GIDRODINAMIK ARALASHTIRUVCHI, MEXANIK ARALASHTIRGICH BILAN MOSLANGAN EKSTRAKTOR QURILMASINING ISHLASH PRINTSIPI.
Ekstraktor qurilmasi germetik maxkamlanadigan qobiq 1 dan, bug’ ko`ylagi 2 va mexanik aralashtirgich 3, qurilma qopqog’ini ko`tarish moslamasi 4, bug’ kiruvchi va chiquvchi potrubkalar 5, 6 dan hamda maxsulot kiruvchi, chiquvchi potrubkalar 7, 8 dan iborat. ekstraktor qurilmasida isitish hamda ekstraktsiyalash jarayoni bir vaqtning o`zida olib boriladi. Aralashmaning tsirkulyatsiyasi maxsus konstruktsiyaga ega bo`lgan mexanik aralashtirgich orqali amalga oshiriladi. Ushbu qurilma ishlabchiqarishning barcha tarmoqlarida effektiv qo`llaniladi.
Texnichesk xarakteristikasi*
Umumiy sig’imi, 850 l*
Aralashtirgich elektrodvigateli quvvati, 5 kVt
9-rasm - Gidrodinamik aralashtiruvchi, mexanik aralashtirgich bilan moslangan ekstraktor
ASOSIY KONSTRUKSION MATERIALLAR VA ULARNI TANLASH
Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining qurilmalarini loyihalash jarayonida paydo bо‘ladigan qurilmani tarkibiy qismlari uchun loyiq va mos materiallarni tanlash eng asosiy va о‘ta mas’uliyatli masalalardan biridir [28,131].
Materiallarni tanlashda ularning quyidagi asosiy xususiyatlari hisobga olinishi kerak [132]:
- mustahkamligi;
- issiqlikka bardoshliligi;
- yemirilishga qarshi kimyoviy chidamliligi;
- fizik xossalari;
- texnologik xarakteristikalari, tarkibi va tuzilishi;
- narxi va uni ishlab chiqarish mumkinligi.
Materialning xossalari qо‘llanilish sohasiga, ya’ni undagi muhitlarga chambarchas va qattiq bog‘liqdir. Agarda, muhitning temperaturasi о‘zgarishi bilan materialning hamma mexanik xossalari - korroziyaga chidamliligi, qayta ishlanishga moyilligi - keskin о‘zgaradi. Shuning uchun materialni tanlashda korroziyaga chidamliligiga alohida e’tibor berishi kerak, chunki bu kо‘rsatkichga uning uzoq muddat davomida ishlatilishi uzviy bog‘liqdir. Undan tashqari, korroziya natijasida yemirilgan material olinayotgan mahsulot sifatini pasaytiradi, rangini va ta’mini yomonlashtiradi. Yana shuni nazarda tutish kerakki, qurilmaning materiali qо‘shimcha reaksiyalar uchun katalizator ham bо‘lib qolishi mumkin.
Kimyoviy chidamliligi jihatdan materialning yaroqligini baholash mezonlari quyidagi I2-1 jadvalda keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |