Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi


Download 1.76 Mb.
bet11/18
Sana09.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1180197
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
MIS - pushti-qizil rangli metall. Eng qimmat, konstruksion materiallardan biri bо‘lib, texnik toza holda 5 xil markada ishlab chiqariladi. Kimyoviy qurilmalarda, asosan M2 (99,7%) va M3 (99,5%) markalari keng miqyosda ishlatiladi.
Misning xossalari quyidagi ma’lumotlar bilan xarakterlanadi:
- zichligi = 8980 kg/m3;
- erish temperaturasi ter = 10830S;
- issiqlik о‘tkazuvchanligi = 1596...2233 Vt/(mK);
- solishtirma issiqlik sig‘imi sp = 0,44...0,62 kJ/(kgK);
- chiziqli kengayish koeffitsiyenti  = 16,7...22,310-6 1/K.
Mis alyuminiyga о‘xshab himoya qiluvchi oksid qoplama hosil qilmaydi. Shuning uchun, kislota va tuzlarga nisbatan korrozion chidamlikka ega emas. Lekin, past va kriogen temperaturalarda mustahkamligi ortib boradi. Masalan, -1960S da misning mustahkamlik chegarasi 20 dan 38 kg/mm2 gacha ortadi.
О‘ta past temperaturalarda ishlaydigan qurilmalar uchun mis kabi konstruksion materialni hech qanday material о‘rnini bosa olmaydi.
QО‘RFOSHIN – kо‘kimtir, kul rang, bolg‘alanuvchan metall. Bir paytlar, bu material qurilmalar qurishda katta va muhim ahamiyatga ega bо‘lgan. Bunga sabab, unda tuz va sulfat kislotaga nisbatan chidamli himoya qoplamasining hosil bо‘lishidir. Lekin uning juda yumshoqligi, oson va past temperaturada erishi, katta zichligi va qimmatligi borgan sari kamroq qо‘llanishiga sabab bо‘lmoqda.
Hozirgi kunda uning о‘rniga zamonaviy temir qotishmalar ishlatilmoqda. Sanoatda qо‘rg‘oshinning 6 xili SV, SO, S1, S2, S3, S4, S5 markalari keng qо‘llaniladi. Ular tarkibidagi qо‘rg‘oshin miqdori 99, 90...99, 95%. Qо‘rg‘oshin quyidagi fizik xossalarga ega:
- zichligi = 10130...11350 kg/m3;
- erish temperaturasi ter = 3270S;
- issiqlik о‘tkazuvchanligi = 14,9...34,9 Vt/(mK);
- solishtirma issiqlik sig‘imi sp = 0,13 kJ/(kgK);
- chiziqli kengayish koeffitsiyenti  = (12,3...14,9)10-6 1/K.
Qо‘rg‘oshinni sanoatda qо‘llashda shuni nazarda tutish kerakki, uning mustahkamligi juda pastdir.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling