Neft va gaz quduqlarini qurilishi
Download 156.61 Kb.
|
NEFT VA GAZ QUDUQLARINI QURILISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Quduq tubi jihozlanishi.
Dd = (1,0447 + 0,00022 D) Dm (12.2)
bunda: Dd - dolota diametri, mm; D - quvur diametri, mm; Dm - quvur muftasining diametri, mm. Quduqga tushirilayotgan quvurlar diametriga mos keluvchi dolotalarning diametri quyidagi 12.1.- jadvalda ko`rsatilgan. 1.- jadval
Quduq konstruktsiyasini aniqlab bo`lingandan keyin, tanlangan quvurlarni mavjud uslublarga binoan ularning mustahkamliklari, devor qalinligi, po`lat belgisi (markasi) aniqlanadi. Mustahkamlovchi quvurlar birikmasini (kolonna obsadnix trub) quduq tubigacha to`xtovsiz yetkazib borish uchun dolotalar ustiga o`rnatiladigan og’irlashtirilgan parmalash quvurlarining diametri 12.2.- jadvalda ko`rsatilgandek bo`lishi kerak. 2.- jadval
- quduqning har 10 m da qiyshayishi, gradus/10 m. Mustahkamlovchi quvurlar birikmasini quduqqa muvaffaqiyatli tushirish uchun parmalash davridа ishlatiladigan og’irlashtirilgan parmalash quvurlarning uzunligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: l (3) bunda: q - l m og’irlashtirilgan quvurning massasi, kg; Dd - doloto diametri, mm; dobq – og’irlashtirilgan parmalash quvurning diametri, sm. Zaboy dvigatellari va doloto diametrlari orasidagi mutanosibligi 3- jadvalda berilgan. 3- jadval
Quduq konstruksiyasining ko’rinishi 1.3. Quduq tubi jihozlanishi. Neft va gaz quduqlarida quduq tubi konstruktsiyasi mahsuldor qatlamning litologik va fizik xossalaridan kelib chiqqan holda uyumda quduqning joylashuviga qarab tanlanadi. Masalan, antiklinal burmada (12.2-rasm) dagi №2 -quduqda qatlam tubigacha ochilmasligi kerak. Chunki quduq tubida uyumning suvlanganlik qismi mavjud. №1 - quduqni burg’ilash va o`zlashtirishda qatlam butun balandligi bo`yicha ochilishi kerak, chunki shu holdagina eng katta sig’imdorlikka (qabul qiluvchanlikka) erishiladi. Agar qatlamda suv bo`lmasa, butun neft uyumi qalinligini ochish kerak. №3 quduqda mahsuldor qatlamning (20-30 m) pastroq qismi burg’ilanadi. Bu qismi zumif bo`lib, kirish, manometrdan singan, nuragan jinslarni to`planishi uchun xizmat qiladi. №4 - quduqni gaz do`ppisi qismi ochiladi, tubi shunday jihozlanadiki, neft orqali gaz do`ppisidan gaz kirib kelmasligi kerak. 12.2-rasm. Antiklinal burmada quduq joylashuvi holati. Mahsuldor qatlamda quduq tubi jihozlanishi quyidagi turlarda amalga oshiriladi: 1. Mahsuldor qatlam bir jinsli yaxlit mustahkam tog’ jinslaridan (qumoqtosh, ohaktosh kabilar) tashkil topgan bo`lsa, u holda quduq ochiq holda jihozlanadi (12.3.-rasm,a). 2. Mahsuldor qatlamda noyaxlit har xil jins qatlamchalar qum, loylar, kuchsiz sementlangan qumoqtoshlar mavjud bo`lsa, u holda quduq tubi yopiq holda jihozlanadi. (12.3.-rasm, b) Bunda ochiq quduq tubida quduq mahsuldor qatlamni tepasigacha burg’ilanadi, ishlatish tizmasi tushiriladi va quduq tepasigacha sementlanadi. Sement eritmasi qotib bo`lgandan keyin quduq tubi kichikroq diametrdagi burg’i bilan burg’ilanib ochiladi. Quduq tubi yopiq bo`lganda loyihaviy chuqurlikkacha burg’ilanib, ishlatish tizmasi tushiriladi, quduq ustigacha sementlanadi, sement aralashmasi qotgandan keyin neftli yoki gazga to`yingan qismi teshiladi. 3. Ba`zi hollarda mahsuldor qatlam kuchsiz sementlangan qum tosh va alevrolitlar yotqiziqlaridan iborat bo`ladi, bunday holatlarda mahsuldor qatlam ochiq quduq tubida maxsus karnaysimon filtr xvastovik (dum) tushirilib ochiladi. Filtr 0,8-3 mm o`lchamli yoriq teshiklardan iborat bo`ladi (12.3.-rasm, v). 4. Ba`zan quduqqa oldindan teshilgan manjet qo`yma filtrlar tushiriladi. Bunda quduq loyihaviy belgigacha burg’ilanadi, oldindan teshilgan quvur manjet bilan ishlatish tizmasiga tushiriladi. Undan maxsus teshik orqali manjetni yuqori qismi sement aralashmasi bilan to`ldiriladi. Quvurni teshilgan qismi (filtrni) sementlash-dan oldin qum yoki cho’yanli teskari klapan bilan bekitiladi. Sement aralashmasi qotib bo`lgandan keyin cho’yan klapan burg’ilanib olinadi yoki qum bo`lsa yuvib tozalanadi. Quduq tubi yuqori gidrodinamik tugallanganlik koeffitsienti bilan ta`minlanishi kerak. Quduq tubi konstruktsiyasi o`tkazuvchanlikni ta`minlash uchun oraliqqa gidroyorish, kislotali ishlov teshiklarni ochish uchun imkoniyat berishi kerak bo`ladi. (12.3.-rasm, g) 12.3.-rasm. Quduq tubi konstruktsiyasi. a -quduq tubi ochiq; b -quduq tubi mustahkamlash quvurli; v -yoriq filtrli; g-quduq tubiga manjetli filtr o`rnatilgan va oldindan teshilgan konstruktsiya. 1 -mustahkamlash quvurlari; 2 -sement toshi; 3 -gazlilik qatlami; 4 -mahsuldor qatlam; 5 -teshilgan teshiklar. 6 -zichlama; 7 -dumli filtrni yoriqli teshiklari; 8 -qo`yish teshigi; 9 -manjet; 10 -teskari klapanni o`rnatish joyi; 11 -filtr teshiklari. Download 156.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling