1.3. Qatlam energiyasi manbaalari
Uyumdan neftning er yuziga chiqishini ta’minlovchi energiya manbalariga, chekka va ostki suvlar ta’siri, neft, suv, gaz va ular joylashgan tog’-jinslarining qayishqoqlik energiyasi, gaz do’ppisi bosimi energiyasi va suyuqlikning og’irlik kuchi energiyalarini misol qilib olish mumkin. Neft uyumini ishlatishda ta’sir qiladigan energiya manbaiga qarab uyumning ishlash usullari: suv bosimi, gaz bosimi, erigan gaz va grvitasion rejimlarga bo’linadi. Suv bosimi va gaz bosimi rejimida ishlayotgan uyumlarda maxsulotni siqib chiqarish tabiiy energiyalar ta’sirida konni ishlatishning dastlabki davrlarida yuz beradi. Oxirgi ikki rejim- qatlam energiyasi so’nish rejimlari ishlatishning so’ngi davrlarida kuzatiladi. Qatlam energiyalarining yana bir eng katta manbaidan biri bu tog’ jinslari suyuqliklarning tarangligidan kengayish energiyasi bo’lib, birinchi usul (suv taziyiqi ) ga ko’shimcha tarang suv-taziyiqi usuli ham mavjud. YUqorida ko’rsatilgan barcha usullar alohida tarzda juda kam hollarda uchraydi. Ko’p hollarda bir vaqtning o’zida bir yoki bir necha usullar birgalikda kuzatiladi. Uyumni ishlatish rejimi unga ta’sir qiluvchi kuchlarining o’zgarishi, kollektor xossalarini o’zgarishi, neft va suv xossalarining o’zgarishi, ishlash tavsifini o’zgarishi va uyumga sun’iy ta’sir etish usullariga qarab uzlo’qsiz o’zgarib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |