Kanaldagi suv isrofi
Download 1.07 Mb.
|
15- mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- a - erkin; b - erkin bolmagan
- Kanal ozanini mustahkamlash
15- ma’ruza. MAVZU: Kanallarda suv shimilishiga qarshi qoplamalarni o‘rnatish bo‘yicha ishlarni bajarish. Reja: Kanaldagi suv isrofi. Kanal o'zanini mustahkamlash. Kanaldagi suv isrofi Kanalda suv isrofi bug'lanish va o'zannda yuz beradigan filtratsiya miqdorini yig'indisidan iborat bo'ladi. Bug'lanish miqdori kanal qurilgan joyning iqlim sharoitiga, kanalning ko'ndalang kesimining geometrik o'lchamlariga bog'liq. Respublikamizning janubiy rayonlarida ishlatilayotgan kanallarda olib borilgan tajribalar bug'lanish natijasida bo'ladigan suv yo'qolishi kanalning 1,0 m2 yuzasiga o'rtacha yiliga 0,3... 0,8 m ni tashkil etishini ko'rsatdi. Kanal tarmog'ida bo'ladigan asosiy suv isrofi asosan filtratsiya hisobiga bo'ladi. Farg'ona vodiysida o'tkizilgan tajribalar natijasi suv manbasidan to dalagacha bo'lgan kanallar tizimining foydali ishlar koeffitsienti 0,62 ...0,65 ga teng ekanligi aniqlangan. Kanaldan iste’molchilarga suv taqsimlashda filtratsiya hisobiga bo'ladigan yo'qolishlarni hisobga olish zarur. Bundan tashqari, katta miqdordagi filtratsiya kanaldan foydalanish ishonchliligini kamaytiradi, yerlarni sho'rlanishiga va botqoqlanishga olib keladi, kanal qirg'oqlarini o'pirilishini keltirib chiqaradi. Kanallardagi filtratsiya erkin (mavjud grunt suvlari oqimi kanaldagi filtratsiyaga ta’sir qilmaydi) va erkin bo'lmagan (kanaldagi filtratsiya oqimi grunt oqimi bilan birlashgan) turlarga bo'linadi (1 - rasm). 1 - rasm. Kanallardagi filtratsiya suvlan sxemasi. a - erkin; b - erkin bo'lmagan Suvning filtratsiya hisobiga yo'qolishi (sug'orish kanalining 1 km uzunligi uchun) A.A. Kostyakov ifodasi yordamida aniqlanadi: tez suv o'tkazuvchan gruntlar uchun (qumloq, engil sog' grunt) (1) o‘rtacha suv o‘tkazuvchan gruntlar uchun (yengil sog‘ tuproq, sog‘ grunt) (2) kam suv o‘tkazuvchan gruntlar uchun (3) bunda – kanaldan oqib o‘tadigan netto suv sarfi Kanal uzunligi bo‘yicha filtratsiyaga absolyut yo‘qolishi: (3) Bunda l - kanal trassasi uzunligi Filtratsiya miqdori vaqt bo'yicha doimiy bo'lmaydi va u grunt bo'shliqlarida mayda zarralar o'tirib qolishi natijasida kamayadi. Kanal o'zanini mustahkamlash Kanalda yuz beradigan filtratsiyani kamaytirish uchun kanal o'zaniga qoplamalar o'rnatiladi. O'rnatiladigan qoplamaning suv o tkazuvchanlik xususiyati kanal o'zanidagi gruntning xususiyatidan past bo'lishi shart. O'zandagi gruntining suv o'tkazmaslik qabuliyatini quyidagi usullarni qo'llab oshirish mumkin: uni sun’iy zichlash, shiballash; tabiiy yoki sun’iy loyqa cho'ktirib grunt bo'shliqlarini mayda zarrachalar bilan to'ldirish. Tabiiy loyqa cho'ktirishda bu zarrachalar kanalga suv bilan birga keladi. Sun’iy loyqa cho'ktirish suvga loy yoki il zarralarni qo'shib, ularni mexanik usulda aralashtiriladi yoki kanalga loyqa yuboriladi. Loyqa yuborish bir jinsli bo'lmagan qum va qumoq gruntlar uchun qo'llaniladi: yumshatilgan gruntga sun’iy tuz (SaSl2, NaCl) yuborish. Uning miqdori 1m2 grunt yuzasiga 3...5 kg ni tashkil etadi; bog'langan gruntlar (yopishqoq) strukturasiga sun’iy biokimyoviy ta’sir etish (grunt yumshatilgandan so'ng organiq moddalar suv ta’sirida va kislorod yetishmasligi tufayli parchalanadigan somon, begona o't, kungaboqar kabilar qoldiqlarini kiritish); yuzalarga toza neft kuyish (1 m2 yuzaga 4.15 kg neft) yoki neft va ohak suv aralashmasini yuborish. Neft quyishning asosiy kamchiliklaridan biri o'zan yuza qatlami suv o'tkazmasligi juda tez kamayadi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling