Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash usullari reja
QUDUQLARNI BURG‘ILASH JIHOZLARI
Download 1.55 Mb.
|
NEFT VA GAZ QUDUQLARINI BURG МУСТАКИЛ ИШ
QUDUQLARNI BURG‘ILASH JIHOZLARI
Reja:
Tog‘ jinslariga ta’sir etishga muvofiq burg‘ilash usullari quyidagi turlarga bо‘linadi: mexanik, issiqlik, fizik-kimyoviy, elektr uchqunli va boshqalar. Hozirgi kunda mexanik usulda tog‘ jinslarini parchalash keng qо‘llaniladi, qolgan usullar esa ekspremental ishlov va sinov ishlab chiqarishda qо‘llash mumkin. Mexanik burg‘ilash zarbali, aylantirish va zarbali-aylantirish usullarida amalga oshiriladi, lekin aylantirish usuli keng qо‘llaniladi. Aylantirish usulida burg‘ilash ishlari Rossiya, Azarboyjon, О‘zbekiston va boshqa kо‘pgina davlatlarda keng olib borilmoqda. Burg‘ilangan tog‘ jinslari quduq tepasiga tо‘xtovsiz eritmaning sirkulyatsiya harakati yoki quduqqa bosim bilan havo va gaz haydash yо‘li orqali chiqariladi. Burg‘ilash jarayonini olib borish quyidagi bosqichlardan tashkil topgan: tushirish-kо‘tarish ishlari (burg‘ilash quvurlarini burg‘i bilan quduq tubiga tushirish va ishlab bо‘lingan burg‘ini burg‘ilash quvurlari bilan birgalikda kо‘tarib olish) va quduq tubida burg‘i bilan ishlov berish (burg‘i bilan jismlarni parchalash). Burg‘ilash jarayoni bosqichida quduq ustunida nurash paydo bо‘lganda hamda neft va suv gorizontlarini ajratishda, himoya quvurlarini quduqqa tushirish paytida burg‘ilash ishlari davriy ravishda tо‘xtatiladi. Quduqlarni burg‘ilash jarayoni bilan bir vaqtda bir qator yordamchi ishlar ham amalga oshiriladi: namuna olish, yuvuvchi eritmalarni tayyorlash, karotaj qilish, egrilikni о‘lchash, quduqqa neft (gaz) oqimlarini oqib kelishini himoya qilish va hokazo. Avariya va asoratlar sodir bо‘lganda kerakli qо‘shimcha ishlarni amalga oshirishga tо‘g‘ri keladi. Yuqorida sanab о‘tilgan jarayonlarni amalga oshirishda burg‘ilash minoralari qо‘llaniladi. Burg‘ilash tizmasining quvurlari tarkibidagi eng yuqori quvur yetakchi quvur hisoblanadi va kvadrat (olti qirrali yoki tarnovli) shaklida va yetakchi burg‘ilash quvuri deyiladi. Yetakchi burg‘ilash quvuri rotorning aylanma stolining teshigi orqali о‘tadi va quduqni burg‘ilashda pastga quduq tubiga tomon tushirib boriladi. Rotor burg‘ilash minorasining markaziga joylashtiriladi. Burg‘ilash quvurlari va yetakchi quvurlar rotorning ichki bо‘shlig‘iga joylashtiriladi. Yetakchi quvurning yuqori uchi bilan vertlyug biriktiriladi. Yetakchi quvur burg‘ilash tizmasi bilan birgalikda aylanadi, uning yuqori qismi esa doimiy qо‘zg‘almas bо‘ladi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling