Нефтегазовая литология
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
4.Geologik kesma va stratigrafik ustunlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geologik kesmalar
- Geologik kesmaning umumiy korinishi. * Geologik kesmalar
- Kesma chizigi
Geologik kesma tuzish
* Yer yuzasida ochilib yotuvchi tog' jinslari geologik xaritalarda ikki o'lchami bilan tasvirlangani uchun ularning hajmi va chuqurlikdagi yotish sharoitlari to'g'risida to'la tasavvur olib bo'lmaydi. Shuning uchun ham geologik xaritalarda tasvirlangan tog' jinslari va strukturalarning uchinchi o'lchami vertikal geologik kesmalar yordamida ko'rsatiladi. * Geologik kesmalar yer po'stining ma'lum bir chuqurligigacha olingan vertikal kesmadan iborat bo'lib, ular geologik xarita bo'yicha, burg'i quduqlaridan olingan ma'lumotlar va geofizik materiallar yordamida tuzilishi mumkin. Geologik kesmaning umumiy ko'rinishi. * Geologik kesmalar yuqoridan kesma chizig'i, pastdan esa bazis chizig'i va yon tomonlardan vertikal miqyos chiziqlari orqali chegaralangan bo'ladi. * Kesma chizig'i rel`ef yuzasining vertikal tekislik bilan kesishish chizig'idir. Bazis chizig'i esa geologik xaritalar bo'yicha kesmalar tuzganda yotqiziqlarning yotish shakllari va strukturalarni yetarli darajada ko'rsata oladigan chuqurlikdan o'tkazilgan gorizontal chiziqdir. * Geologik kesma tuzishda kesma yo'nalishini to'g'ri tanlab olish juda muhim. Chunki xaritaning barcha yo'nalish bo'yicha ham joyning ichki geologik tuzilishi to'g'risida to'liq ma'lumot olib bo'lmaydi. * Geologik kesmalar to'g'ri chiziq bo'yicha, ayrim hollarda siniq chiziqlar bo'yicha ham tuzilishi mumkin. Kesma chizig'ining ikki chekka nuqtasi, agar u siniq chiziqlardan iborat bo'lsa, sinish nuqtalari ham, katta harflar bilan belgilanadi. Agar tayanch burg'i quduqlari qazilgan bo'lsa, geologik kesma ular orqali o'tkazilishi kerak. Kesmada barcha geologik chegaralar muvofiq, nomuvofiq va intruziv) bir xil uzluksiz qora rangli chiziqlar bilan ko'rsatiladi. * Kesma chizig'i qatlam yo'nalishiga ko'ndalang o'tganda qatlamlar kesmada haqiqiy yotish burchagi bilan tushiriladi. Agar xaritada qatlamlarning yotish elementlari ko'rsatilmagan bo'lsa, ular kesma tuzish jarayonida aniqlanadi. * Kesma chizig'i erozion qoldiq orqali o'tganda qatlamlarning ostki va ustki yuzasi chegaralari kesma bo'ylab to'g'ri chiziq yordamida tutashtiriladi. Bu to'g'ri chiziqning qiyalik burchagi qatlamning yotish burchagiga teng bo'ladi. Boshqa barcha muvofiq yotuvchi qatlamlar ham shunday burchakda tushiriladi. Xaritada qatlamlarning yo'nalish chizig'i orqali ularning yotish tomonini osongina aniqlash mumkin. * Kesma chizig'i qatlamlar yo'nalishiga diagonal o'tgan bo'lsa, ya'ni kesma chizig'i bilan qatlamning yo'nalish chizig'i orasida ma'lum bir burchak bo'lsa, qatlamlarni kesmaga tushirishda bu burchak albatta hisobga olinishi kerak. Chunki, bu holda, qatlamlar kesmada haqiqiy yotish burchagi bilan emas, balki ko'rinarli burchagi bo'yicha tushiriladi. U burchak har doim haqiqiy yotish burchagidan kichik bo'ladi. * Kesma chizig'i bilan qatlamning yotish chizig'i orasidagi burchak qancha kichik bo'lsa, kesmada qatlamning ko'rinarli yotish burchagi uning haqiqiy yotish burchagiga shuncha yaqin bo'ladi. * Kesma chizig'i qatlamning yo'nalish chizig'iga qancha yaqin bo'lsa, kesmada qatlamning ko'rinarli yotish burchagi shuncha kichik bo'ladi va nihoyat, qatlamning yo'nalishi kesma chizig'ig'a mos kelganda, ya'ni, boshqacha qilib aytganda, yo'nalish chizig'iga parallel bo'lganda, qiya yotgan qatlam ham kesmada gorizontal holda tasvirlanadi. * Geologik kesmalarda vertikal va gorizontal miqyoslar bir- biriga teng bo'lishi va ular xarita miqyosiga to'g'ri kelishi kerak. * Qatlamlarning qalinligi va yotish burchagi kichik bo'lganda kesmaning vertikal miqyosini kattalashtirib olish mumkin. Shuni esda tutish kerakki, geologik kesmaning vertikal miqyosi uning gorizontal miqyosiga nisbatan oshishi bilan qatlamlarning kesmadagi yotish burchagi ham oshadi. Bunda qatlamlarning yotish burchagi qanchaga oshishi maxsus jadval yoki nomogramma bo'yicha aniqlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling