Neftni qayta ishlash jarayoni


Download 121.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.04.2023
Hajmi121.03 Kb.
#1274085
  1   2
Bog'liq
Jaloliddin



 
 
 
 
 
 
 
NEFTNI QAYTA ISHLASH JARAYONI 
Tezmiz muhandislik-texnologiya instituti talabasi. 
Ergashev Jaloliddin Hasanovich. 
Tel: +998971501999
E-mail: 
ergashevjaloliddin375@gmail.com
 
 
 
 
Neftni qayta ishlash sanoati — ogʻir sanoat tarmogʻi, neftni kayta ishlash hamda 
neft mahsulotlari ishlab chiqarishni qamraydi. Neftdan turli mahsulotlar olish 
qadimdan maʼlum boʻlsada neft konlarini qidirish, undan sanoat usulida 
qimmatbaho mahsulotlar olish 19-asrning 1-yarmida paydo boʻldi. Oʻzbekistonda 
Neftni qayta ishlash sanoatii.s.ning toʻngʻich korxonasi Van-novsk (hozirgi 
Oltiariq) neft zavodi 1904-yilda ishga tushirilgan. 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Oʻzbekistonda yangi neft konlari 
ochilishi bilan Neftni qayta ishlash sanoatii.s. jadal surʼatlar bilan rivojlandi, 
texnika darajasi va ishlab chiqarish koʻlami oʻsdi. 1959-yilda Fargʻona neftni qayta 
ishlash zavodining 1nav-bati ishga tushirildi. Koʻkdumaloq neft-gaz koni 
ochilganidan keyin Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda Buxoro 
viloyatining Qo-rovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1996-
yilda qurib bitkazildi. 1997-yilda yuqori sifatli surkov moylari ishlab chiqarish ga 
ixtisoslashgan Oʻzbekiston—AQSH "Oʻz-Teksako" qoʻshma korxonasi tashkil 
etildi. 2000-yilda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi toʻliq taʼmirlandi. Mazkur 
zavod surkov moylari va yonilgʻi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ishlab 
chiqarish boʻyicha 30 dan ortiq tex-nologik qurilmaga ega, Oltiariq neft zavodi esa 
yonilgʻi yoʻnalishida. 
Neftning kimyoviy tarkibi va neftni qayta ishlash to’g’risida qisqacha ma’lumot. 
Neft fraksiyalari va neftni haydash qurilmalari. 
Sanoatda neft juda katta ahamiyatga ega, chunki undan xalq xо‘jaligi 
ehtiyojlarini qondiruvchi turli xil maxsulotlar olinadi. Masshtan, neft raketalar 
uchun, dizel hamda ichki yonuv dvigatellari uchun yonilg‘i olishda eng boy manba 
hisoblanadi. Neftdan fakatgina mashinalar uchungina emas, balki uy-rо‘zg‘orda. 
korxonalarda ham yoqish uchun ishlatiladigan mahsulotlar (tabyiy gaz, qoramoy-


«mazut») chiqadi. Surkov moylari, alkan moyi. ya’ni vazelin va boshqalar ham 
neft mahsulotidir. 
Neft tarkibidagi maxsulotlarni ajratib olish uchun u turli usullar bilan qayta 
ishlanadi. Bu usullar orasida keng tarqalgani neftni fraksion haydashdir; bunda 
neft tarkibidagi mahsulotlar qaynash haroratiga qarab birin-ketin ajralib chiqadi. 
Neft haydalganda avvalo uning eng yengil qismi - gazsimon uglevodorodlar ajralib 
chiqadi. 
Neft haydalganda, asosan, uch xil fraksiyaga ajratiladi: 
1). -150° gacha - gazolin ya’ni benzinlar. 
2) -150° dan 300° gacha- kerosin. 
3). - 300° dan yuqori - neft qoldigi, ya’ni koramoy (mazut). 


Neft yonilg‘ilarining asosiy turlari va sifati. Neft moylari, turlari va ularni olish 
usullari. 
Beizinlar fraksiyasi. Bu fraksiya molekulasida uglerod atomlarining soni 5 dan 9 
gacha bо‘ladiganyengilutlevodorodlardan iborat bо‘lib, ulardan quyidagi 
mahsulotlar olinadi. 
-Yengil benzin-gazolin yoki petroley efiri. Qaynash harorati 40-70 C, solishtirma 
massasi 0,64-0,66 g/m1. Petroley efiri asosan, erituvchi sifatida ishlatiladi. 
-O’rtacha benzin (haqiqiy benzin). Qaynash harorati 70-120 °C; zichligi 0,70g/sm 
Benzin fraksiyasi texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga kо‘ra aviatsion, 
avtomobil benzini va hokazolarga bо‘linadi. Texnikada о‘rtabenzin fraksiyasi
asosan, ichki yonuvchi dvigatellarida yonilg‘i sifatidaishlatiladi. 
Ogir benzin yoki boshqacha aytganda ligroin. Qaynash harorati 120-140 °C; 
solishtirma massasi 0,73-0,77 g/sm3. Bu fraksiya dizel dvigatellari uchun yonilg‘i 
sifatida ishlatiladi. 
Kerosin fraksiyasi. Bu fraksiyani tashkil kilgan uglevodo-rodlar molekulasida 
uglerod atomlarining soni 9 dan 16 gacha buladi. Kerosin fraksiyasi maxsus usullar 
bilan tozalangach, traktor dvigatellarida va uy-ruzgorda yonilgi sifatida ishlatiladi. 
Qoramoy (mazut) fraksiyasi. Bu fraksiyadagi uglevodlar molekulasida 
uglerod atomlarining soni 16 va undan ortik buladi. Koramoy kayta ishlanganda
masalan, xaydalganda u parchalanib ketishi mumkin. Shu sababli mazut suv bug‘i 
vositasida yoki vakuumda haydaladi. Mazutdan solyar moylar, turli surkov 
moylari, vazelin, alkan va boshqalar olinadi. Solyar moy va surkov moylari 
texnikada keng kulamda ishlatiladi; solyar moylardan dvigatellar uchun yonilgi 
sifatida, surkov moylari esa mashina mexanizmlarini moylash uchun foydalaniladi. 
Vazelin-meditsinada, alkan esa kimyo sanoatida keng qо‘llannladi.Qoramoynnng 
turli fraksiyalari haydalib bо‘lgach, qolgan qoldik, gudron deb ataladi. Gudrondan 
sun’iy asfalt tayyorlanadi. Sanoatning tobora usib borayotgan talabini neftdan 
tug‘ridan-tug‘ri haydash usuli bilan ajratib olinadigan benzin miqdori qondira 
olmay qoldi. Chunki iyeft haydalganda undan 5-20 % mikdoridagina benzin 
olinadi, xolos. Shu sababli neft texnologayasini о‘zgartirishga, ya’ni benzin 
fraksiyasini boshqa fraksiyalar hisobiga, asosan, yuqori haroratdagi fraksiya 
hisobiga oshirishga tug‘ri keldi.Neftdan olinadigan benzinnnng mikdori kreking 
jarayoni yordamida amalga oshiriladi. (kreking sо‘zi inglizcha sо‘z bо‘lib -
parchalanish demakdir). Bu jarayon natijasida neft tarkibiga kiruvchi yuqori 
molekulali uglevodorodlar parchalanib, quyi molekulali uglevodorodlar hosil
bо‘ladi.




Download 121.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling