Нефтегазовая литология
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
4.Geologik kesma va stratigrafik ustunlar
Shartli belgilar
* Geologik xaritalarda tog' jinslarining struktura shakllarini, yoshini, tarkibini, ular orasidagi o'zaro munosabatlarini va boshqa xususiyatlarini tasvirlashda shartli belgilardan (legenda) foydalaniladi. * Bunday shartli belgilar xaritaning miqyosiga qarab xaritalash bo'yicha qabul qilingan maxsus yo'riqnomalar talabi asosida ishlatiladi. Shartli belgilar rangli, chiziqli, harfli va raqamli bo'lishi mumkin. * Rangli belgilardan qatlamli yotqiziqlarning yoshi va intruziv jinslarning tarkibini ifodalash uchun foydalaniladi. * Chiziqli belgilar tog' jinslarining petrografik tarkibini tasvirlash uchun qo'llaniladi. * Harfli belgilar yordamida tog' jinslarining yoshi, genezisi va magmatik tog' jinslarining tarkibi ifodalanadi. * Raqamli belgilardan (harfli belgilar bilan birgalikda) tog‘ jinslarining yoshini ko'rsatishda foydalaniladi. * Eon (eonotema) kriptozoy va fanerozoyga bo'linadi. Kriptozoy arxey va proterozoy eralaridan (eratemalaridan) iborat bo'lib, arxey yotqiziqlari to'q pushti rang va proterozoy yotqiziqlari och pushti rang bilan tasviralanadi. * Fanerozoy paleozoy (och jigar rang), mezozoy (yashil rang) va kaynozoy (sariq rang) eralariga (eratemalariga) bo'linadi. * Arxeyda erta va kechki bosqichlar ajratilgan, ammo uning pastki chegarasi aniqlanmagan. * Proterozoyda erta, o'rta va kechki bosqichlar ajratiladi va kechki proterozoy o'z navbatida rifey va vendga bo'linadi. * Paleozoy o'z navbatida quyidagi davrlarga (sistemalarga) tabaqalanadi: kembriy (ko'k-yashil), ordovik (to'q yashil- kulrang), silur (to'q yashil) devon (jigar rang), karbon (kulrang), perm (to'q pushti rang). * Mezozoyda trias (binafsha), yura (ko'k), bo'r (yashil) davrlari (sistemalari) ajratiladi. * Kaynozoy paleogen (och pushti), neogen (sariq) va to'rtlamchi (havo rang) davrlariga tabaqalanadi. * Stratigrafik tabaqalar faqat rang bilan emas, balki ularga qo'shimcha holda indekslar orqali ham ifodalanadi * Xalqaro stratigrafik tabaqalardan tashqari mahalliy va mintaqaviy stratigrafik tabaqalar ham qo'llaniladi va ular asosida mahalliy va mintaqaviy stratigrafik sxemalar yaratiladi. * Mahalliy (mintaqaviy) stratigrafik tabaqalar Xalqaro stratigrafik shkala bo'limi yoshiga mos keluvchi rang va tuslarga bo'yaladi. * Hozirgi vaqtda mahalliy va mintaqaviy stratigrafik tabaqalarning quyidagi sxemalari qabul qilingan: * Paleogen, neogen va to'rtlamchi sistemalari (davrlari) uchun qabul qilingan umumiy yaruslar (asrlar) yo'q. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling