Neftdan olinadigan moylar
Moylarni tozalash jarayonida tanlovchi erituvchilardan foydalanish
Download 136.3 Kb.
|
1 2
Bog'liq1- mavzu moylar PowerPoint
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erituvchilarni fizik xususiyatlari.
Moylarni tozalash jarayonida tanlovchi erituvchilardan foydalanish
Moy fraksiyalari uglevodorodlarning har-xil sinflari va geterotsiklik birikmalarining aralashmalaridan iboratdir. Uglevodorodlarni fizik xossalari ularni ma’lum sinflarga mansub ekanligiga va molekulyar massalariga bog‘liqdir. Geterotsiklik uglevodorodlarni fizik xossalari boshqalardan farqli bo‘lib, ular har-xil haroratlardan har-xil tezlikda organik erituvchilarda saylanib eriydilar. Saylovchi (yoki selektiv) erituvchilar deb shunday suyuq moddalarga aytiladiki, ular ma’lum haroratda neft mahsulotlari aralashmasidan faqat maqsadda tutilgan komponentlarni ajratib oladigan, bu jarayonda boshqa uglevodorodlarni eritmasdan va ularda erimasdan qoladigan moddaga aytiladi. Tozalash maqsadlari uchun shunday erituvchilar tanlab olinadiki, ular bir-biridan keskin farqlanadigan erkin haroratda har-xil moddalarni eritadigan bo‘lsin. Ba’zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadi va keraksiz komponentlar eritmalardan cho‘ktirilib, osongina ajratiladi. Shu prinsipga asosan smola-asfaltenli birikmalar (deasfaltlab) va qattiq uglevodorodlar ajratib (denarafinlab) olinadi. Erituvchilarni selektivligi ideal emas, ya’ni erituvchi fazalardan birini to‘liq eritadi va ikkinchisini qisman. Masalan: fenol politsiklik aromatik uglevodorodlarini yaxshi eritadi, lekin shu bilan birga moyni uglevodorodlarini ham. Shuning uchun fenolni tanlovchanligi pastdir, lekin umumiy erituvchanlik qobiliyati yuqoridir. Selektivlikni pastligi natijasida ekstrakt yoki moyni qimmatbaxo komponentlarini ham olib chiqib ketiladi, deasfaltizatga esa smola va asfaltenlar o‘tib ketadi. Birinchi xodisada moyni chiqishi kamayadi, ikkinchisida esa deasfaltizatni sifati pasayadi. Erituvchilarga (fenol, furfurol, dixloretan, spirtlar va ketonlar) suv va benzol, toluol qo‘shilsa ularni selektivligini va erituvchanlik qobiliyatini o‘zgartirib yuboradi. Suv qo‘shilganda erituvchini selektivligi ortadi lekin umumiy erituvchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Benzol va toluolni qo‘shish esa selektivligini (erituvchini) pasaytiradi va umumiy erituvchanlik qobiliyatini ortiradi. Erituvchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak: Erituvchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak: a) Erituvchi keng harorat oralig‘ida o‘zini tanlovchi - erituvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. b) Erituvchi tozalanayotgan mahsulotda o‘zi erimasligi kerak. v) Fazalarni tez ajratib olish uchun erituvchini va moyni zichligidagi farq katta bo‘lishi kerak. g) Erituvchi kimyoviy barqaror va inert bo‘lishi kerak (xom-ashyoga nisbatan), zaxarli bo‘lmasligi va portlashga xavfsiz bo‘lishi kerak. d) Erituvchi yengil va to‘liq regeneratsiya qilinishi kerak. e) Erituvchi past parlanish haroratiga ega bo‘lishi kerak, chunki buning natijasida sovutishga berilayotgan suvni sarfi kamayadi va umuman energetik xarajatlar kamayadi. j) Erituvchi arzon va defitsit bo‘lmasligi kerak. Moylarni tanlovchi erituvchilar bilan tozalash jarayoni uchun quyidagi faktorlar muximdir: Moylarni tanlovchi erituvchilar bilan tozalash jarayoni uchun quyidagi faktorlar muximdir: 1. Jarayonni harorati. 2. Moy fraksiyasini erituvchida eruvchanligini kritik harorati. 3. Xom-ashyo va erituvchilarni nisbati. 4. Erituvchini xom-ashyo bilan o‘zaro ta’sir usuli. Bosim suyultirilgan gazlarni erituvchi sifatida ishlatilganda (propan, СО2 gaz) o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Erituvchini moy eritmasidan va kerak bo‘lmagan komponentlar eritmasidan regenirlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi: a) Erituvchini oldin yuqori yoki atmosfera bosimida xaydab olinadi. b) Suv pari bilan xaydab olinadi. v) vakuum ostida xaydaladi. Tozalangan mahsulotda erituvchini qoldiq miqdori 0,005-0,02% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Moylarning qimmatbaho uglevodorodlari ekstraktga o‘tib ketishi mumkin. Bu asosan erituvchini yetarli darajasida selektiv bo‘lmaganligi natijasidadir. Buning natijasida o‘zini tuzilishi bilan kimmatbaxo va keraksiz komponentlar oraligida turgan uglevodorodlar yuqotiladi. Bu komponentlarni yana ichki rafinat deyiladi. Bu komponentlarni yo‘qotilishi asosiy mahsulotni chiqishini pasaytiradi.
Erituvchilarni fizik xususiyatlari. Download 136.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling