Kanaldagi suv isrofi


Download 1.07 Mb.
bet3/5
Sana03.02.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1153647
1   2   3   4   5
Bog'liq
15- mavzu

Polimer qoplamalar (plyonkali ekranlar) gruntning himoya qatlami tagida joylashtiriladi. Ular polietilen yoki boshqa turdagi polimer plenkalar bo'lishi mumkin (8.2 - rasm, b). Kanal o'zanidagi yer ishlarini yilning har qanday vaqtida bajarsa ham bo'ladi, ammo plenka va tushama qatlami sovuq va shamol bo'lmagan davrlarda tushaladi. Kanaldan foydalanish davrida plenkali ekran o'sib chiqayotgan o'simlik ildizlari va poyalaridan shikastlanmasligi uchun grunt zaminiga gerbitsidlar sepib ishlov beriladi va himoya qatlami qalinligi 0,5 m dan kam qabul qilinmaydi. Plenka qalinligi 0,2 mm dan kichik, qumli tushamalarda esa 0,1m dan kam bo'lmasligi kerak. Plenkalar bo'lak (ensiz tomoni kanal bo'yicha, enli tomoni yuqoriga) qilib tushaladi plenkalar cheti kanal qirg'og'iga qazilgan xandaqqa (transheyaga) ankerlanadi. Plenka bo'laklari maxsus payvandlash mashinalari yordamida payvadlanadi (birlashtiriladi).
Plyonkali qoplamalar filtratsiyaga suvning umuman yo'qolmasligi va kanaldan 10.30 yil davomida normal foydalanishni ta’minlaydi. Ularning kamchiliklardan biri grunt bilan ekran orasidagi ishqalanishning kamligidir. Shuning uchun bunday qoplamalar kanallar qiyaliklari m > 3 qiymatlarida qo'llaniladi. Ba’zi bir hollarda plyonka yuqorisiga (monolit yoki yig'ma) betonli himoya qatlami barpo etiladi. himoya qoplamalarida to'liq qirqilmagan harorat - kichrayish choklari, kanal kengligi bo'yicha har 6 m dan so'ng va uzunligi bo'yicha har 20 m dan so'ng o'rnatiladi.
Asfaltbeton qoplamalar qalinligi 5.8 sm li asfaltbeton kanal jonli kesim perimetri bo'yicha shag'al tushama ustiga o'rnatiladi. Kanalga suv berishdan oldin asfaltbeton yuzasi asbest qo'shimcha qo'shilgan issiq bitum bilan qoplanadi. qiyaliklar uchun asfalt beton qorishmasi 160... 1800S ga qizitiladi. Kanal tubiga uni ba’zi bir hollarda quyilmaydi. Bunday qoplamalar mustahkam, egiluvchan, atmosfera ta’sirlari betonga ko'ra chidamli, suv o'tkazmaslik kabi yutuqlarga ega. Ular orasidan o'simliklarning tez o'sib chiqishi, asosiy kamchiliklaridan biridir. qiyaliklar qiymati 1:1,5 dan tikkaroq, qoplama qalinligi 6.8 sm qabul qilinadi. Issiq haroratli hududlardan asfaltbeton tarkibi qiyalik upirilib ketmaslik sharti bilan qabul qilinadi. Asfolt-beton qoplamar 40 va undan ortiq yil muddatda xizmat qiladi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling