Neft va neft mahsulotlari tarkibining nazariy asoslari Neft paydo bo’lishining birinchi anorganik gepotezasi, ya’ni «karbidli gipoteza»


Download 65.78 Kb.
bet3/8
Sana24.10.2023
Hajmi65.78 Kb.
#1718152
1   2   3   4   5   6   7   8
Alkanlar
Alkanlar neft saqlovchi xududlarning barchasidagi va tabiiy yonuvchi gazlarning tarkibidagi uglevodorodlarning asosiy qismini tashqil etadi. Dunyoda barcha neft saqlovchi xududlarning neftiga qarab alkanlar miqdori xar xilda bo’ladi; tuzilishi jixatdan juda kichiq molekulalardan iborat bo’lgan alkanlar, neftning yonuvchi gazlari bo’lib xisoblanadi. Xar yili dunyo bo’yicha qariyib 1,5*1012 m3 tabiiy gaz qazib chiqariladi. Yer ostidagi tabiiy gazning bosimi 25 – 30 MPa ga etadi. Shuning uchun unda erigan suyuqliklar ya’ni uglevodorodlar normal xolatda katta molekulyar massaga ega bo’ladi.
Gaz kondensatining miqdori ,uning tarkibiy tuzilishiga hamda shu gaz turgan qatlamning bosimiga va temperaturasiga bog’lik. Agar temperatura qanchalik yuqori bo’lsa, gazda shunchalik ko’p suyuq uglevodorodlar eriydi, gaz saqlovchi xududlarga qarab bu narsa farqlanadi. Asosan gazda kondensat xajmi jixatdan 40 – 600 sm/m3 gacha bo’lishi mumkin. Agar gaz joylashgan xududda ya’ni gaz konida, gaz 1500 m chuqurlikda bo’lsa, yonuvchi gaz va uglevodorodlar bir fazali xolatda bo’ladi, gazning og’ir komponentalari esa engil gazsimon komponentali massasining ichida to’laligicha erigan bo’ladi. Gazning bosimi tushishi bilan undan kondensat ajraladi. Gazdan kondensat ajrala boshlagan vaqtdagi bosim, boshlangich kondensastiyalanish bosimi deyiladi. Qazib chiqarilgan gaz orasidan xam kondensat ajrala boshlaydi, chunki kondensat gazning yuqori bosim kuchi ostida bo’ladi. Shunga asosan bu xodisa xuddi bosim tushgan qatlamdagi neftdan ajralayotgani kabi bo’ladi. Neft va gaz tarkibidagi normal tuzilishga ega barcha alkanlar metandan to triakontangacha (C33H68) bo’lganlari ajralib olingan. Neftda uning xajmiy miqdori C6 uchun 1,8% gacha, C7 uchun esa 2,3% gacha bo’lishi mumkin. Aksariyat C33 gacha 0,09% gacha kamayib boradi. Alkanlarning yer qa’rida paydo bo’lishi neftning umumiy genizisi aspektlari sifatida qaraladi.
Ammo, shunday ishlar mavjudki, bu ishlarda alkanlarning xosil bo’lishi aloxida xolda qarab chiqilgan. Ba’zi bir ishlarda alkanlarning xosil bo’lishini, izopranlardan tashqil topgan deb qaraladi. To’yingan poliizoprenlar zanjirida izoprenoidlarning tuzilishi o’ziga xos xarakterga ega. Masalan: 2, 6 – dimetilalkanlar C9 – C13 ni yoki 2, 6, 10 – trimetilalkanlar C14 – C18 ni va 2, 6, 10, 14 – tetrametilalkanlar tashqil etadi. Bular o’rtasida neft alkanlari genezesi to’g’risidagi savolni tushunish uchun eng qiziqarlisi pristan (C19) va fitandir (C20). Izoprenoidlarga 2 – metilalkanlarni (C4 – C8) xam kiritish mumkin. Neftlarda izoprenoidlar (2 – 3) % gacha bo’lishi mumkin. Shundan qismi pristan va fitanga to’g’ri keladi [18].
Asosiy massa, qaynash temperaturasi (150 – 350 0C) frakstiyali izoprenoidlarda ya’ni (C11 – C20) da mujassamlashgan. Chizmada fitolning tuzilishi aks ettirilgan bo’lib, bunda izoprenoid strukturaga ega bo’lgan alkanlar xosil bo’lganligi ko’rsatilgan. Fitol - bu xlorofill tarkibiga kiruvchi bo’lib xisoblanadi.
Neftning asosiy qismini stikloalkanlar tashqil etadi. Neft tarkibida mono va polistiklli stikloalkanlar uchraydi. Umuman ular stiklli tuzilish ega bo’lib umumiy-CnH2n formula orqali xarakterlanadi. Stikloalkanlar, Markovnikov tomonidan naftenlar deb nomlangan. Keyinchalik naften uglevodorodlari deganda nafaqat monostiklli uglevodorodlar, balki polistiklli, polimetilenli neft uglevodorodlari tushunila boshlandi. Oddiy stiklanlar stiklopropan, stiklobutan va uning gomologik qatori neftda uchramaydi. CnH2n qatoriga tegishli bo’lgan monostiklli tuzilishga ega bo’lgan naftenlar stiklopentan, steklogeksan uglevodlarida keng ma’noda izoxlab berilgan. Bu tipdagi uglevodorodlar yaxshi o’rganilgan bo’lib, stiklopentan, stiklogeksanning 150 dan to 300 tagacha gomologlari turli xil sintez yo’llari bilan olingan. Ularning tuzulishi juda xilma – xil bo’lib, izomerlari to’rt xilda bo’lishi mumkin.
Siklopentan izomerlariga qaraganda, stiklogeksan uglevodorodning qaynash temperaturasi takriban 30 0C yuqoridir. Kaliforniya nefti tarkibidan YaMR – spektrospopiyasi tekshiruv uslubi bilan ichki ko’prikli bistiklli tuzilishga ega bo’lgan uglevodorodlarning 7, 8 va 9 chi atomi uglevodorod bo’lgan yangi 12 uglevodorodlarni topdilar. Masalan: metilbistiklogeptan uning tuzilish quyidagichadir;

Download 65.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling