Neft va neft mahsulotlari tarkibining nazariy asoslari Neft paydo bo’lishining birinchi anorganik gepotezasi, ya’ni «karbidli gipoteza»


Download 65.78 Kb.
bet1/8
Sana24.10.2023
Hajmi65.78 Kb.
#1718152
  1   2   3   4   5   6   7   8

Neft va neft mahsulotlari tarkibining nazariy asoslari
Neft paydo bo’lishining birinchi anorganik gepotezasi, ya’ni «karbidli gipoteza» 1877 yilda D.I. Mendeleev tomonidan 1892 yilda «kosmik gepoteza», Sokolov tomonidan va 1902 yilda «vulkanli gipoteza», Kost tomonidan taklif etilgan bo’lsada o’sha davrning ko’pchilik olimlari tomonidan bu gipotezalar ta’qib etila boshlandi. 1930 – 40 yillarga kelib mutlaqo gipotezalar unitildi. Lekin 40 yillardan keyin bu gipotezalar yana qayta yangilangan; qayta ishlangan ko’rinishda kuchli sovet olimlari tomondan yaratila boshlandi. Ular uchun umumiy gipoteza uglevodorodlarning karbidlar, metallar, suv va kislotalar bilan o’zaro ta’siri natijasida sintezlanishi xisobiga paydo bo’lgan degan g’oya, hamda Fisher – Tropsha sxemasiga asosan vodorod va uglerod oksidlaridan xosil bo’lgan degan fikrlar ham mavjuddir. Neft saqlovchi xududning xosil bo’lishi, er qa’ridagi yoriqlarda uglevodorodlarning ko’chishi (migrastiyasi), orqali yuzaga kelgan degan tasavvurlar ilgari surilgan [9].
Sxematik tarzda erda xayot paydo bo’lishini Kravstov quyidagicha talqin etadi. Dastlab gazsimon uglevodorodlarning anorganik sintezi orqali suyuq uglevodorodlarning xosil bo’lishi, keyinchalik esa ulevodorodlar va xayotning paydo bo’lishi, ya’ni uning tasavvuricha birinchi bo’lib neft, so’ngra esa xayot paydo bo’lgan degan g’oyani ilgari surgan. Nixoyat shunga qaramasdan yakkayu – yagona to’liq ilmiy asoslab berilgan neftning abiogen paydo bo’lishi nazariyasi yaratilmagan.
Ko’pgina tekshiruvchilar neftning paydo bo’lishini organik jixatdan yuzaga kelgan deb izoxlaydilar. Neft paydo bo’lishining biogen nazariyasining rivojlanishi, o’tmishdagi ko’zga ko’ringan kimyogarlar va geologlardan: Andrusova, Mixaylovskiy, Arxangelskiy, Zelinskiy, Engler, Xonta, Orton, Gefer va boshqalar ishlarida dastlab yuzaga kela boshlagan. Bu borada neftning organik paydo bo’lishi to’g’risida mustaxkam ilmiy ba’zaga ega bo’lgan nazariya, ulug’ rus geokimyogari Vernadskiy ishlari edi. Zamonaviy neftning genezis nazariyasi Vassoevich tomonidan izoxlanib, u «cho’kma migrastion» neftni kelib – chiqish nazariyasini yaratgan. Bu nazariyaning asosi sifatida shunday xolat qabul qilinganki, unda neftning paydo bo’lishida asosiy manba bo’lib, dastlab qo’shilib ketgan qoldiq tog’ jinslari, hamda sho’rlangan suv xavzalarida yashagan tirik organizmlardan tashqil topgan deb e’tirof etilgan. Barcha tirik organizmlar xalok bo’lgandan so’ng, organik moddalarning asosiy massasi suvda erib cho’kma xosil qiladi, so’ngra fitoplankton va bental organizmlarga aylanadi. Qisman unga juda yuqori shakllangan tirik materiyaning qoldiqlari qo’shiladi. Oxiri – oqibat organik moddalar yupqa sochilgan mineral massaga aylanib, suv xavzasining ostida to’planadi va ketma – ket yana xam er qa’rining chuqur qismiga, tog’ jinslarining cho’kmalarini xam olib tusha boshlaydi. Natijada ba’zi bir tashqil etuvchilar ketma – ket neftning komponentlariga aylana boshlaydi [15-20].
Kimyoviy ishlab chiqarish sanoatini yangi texnologik asbob – uskunalar bilan jixozlash bu turli xildagi yangi va xilma – xil maxsulotlar ishlab chiqarishga imkoniyat yaratmoqda. Hozirgi zamonaviy kimyoviy zavodlar kimyoviy ishlab chiqarishning murakkab kombinastiyalashgan texnologik jarayonlarini o’z ichiga oladi. Xom-ashyo kompleks tarzda qayta ishlanib, yarim tayyor maxsulotlar olinmoqda, bu maxsulotlardan keyinchalik qayta ishlov berib, tayyor maxsulotlar ishlab chiqarishda foydalanilmoqda. Kimyo sanoatida bevosita EXM larni qo’llanilishi, xisoblash taxlilini xech qanday qiyinchiliklarsiz bevosita mukammal ravishda talqin qilish imkonini yaratdi.
Hozirgi vaqtda juda ko’p darajada rivojlangan kimyoviy ishlab chiqarish korxonalari, jumladan neftni qayta ishlash zavodlarda ishlab chiqarishning barcha texnologik tajribalarini umumlashtiruvchi va uni rastional texnologik jarayonlarga bir ishlab chiqarish turidan boshqasiga qo’llay oladigan yetakchi keng va chuqur bilim saviyasiga ega bo’lgan mutaxassislar tayyorlashga da’vat etmoqda. Asosan neftni qayta ishlash zavodlarida qayta ishlash uchun neft yoki gazokondensat beriladi. Ma’lumki, neft murakkab organik birikmalarning aralashmasidan iborat bo’lib, uning asosini uglevodorodlar tashqil etadi. Neftning paydo bo’lishi yer qa’rida bir necha minglab, xattoki millionlab yillar uglevodorodlar 1 – turdan 2 – turga aylanishi natijasida paydo bo’lgan. Asosiy neft saqlovchi xududlarga asosan AQSh, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Eron, Iroq, Venesuela kiradi. Bizning O’zbekisonimizda esa asosan: Farg’ona vodiysida, hamda Qashqadaryodagi ko’kdumaloq konida, qisman Xorazm xudida uchraydi. Yer qa’rining 2000 metr va undan chuquroq qismida geologlar suyuq yonuvchi mineral neftni topadilar. Bu qoramtir tashqi ko’rinishdan moysimon yorug’likda esa floresstenstiyalanuvchi ekanligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Uning qovushqoqligi 5 dan to 100 sst (10-6 m2/sek) oraliqda, xattoki undan yuqori darajada o’zgaradigan hamda zichligi esa suvdan ancha kam bo’lgan bir qancha kamponentlar yig’indisidan iborat bo’lgan suyuq moddadir. Shu jixatlariga qarab neftni bir jinsli bo’lmagan modda deb qarash kerak bo’ladi. Neftni qazib chiqarish asosan quduqlarni burg’ulab qazib chiqarish; a) Dastlab bunda neft gazlarning bosimi ta’sirida o’z – o’zidan chiqa boshlaydi; b) Agar neft o’z-o’zidan chiqmasa bunday xolatlarda nasoslar yordamida amalga oshirish mumkin [1-2].
Neftni qayta ishlashga tayyorlash, asosan neft dastlab suvsizlantirilib, shu jarayon bilan birga tarkibidan xar xil tuzlarni, o’z navbatida uni xar xil mexanik aralashmalari ajratilib olinib, oltingugurt miqdori deyarli yo’q qilinib, keyin qayta ishlashga jo’natiladi. Bu esa tuzsizlantirilgan neftda miqdoran 3 – 4 mg/l tuz va 0,1% suvning massa ulushi bo’lishi mumkin.

Download 65.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling