Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universitet


Download 178 Kb.
bet1/4
Sana18.02.2023
Hajmi178 Kb.
#1213377
  1   2   3   4
Bog'liq
Texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


2-Mustaqil ish

Tekshirdi:


Sattorov Xurshid

Bajardi:


Yashinov Qudrat


Mavzu: Bipolyar tranzistorda yasalgan kalit sxemalar
Reja:

  1. Bipolyar transistor haqida ma’lumot.

  2. Bipolyar tranzistorning ulanish sxemalari.

  3. Bipolyar tranzistorli elektron kalit sxemalar.

  4. Foydanilgan adabiyotlar.


Bipolyar transistor haqida ma’lumot
B
ipolyar tranzistor (ВТ)
deb o‘zaro ta’sirlashuvchi ikkita p-n o‘tishdan tashkil topgan va signallarni tok, kuchlanish yoki quwat bo'yicha kuchaytiruvchi uch elektrodli yarimo'tkazgich asbobga aytiladi. BTda tok hosil bo'lishida ikki xil (bipolyar) zaryad tashuvchilar — elektronlar va kovaklar ishtirok etadi. BTda tok hosil bo'lishida ikki xil (bipolyar) zaryad tashuvchilar — elektronlar va kovaklar ishtirok etadi (1, a yoki b-rasmlar).
1-rasm. p-n-p (a) va n-p-n (b) turli ВТ lar tuzilmasi va ularning sxemada shartli belgilanishi.
Yarimo'tkazgich sohalarni belgilashda asosiy zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi yuqori bo'lgan soha p⁺ yoki n⁺ belgisi qo'yilishi bilan boshqa sohalardan farqlanishi qabul qilingan. Tranzistorning sohalari ichida eng yuqori konsentratsiyaga ega bo'lgan chekka soha (n⁺ — soha) n⁺-p-n yoki (p⁺— soha) p⁺-n-p turli tranzistorlarda emitter (E) deb ataladi. Emitteming vazifasi tranzistorning baza (B) sohasi deb ataluvchi o'rta (p - yoki n— turli) sohasiga zaryad tashuvchilami injeksiyalashdan iborat. Tuzilish xususiyatlariga va tayyorlash texnologiyasiga ko‘ra BTlar eritib tayyorlangan, planar va planar-epitaksial tranzistorlarga ajratiladi. Planar va planar-epitaksial tranzistorlarning baza sohasida kiritmalar konsentratsiyasi taqsimoti bir jinsli emas (notekis) bo‘lib, u kollektorga siljigan sari kamayib boradi. BTlar asosan chastotalarning keng diapazonida (0÷10 GGs) va quvvat bo‘yicha (0,01÷100 Vt) elektr signallami o'zgartuvchi, generator va kuchaytirgich sxemalarni hosil qilish uchun ishlatiladi. BTlar chastota bo‘yicha: past chastotali — 3 MGs gacha; o‘rta chastotali 0,3÷30 MGs; yuqori chastotali 30÷300 MGs; o‘ta yuqori chastotali — 300 MGs dan yuqori guruhlarga boiinadi. Quvvat bo'yicha — kam quwatli — 0,3 Vt gacha; o‘rta quwatli — 0,3÷1,5 Vt; katta quwatli 1,5 Vt dan yuqori guruhlarga ajratiladi. Tuzilishi bo‘yicha BTlar ko'p emitterli (KET), ko'p kollektorli (KKT) va tarkibiy (Darlington va Shiklai) tranzistorlari boMadi. ВТ kirishiga berilgan signal quwat bo'yicha kuchaytiriladi. Buning uchun uni o'zgartirilad ig an signal zanjiriga Uc (kirish yoki boshqaruvchi) hamda kuchaytirilgan Ru (chiqish yoki boshqariluvchi) signal zanjiriga ulanadi.

Download 178 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling