Neft va gaz konlari geologiyasi va geofizikasi
Nurash qobigʻI[tahrir | manbasini tahrirlash]
Download 89.23 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maydonli nurash qobigʻI[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Choʻzinchoq nurash qobiqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Qadimiy nurash qobiqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Zamonaviy nurash qobiqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nurash qobigʻI[tahrir | manbasini tahrirlash]Nurash qobigʻI deb kimyoviy nurashga uchragan elyuviyga aytiladi. Uning qalinligi pastki zonalar hisobiga, pastki zonalari esa tub jinslar hisobiga oshib boradi. Nurash qobigʻining qalinligi 30 — 40 m ni tashkil etadi. Baʼzan 100-200 m gacha yetishi mumkin. Eng qalin nurash qobigʻI tropic va subtropiklarda boʻladi. Choʻkindi jinslarda nurash qobigʻi uncha qalin boʻlmaydi, 5-10 m gacha yetishi mumkin. Choʻkindi jinslar ayniqsa suv va karbonat angidritga boyigan boʻlsa, qisman yoki toʻliq erib, suv bilan chiqib ketadi. Uning oʻrnida karst deb ataluvchi boʻshliq hosil boʻladi. Maydonli nurash qobigʻI[tahrir | manbasini tahrirlash]Maydonli nurash qobiqlari yirik maydonlarda qoplama shaklida rivojlangan boʻladi. Ular tektonik tinch viloyatlardagi yassi togʻliklar va keng suvayirgʻichlardagi maydonlarda rivojlanadi. Bu turdagi nurash qobigʻining qalinligi oʻnlab metrlarga boradi. Choʻzinchoq nurash qobiqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]Choʻzinchoq nurash qobiqlari darzlashgan zonalar, turli tarkibdagi jinslar kontakti, tomirlar va daykalar boʻylab choʻzinchoq tanalarni hosil qiladi. Bunda nurash qobiqlari parchalangan relyefi burmali togʻlarda vujudga keladi, ularning qalinligi yuzlab metrga borishi mumkin. Baʼzan maydonli nurash qobiqlari oʻzining pastki qismida choʻzinchoq nurash qobiqlariga oʻtib, qalinligi keskin oshadi. Qadimiy nurash qobiqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimiy nurash nurash qobiqlari koʻpincha oʻzidan yoshroq choʻkindi jinslar bilan qoplangan. Koʻpchilik nurash qobiqlariesa qisman yuvilib ketgan. Yura va paleogen davrida shakillangan nurash qobiqlari juda keng tarqalgan. Zamonaviy nurash qobiqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]Zamonaviy nurash qobiqlarining shakillanishi xozirgi kunlarda ham davom etmoqda. Ushbu kimyoviy nurash jarayonlari hali nihoyasiga yetmagan, qalin emas va ustki qismida tuproq qatlami mavjud. Nurash qobiqlari bilan koʻplab foydali qazilma konlari bogʻliq. Masalan nurash qobigʻI rivojlangan zonalarda oltin, platina, kassiterit, titanli temitosh, sirkon, monasit, qimmatbaho toshlarning sochilma konlari bogʻliq. Neotektonik h’arakatlar kechgan joylarni bir necha xil usullar yordamida aniqlash mumkin. Tektonik h’arakatlar tufayli neogen, to’rtlamchi davr yotqiziqlarida darz ketgan, bukilgan strukturalar h’osil bo’lgan va balandliklarda qadimgi tekislanish yuzalari kabi qoldiq relef shakllari uchraydigan joylar mavjud. Ana shular tah’lil qilinib, neotektonik h’arakatlarning tezligi va yo’nalishi, qanday geologik strukturalarni h’osil qilganligi h’amda ularga relefning qanday shakllari mos kelishi aniqlanadi. To’rtlamchi davr yotqiziqlarning darz ketgan va uzilgan joylari Qorjontovda, Norin daryosi vodiysida va boshqa joylarda uchraydi. Er po’stining ko’tarilishi tufayli antropogen davri yotqiziqlari tog’larning 1800 - 2000 m mutlaq balandliklarida, yani daryo o’zanidan 600-700 m tepada qolib ketgan. Masalan, Pskom daryosi chap qirg’og’idagi nanay supasi (Q1) bunga misol bo’laoladi. Qadimgi tekisliklarning baland tog’ oralig’ida qolib ketishi neotektonik h’arakat kechganligidan darak beradi. Masalan, Chotqol, Pskom tog’lari orasidagi Maydontol (platosi) dengiz yuzasidan 2500 - 2800 m balandlikda joylashgan. Neotektonik va h’ozirgi zamon tektonik h’arakatlar vulkan otilishi, zilzila h’arakatlarida namoyon bo’ladi (zilzila bobiga karang). To’rtlamchi davrning boshlarida er yorilishidan Afrikadagi Viktoriya va Tanganika ko’llari, Qizil dengiz va O’lik dengizlar h’osil bo’lgan. Rossiya h’ududidagi Baykal ko’li h’am antropogen davrida xosil bo’lgan deb h’ isoblanadi. Neotektonik h’arakatlar tufayli h’ozirgi davrdagi quruqlik va okean tublaridagi asosiy relef shakllari: tog’lar, tekisliklar, daryo vodiylari paydo bo’lgan. Hozirgi zamon tektonik h’arakatlarini bevosita o’rganishimiz va asboblar orqali ularning qiymatini o’lchashimiz mumkin. Shu kabi yo’nalishini h’am aniqlash mumkin. Masalan: vetikal h’arakatlar musbat - ko’tariluvchi va manfiy - cho’kuvchi bo’lishi mumkin. Hozirgi zamon vertikal va gorizontal tektonik h’arakatlarni o’rganish natijalari shuni ko’rsatadiki, ularning o’rtacha tezligi yiliga 1-2 sm dan oshmaydi. Birinchi qarashda bu judayam arzimasdek tuyuladi. Ammo bu h’arakatlar yuz ming va millionlab yillar davomida to’xtovsiz kechishi mumkin. Yiliga 1 sm dagi ko’tarilish tezligi bir million yil davomida balandligi 10 km bo’lgan tog’ni h’osil qiladi. Bu Himolaydan h’am baland! Geologik o’tmishdagi tektonik h’arakatlar to’g’risida ularning natijalari bo’yicha fikr yuritish mumkin. Download 89.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling