Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi


Download 1.76 Mb.
bet9/18
Sana09.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1180197
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
CHО‘YAN. Temirning uglerod va kremniy, fosfor, marganets va oltingugurt bilan kо‘p komponentli qotishmasi kul rang chо‘yan bо‘ladi.
CHо‘yan tarkibidagi uglerod miqdori 2,8-3,7% bо‘ladi. Boshqa komponentlarning miqdori esa quyidagicha: S=3,0-3,6%; Si=1,6-2,4%; Mn=0,5-1,0%; R<0,8%; S<0,12%.
CHо‘yanlarning fizik xossalari quyidagi ma’lumotlar bilan xarakterlanadi:
- zichligi = 6600...7700 kg/m3
- erish temperaturasi ter = 1050...1573 K;
- issiqlik о‘tkazuvchanligi = 25...59 Vt/mK;
- solishtirma issiqlik sig‘imi sr = 0,5...4,5 kJ/kgK;
- chiziqli kengayish koeffitsiyenti  = (16,7...17,6) 10-6 1/K.
CHо‘yanlar narxi past va о‘rtacha mexanik xossalarga ega bо‘lgani uchun texnikaning turli sohalarida keng qо‘llanishiga olib keldi.
PО‘LAT. Bu materialsiz texnika hozirgi kundagi yuqori mavqeiga erishmagan bо‘lardi. Bunga sabab, pо‘latning mustahkamligi, dinamik yuklamalarga bardoshligi, quyilish, bolg‘alanish, shtamplash va payvandlanish qobiliyatiga egaligi, dastgohlarda qayta ishlanishga moyilligi, arzonligi va mо‘lligidir
Pо‘latlarda uglerod miqdori 1,5% gacha bо‘lsa, konstruksion pо‘latlarda esa 0,7% dan ortmaydi.
Pо‘latlarning fizik xossalari quyidagi kо‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
- zichligi = 7790...7900 kg/m3;
- erish temperaturasi ter = 1400...1500 K;
- issiqlik о‘tkazuvchanligi = 46,5...58,2 Vt/mK;
- solishtirma issiqlik sig‘imi sp = 0,454 kJ/kgK;
- chiziqli kengayish koeffitsiyenti  = (11,7...12,3) 10-61/K.
Legirlovchi qо‘shimchalar ta’siri. Muhim legirlovchi elementlarga quyidagilar kiradi: xrom, nikel, molibden, marganets, kremniy, titan, niobiy, volfram, vanadiy. Ayrim hollarda alyuminiy va mislar ham qо‘shimcha sifatida pо‘latlarga qо‘shiladi.
Kimyoviy tarkibiga kо‘ra, pо‘latlar uglerodli va legirlangan turlarga bо‘linadi. Bu elementlar pо‘lat sifatini yaxshilaydi va maxsus xossali qiladi.
Legirlangan pо‘latning kimyoviy tarkibi uchun yagona shartli belgilar (harf va raqamlar) qabul qilingan.
Dastlabki ikki raqam uglerodning о‘rtacha miqdorini (konstruksion pо‘lat uchun foizning yuzdan bir ulushi miqdorida, asbobsozlik va zanglamaydigan pо‘latlar uchun foizning о‘ndan bir ulushi miqdorida); harflar legirlovchi elementlarni (I2-2 jadval); harflarning о‘ng tomonidagi raqamlar esa elementlarning о‘rtacha miqdorini kо‘rsatadi.
I2-2 jadval
Pо‘lat komponentlarining shartli belgilari

Nomi

Shartli belgilari

Nomi



Shartli belgilari

Alyuminiy
Bor
Vannadiy
Volfram
Kobalt
Kremniy
Marganets


Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling