Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi


Qo`zg’almas qatlamli jarayonda


Download 1.76 Mb.
bet3/18
Sana09.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1180197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Qo`zg’almas qatlamli jarayonda donasimon qattiq material qatlamidan suyuqlik (erituvchi) o`tadi. Bunda fil’trlanish jarayoni yuz beradi. ekstraktsiyalanish jarayonida qattiq material qatlamining balandligi o`zgarmas bo`ladi. Qattiq materiallarni eritish jarayonida qatlamning balandligi vaqt davomida o`zgarib boradi. Bu jarayon davriy ravishda olib boriladi. Qattiq material zarrachalari qatlamining har bir nuqtasidagi va qatlamdan chiqayotgan suyuqlik kontsentratsiyalari doim o`zgarib turadi. Shu sababli o`zgarmas qatlamli jarayonlar noturg’un hisoblanadi.
Qo`zg’almas qatlamli jarayonlar qator afzalliklarga ega: ekstraktsiyalash qurilmalari oddiy tuzilishga ega; pul’pani ajratish va cho`kmani yuvish uchun qo’shimcha qurilmalar talab qilinmaydi; ekstraktsiyalash jarayoni fil’trlash orqali olib borilgani sababli ekstrakt ancha toza holda olinadi, qurilmalarning ish unumi ancha katta; hosil bo`lgan ekstrakt eritmasining kontsentratsiyasi esa yuqori bo`ladi.
Bu usul kamchiliklardan ham holi emas: qo`zg’almas qatlam katta gidravlik qarshilikka ega; ushbu jarayonni amalga oshirish uchun qattiq material bir xil kattalikdagi mayda zarachalarga bo`lingan bo`lishi kerak.
Mavhum qaynash qatlamli jarayonda qattiq materialning zarrachalari suyuqlik ta`sirida mavhum qaynash holatiga keltiriladi. Qattiq material zarrachalarining qatlami qurilmaning g’alvirsimon to’sig’i ustiga joylashgan bo’ladi. Suyuqlik (erituvchi) ma`lum kritik tezlik bilan qattiq material qatlamining pastidan beriladi, bunda qattiq zarachalar har tomonga harakat qiladi. Suyuqlik albatta turbulent oqim bilan harakatlanadi. ekstraktsiyalash davomida qattiq zarrachalarning barcha yuzasi erituvchi bilan o`zaro ta`sir etadi, natijada qattiq va suyuq fazalar o`rtasidagi modda almashinish jarayoni tez boradi.
Mavhum qaynash qatlamli jarayonlar asosida ishlaydigan qurilmalar oddiy tuzilgan, ularning massasi kam, ekstraktsiyalash yoki eritish jarayoni katta tezlik bilan boradi.
Har bir konkret sharoit uchun texnik iqtisodiy hisoblashlar orqali tegishli usul qabul qilinadi.



Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling