Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash usullari reja


Tog‘ jinslarining tuzilishi, tarkibi, g‘ovakligi va о‘tkazuvchanligi


Download 1.55 Mb.
bet10/16
Sana04.02.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1161547
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
NEFT VA GAZ QUDUQLARINI BURG МУСТАКИЛ ИШ

Tog‘ jinslarining tuzilishi, tarkibi, g‘ovakligi va о‘tkazuvchanligi
Tog‘ jinslari g‘ovakligi deganda ularning hajmi bо‘yicha qattiq moddalar bilan tо‘lmagan qismlari: g‘ovaklar, yoriqlar, kovaklar, har xil bо‘shliqlar va shu kabilar tushuniladi.
Tog‘ jinslarining g‘ovakligi unda neft, gaz va qatlam suvlarining о‘zaro aralashish imkoniyatlarini aniqlaydi. G‘ovaklikni tavsiflash uchun g‘ovaklik koeffitsiyentidan foydalaniladi.
Tog‘ jinslari g‘ovaklik koeffitsiyenti tog‘ jinsining umumiy hajmi bо‘yicha uning qancha qismini bо‘shliq egallaganligini kо‘rsatadi. Barcha turdagi g‘ovaklar о‘zlarining о‘lchamlariga bog‘liq holda yuqori kapillyar (>508 mkm), kapillyar (508-0,2 mkm) va subkapillyar turlarga bо‘linadi.
Yuqori kapillyar kanallarda suv, neft va gaz gravitatsion kuch ta’sirida erkin siljiydi. Kapillyar kanallarda esa molekulyar ilashish (adgeziya) kuchlarining paydo bо‘lishi evaziga eritmaning g‘ovak muhitdagi harakati qiyinlashadi.
Subkapillyar g‘ovaklik gilli tog‘ jinslari uchun tegishli bо‘lib, suv, neft va gazning harakatini cheklaydi. Bunday g‘ovaklarda eritma sizilishi (filtratsiyasi) sodir bо‘lmaydi. Mahsuldor qatlamlarda neft va suvning harakatlanishi о‘zaro tutash bо‘lgan g‘ovak kanallarda о‘lchamlari qiymatlari 0,2 mkm dan katta bо‘lganda sodir bо‘ladi.
G‘ovaklilik umumiy, ochiq va samarador turlarga bо‘linadi. Tog‘ jinslaridagi barcha turdagi g‘ovaklarning yig‘indisi (bо‘shliq, kovak, yoriqlik va shu kabilar) umumiy (absolyut) yoki nazariy g‘ovaklik deb ataladi. Umumiy g‘ovaklik g‘ovaklilik koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi va umumiy g‘ovak hajmning birlik hajmga nisbatiga teng. G‘ovaklilik koeffitsiyenti sonli yoki foizli qiymatlarda ifodalanadi. Tog‘ jinslarining tо‘liq (absolyut) g‘ovakligi quyidagi formula orqali ifodalanadi:
(3.3)
bu yerda: - g‘ovak muhitning umumiy hajmi;
- tog‘ jinsining tо‘liq hajmi.
G‘ovaklik koeffitsiyenti % da quyidagicha ifodalanadi:
(3.4)
Tog‘ jinsining umumiy g‘ovakligi tog‘ jinsini tashkil etuvchi donalarning о‘zaro joylashuvi xususiyatlariga va turli xildagi moddalarning mavjudligiga, donalar oralig‘idagi qatlamchalarning о‘zaro birikib qotish xususiyatlariga bog‘liq.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling