilzilalar, vulkanizm va boshqalar) er yuzida nomutanosibliklar hosil qilsa, ekzogen kuchlar (to'lqinlar, muzliklar, shamol va boshqalar) er yuzidagi tengsizlikni yo'q qiladi.
- Ularning kelib chiqishi endogen kuchga bog'liq bo'lgan barcha xususiyatlar har doim ekzogen kuch tomonidan o'zgartiriladi.
- Endogen kuchlar asosan mantiya va er po'stining issiqlik energiyasidan kelib chiqadi. Ushbu issiqlik energiyasi radioaktiv elementlarning parchalanishidan va mantiyadagi tortishish farqlanishidan kelib chiqadi.

- Ekzogen kuchlar Yer yuzidagi barcha tengsizlikni yo'q qilishga intiladi. Ma'lumki, sirtning tengsizligi qobiqning harakatlanishi, eroziya va notekis cho'kmalar tufayli yuzaga keladi.

Adabiyotlar


  1. Er yuzasi globusini rivojlantirishning ikkita asosiy geologik jarayoni qanday? (s.f.). Preservearticles.com saytidan tiklandi.

  2. Yer yuzidagi endogen va ekzogen kuchlar (2016 yil avgust). Knowledge2success.com saytidan tiklandi.

  3. Jensen Antoniy. Geologiya davrida qanday endogen va ekzogen jarayonlar mavjud? (s.f.). Quora. Quora.com saytidan tiklandi.

  4. Endogen jarayonlar. (s.f.). Prezi. Prezi.com saytidan tiklandi.

  5. 4-hafta Mavzu: Yerdagi geologik jarayonlar. (Juno 2016). Jumboqli fan. Enigmaticscience.wordpress.com saytidan tiklandi.



Er yuzasida ekzogen agentlar taosirida moddalarning ko’chishi natijasida h’osil bo’lgan turli kattalikdagi relef shakllari morfoskulpptura shakllari deyiladi. Oqar va er osti suvlari, okean, dengiz va ko’l suvlari, shamol, muzlik va qor, tirik organizmlar va boshqalar ekzogen agentlarga kiritiladi. Ularning turlari 1-jadvalda keltirilgan. Ekzogen agentlarning umumiy samarasi moddalarning yuqori gipsometrik yuzadan pastroq yuzaga ko’chirilishi bilan belgilanadi. Quruqlikda mineral moddalarning ko’chishidagi ekzogen agentlarning h’issasi 4.1.2-jadvalda keltirilgan. Bu jadvaldan ko’rinadiki quruqlik suvlari mineral moddalarning balansida muh’im rol o’ynaydi. Erning quruqlik yuzasida bir yil davomida 23,2-25.7 mlrd tonna mineral moddalar ekzogen agentlar yordamida bir joydan ikkinchi joyga ko’chiriladi. Buning oqibatida Er yuzasining relefi o’zgaradi.
Ekzogen agentlarning harakteriga bog’liq holda morfoskulpptura, yani ekzogen relef denudatsiya va akkumulyatsiya shakllariga ajratiladi.
Denudatsiya (lotincha-ochilib qolish) nurash masulotlarining nisbatan past joylarga olib ketilishi jarayonlari yig’indisiga aytiladi. Denudatsiya oqar suvlar, muzliklar va shamol natijasida ro’y beradi, tik yonbag’irlarda esa nuragan jinslar qulaydi va og’irlik kuchi taosirida pastga surilib tushadi. Demak, denudatsiya shakllari nuragan jinslarni boshqa joyga olib ketishilishidan vujudga kelar ekan.
Akkumulyatsiya (lotincha-to’planish, yig’ilish) deb Er yuzasida nurash masulotlari va organik qoldiqlarning to’planish jarayonlariga aytiladi. Akkumulyativ relef shakllari turli masulotlarning to’planishi bilan bog’liq bo’ladi.

Er po'stida va uning yuza qismidagi barcha o'zgarishlarga sababchi bo'lgan ikkita qudratli kuch bor. Ularga endogen va ekzogen kuchlar yoki jarayonlar deb nom berilgan. Birinchisining h’arakatga keltiruvchi manbai Erning ichki energiyasi bo'lsa, ikkinchisiniki tashqi, asosan - Quyosh energiyasidir.


Endogen kuchlar bunyod etuvchi xususiyatga ega bo'lsa, ekzogen kuchlar barbod etuvchi vazifasini bajaradi. Masalan endogen kuchlar Er yuzasining barcha notekisliklarini bunyod etsa, ekzogen kuchlar ularni tekislashga h’arakat qiladi.
Ekzogen (yunoncha - exo - tashqi, depon - kelib chiqish, paydo bo'lish) jarayonlar Er yuzasida sodir bo'ladigan tabiiy h’odisalar bo'lib, ularni h’arakatga keltiruvchi manba quyosh energiyasidir. Shuningdek ekzogen jarayonlar litosferaning atmosfera, gidrosfera va biosferalar bilan o'zaro tasiri natijasida sodir bo'ladigan tabiiy h’odisalardir. Ekzogen jarayonlar asosan er po'stining yuza qismini o'zgartiradi.
Barcha ekzogen jarayonlar tog’ jinslarini emiradi (nurash, eroziya, denudatsiya, abraziya, ekzaratsiya), emirilgan jinslarni tashiydi (ko'chiradi) va to'playdi (akkumulyatsiya). Ana shu tabiiy h’odisalar tufayli er yuzasining relefini tekislaydi. Lekin ekzogen jarayonlarning faolligini ko'p h’olatlarda endogen jarayonlar belgilab beradi va h’ar ikkalasi qarama-qarshiliklar kurashi va birligi qonuni asosida namoyon bo'ladi. Masalan, tog’lar (vulkanik, tektonik) qanchalar tez va baland ko'tarilsa, ularning emirilishi shunchalar tezlashadi. Bunda er po'stida modda va energiya almashinuvi kuzatiladi: tog’lar emirilib, pasaya boradi, tekisliklar esa, cho'kindi jinslar bilan to'lib, ko'tarila boshlaydi. Er po'stidagi mavjud muvozanat buzilib, tektonik h’arakatlar yangidan faollashish bosqichiga o'tib, vulkanlar h’arakatlanishi, dah’shatli zilzilalar sodir bo'lishi mumkin.
Demak, bu ikkala kuchlar o'zaro dinamik birlikda rivojlanadi. Shuning uchun h’am geologik - geomorfologik tadqiqot ishlarining uslubiy asosi endogen va ekzogen kuchlarining o'zaro nisbatini tah’lil qilish h’isoblanadi.
Quyosh energiyasi va boshqa tashqi kuchlar tasirida sodir bo'ladigan er po'stining yuza qismidagi barcha tabiiy h’odisalarni ekzogen jarayonlar deb ataladi. Ekzogen jarayonlarni ikkita yirik guruh’ga: quruqlikdagi va suvli muh’itdagi jarayonlarga ajratish mumkin. Quruklikdagi ekzogen jarayonlarga nurash, shamol, vaqtincha va doimiy oqar suvlar va muzliklar, suvli muh’itdagilarga dengiz va okean suvlari, ko'l va botqoqliklar, erosti suvlarining faoliyati tegishlidir.
Suv oqimi bilan bog’liq bo'lgan jarayonlar tog’ jinslarining emirilishi, erilgan materiallarning tashilishi, daryo, delta yotqiziqlari, umuman eroziya, ko'chirish va to'plash jarayonlari majmuasidan tashkil topadi.
Ekzogen jarayonlarning vaqt davomida rivojlanishiga asosan uchta (tektonika, iqlim, antropogen) omillar tasir etadi va to'rtta bosqichdan iborat bo'ladi. Birinchi bosqichda ekzogen jarayonlar kuchayadi va unga mos h’olda landshaftlarning o'zgarishi jadallashadi. ikkinchi bosqichda ekzogen kuchlarning zaiflasha borishi va landshaftlarning o'zgarishi o'rtasida muvozanat yuzaga keladi. Bu mutanosiblik malum vaqt davom etadi. Uchinchi bosqichda ekzogen jarayonlarning tobora zaiflashuvi uzoq muddatlarda davom etishi h’isobiga landshaft tiplari yangi sharoitga moslasha boradi. To'rtinchi bosqichda dinamik muvozanat h’olatida rivojlanish muh’iti shakllanadi. Bu h’olat biror kuch tasir etmasa, uzoq geologik vaqt davomida ekzogen jarayonlar bilan landshaft tiplarining mutonasibligi o'zgarmaydi.
Quyida ekzogen jarayonlarga tegishli bo'lgan nurash, shamol, suv, muzlik, dengiz va okean, ko'l va botqoqlik, erosti suvlarining tasiri, tuproq h’osil qiluvchi jarayonlar h’aqida malumotlar keltiramiz.

Download 89.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling