Mavzu: qazish-yuklash uskunalari va qazish va yuklashning texnologik sxemalari. Ekskavatorlarning tasniflari va ularning texnologik xarakteristikalari
Download 0.76 Mb.
|
QAZISH-YUKLASH USKUNALARI VA QAZISH VA YUKLASHNING TEXNOLOGIK SXEMALARI. EKSKAVATORLARNING TASNIFLARI VA ULARNING TEXNOLOGIK XARAKTERISTIKALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: QAZISH-YUKLASH USKUNALARI VA QAZISH VA YUKLASHNING TEXNOLOGIK SXEMALARI.
OLMALIQ ARXITEKTURA TEXNIKUMI MUSTAQIL ISH Guruh: C8-21 Bajardi: Kamolov F. Tekshirdi: Yunusova D. Angren shahar MAVZU: QAZISH-YUKLASH USKUNALARI VA QAZISH VA YUKLASHNING TEXNOLOGIK SXEMALARI. EKSKAVATORLARNING TASNIFLARI VA ULARNING TEXNOLOGIK XARAKTERISTIKALARI Q azish-yuklash ishlari kon massasini massivdan olib uni tashish vositalariga yuklash yoki ag’darmaga ko’chirishga asoslangan. Qazish-yuklash vositalari sifatida karyerlarda davriy va to’xtovsiz ekskavastion mashinalardan foydalaniladi (rasm. 3.1). Davriy mashinalarda (bir cho’michli ekskavatorlar, yuklagichlar, g’ildirakli skreperlar, buldozerlar va boshqalar) ishchi organ bitta cho’michdan yoki kesuvchi elementdan tashkil topadi (buldozeming lemexi), ishchi organlar qazish va kon massasini tashish ishlarini davriy amalga oshiradi. To’xtovsiz mashinalarda (ko’pcho’michli zanjirli va rotorli ekskavatorlar va boshqalar) cho’mich (qazgich) chegaralangan traektoriya bo’yicha harakatlanadi va yukning cheksiz oqimini ta’minlaydi. Zaboy o’zidan uchli maydon, chiyalik yoki pog’ona maydonini tashkil etadi. Tog’ jinslari tuzilishiga ko’ra zaboylar bir turli bo’lishi mumkin (oddiy) va ko’p turli (murakkab). Bir turli zaboylarda tog’ jinslari bir hil xususiyatli bo’ladi, turli zaboylarda esa - turli xususiyatli (ochish tog’ jinslari turli xususiyatga ega, qoplovchi va foydali qazishma turli xususiyatli). Oddiy zaboylami qazib olish umumiy holat bilan amalga oshiriladi. Murakkab zaboylarda foydali qazilmani va qoplovchi tog’ jinslarini qazib olish turli xususiyatlilarda alohida bo’ladi (selektiv). O’matish gorizontda joylashtirishga ko’ra yuqori, pastki va aralash qazib olishli EKSKAVATORLARNING TASNIFLARI VA ULARNING TEXNOLOGIK XARAKTERISTIKALARI Karyerlarda qazish-yuklash ishlari uchun asosan ekskavatorlar foydalaniladi. Kon massasini qazib olish, uni bo’shatish joyiga tashish, navbatdagi qazish joyiga borish va bo’shatish bir cho’michli ekskvator bilan ketma-ket amalga oshiriladi. Umumiy holatda bu operalsiyalar ekskavatoming ishchi stiklini tashkil qiladi. Ko’p cho’michli ekskavatorlarda bu jarayonlar bir vaqtda amalga oshiriladi. Shu sababli bir cho’michli ekskavatorlar davriy harakatli, ko’p cho’michlilar esa cheksiz harakatli mashinalar hisoblanadi. Bir cho’michli va ko’p cho’michli ekskavatorlar ishchi, mexanik, harakat va kuch asboblariga, rama, kuzov va boshqaruv mexanizmlariga ega Cho’michning o’q bilan bog’lanishi tuzilishiga ko’ra qattiq bog’liqli bir cho’michli ekskavatorlar (to’g’ri cho’mich, teskari cho’mich, gidravlik ekskavator) va bir cho’michli yumshoq bog’liqli bo’ladi (draglayn, greyfer). Ko’m cho’michli ekskavatorlar zanjirli (cheksiz zanjirga qotirilgan cho’michlar bilan), cho’zish-cho’michli cho’zish ishchi organii va kon massasini qazishga qaratilgan va bo’shatish joyiga tashishga mo’ljallangan cho’mich zanjirli, frezer-cho’michli frezey ishchi organii va cho’michli zanjirli, rotorli, ularda ishchi organ kon massasini qazish uchun mo’ljallangan rotor g’ildiragi va cho’michli bo’ladi. Harakatlanish asbobi turiga ko’ra bir cho’michli ekskavatorlar zanjirli, pnevmog’ildirakli, qadam tashlaydigan, suzuvchi bo’ladi, ko’p cho’michii ekskavatorlar esa - zanjirli, qadam tashlaydigan-relsli, rels-zanjirli va temiryo’l harakatida bo’ladi. Kuch uskunasiga ko’ra bir cho’michli va ko’p cho’michli ekskavatorlar elektrik, dizel-elektrik va dizel-gidravlik bo’ladi. Karyerlarda asosan elektrik ekskavatorlar qo’llaniladi. O’qning cho’mich bilan qattiq bog’linishiga ega to’xri mexanik ko’raklar katta qazish kuchini hosil qiladi (3500 N/sm gacha)va ishchi asbobning katta chidamliligi bilan xarakterlanadi. Ular turli o’lchamdagi cho’michlar hajmi 0.25-35 M* bilan ishlab chiqariladi va yumshoq va yumshatilgan yarim qoyasimon va qoyasimon tog’ jinslarida foydalaniladi. Karyerlarda bajariladigan ishlar hajmiga ko’ra mexanik kuraklar olingi o’rinlarda turadi. Ular tog’ jinslarini transport vositalariga yuklashda va qazib olingan maydonga tog’ jinsini tashishda ham xizmat qiladi. Mexanik kuraklaming asosiy kamchiligi - davriylik. Qazib olishga asosan faqatgina 20-30% davr vaqti sarflanadi. Oxirgi vaqtlarda tashqi va ichki karyerlarda mexanik kuraklardan ko’ra unumdor bo’lgan gidravlik ekskavatorlar qo’llanilmoqda (bo’lim 3.5). Draglaynlar ishchi organining harakatlanuvchanligiga ko’ra mexanik kuraklarga qaraganda tog’ jinsini katta masofaga ko’chirishi mumkin. Lekin ular mexanik kurakdan ko’ra kamrok qazish ta’sir kuchiga ega. Karyerlarda draglaynlar asosan qazib olingan maydonga yumshoq yoki yumshatilgan yarim qoyasimon tog’jinslarini tashlashga ishlatiladi. Cho’mich hajmi 10 ’bo’lgan kuchliroq draglaynlar yaxshi yumshatilgan qoyasimon tog’ jinslarida qo’llaniladi. Draglaynlar shuningdek tog’ jinsi yig’imi hosil qilish, transheyalar o’tish, kanavalar o’tish, foydali qazilmalami tozalash va boshqa ishlami bajarishda ishlatiladi. Cho’mich hajmi <10ju3bo’lgan uncha katta bo’lmagan va o’rtacha draglaylar ba’zida kon massasini transport vositalariga yuklashga xizmat qiladi. Zanjirli ko’pcho’michli ekskavatorlar yumshoq iqlim sharoitida yumshoq va zich tog’ jinslarini qazib olishda qo’llaniladi. Qazib olishning to’xtovsizligi va yuqlashning zarbsizligi ulami lentali konveyerlar bilan va engil vagonlar bilan (pastrok idish koeffitsiyenti bilan) majmuada qo’llash mumkinligini bildiradi. Zanjirli ko’pcho’michli ekskavatorlaming unumdrligi (It massasi uchun) bir cho’michli ekskavatorlardan ko’ra 25-30% ga ko’p. Ko’p cho’michli ekskavatorlaming kamchiligi yo’naltiruvchi uskunalaming va qazgich zanjirining katta edirilishidir. Shu o’rinda ekskavastiyaning energiya talabi oshadi. Shu o’rinda kamchiliklarga qazishning katta ta’sirini (600 N/sm gacha) ham kiritish mumkin. Rotorli ekskavatorlar zanjirli ekskavatorlarga qaraganda unumdorlik birligiga ko’ra og’irlikni 1.2-1.4 martagacha kamaytirish mumkin, bu holat qazish va bo’shatish joyigacha tashish funksiyasini alohida qilish evaziga erishiladi. Katta qazish harakati (1800 N/sm gacha) zich va muzlagan tog’ jinslari va ko’mirlami qazish imkonini beradi. Rotorli ekskavatorlar ajratilgan qazib olish uchun samarali hisoblanadi. Rotorli ekskavatoming ekskavastiya jarayoni osonroq avtomatlashtiriladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling