Neftni qayta ishlashda hosil bo`ladigan to`yinmagan uglevodorodlar
Download 182 Kb.
|
Neftni qayta ishlashda hosil bo`ladigan to`yinmagan uglevodorodl
- Bu sahifa navigatsiya:
- CH 2 = CH 2 CH 3 CH 2 OH
Alkenlarni oksidlash va ozonlashUshbu reaksiyalar olefinlardagi qo`shbog`ning o`rnini hosil bo`layotgan mahsulotlar tarkibi bo`yicha belgilashga yordam beradi. Bundan tashqari oksidlash reaksiyalari etilen oksidi, atsetal'degid va akrolein olishda amaliy ahamiyatga egadir. СН2 = СН – СН3 → СН2 = СНСНО Propilen Аkrolein Propilen va ammiak aralashmasi oksidlanganda (oksidlab ammonoliz qilish) akrilonitril hosil bo`ladi va u sintetik kauchuk va kimyoviy tola olishda zarur monomer hisoblanadi. 3 С Н2 = СН – СН3 + NН3 + O2 → CH2 = CH – CN + 3H2O Akrilonitril Alkenlarni qayta ishlash sanoat jarayonlaridan polimerizatsiya, degidrirlash, xlorlash va gidro - xlorlash, gidratatsiya, alkillash, oksosintezlarni ko`rsatib o`tish mumkin. С6 - С15 alkenlarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish hamda yuqori oktan sonli benzin komponentlarini olishda quyi molekulyar oligomerlar (dimerlar, trimerlar, tetramerlar) alkenlarni polimerlab olinadi: Н3РО4 4С3Н6 С12Н24 Alkenlarni yuqori molekulyar polimerlargacha polimerlash qimmatbaho polimer materiallari – polietilen, polipropilen va poliizobutilenlarni beradi: Butilen va izoamilenlarni degidrirlaganda 1,3 - butadien va izoprenlar hosil bo`lib, kauchuklar sintezida ular asosiy monomerlardir. 2-Metil, buten-1 Etilen va propilenlarni xlorlash va gidroxlorlash ayrim erituvchi va oraliq mahsulotlarni olishda ahamiyatli usullardir: Nordon katalizatorlar ishtirokida alkenlarning gidratatsiyasi spirtlarning hosil bo`lishiga olib keladi: H2O CH2 = CH2 CH3CH2OHAlkenlarni tarmoqlangan alkanlar bilan alkillaganda yuqori oktanli motor yoqilg`isi hosil bo`ladi: C4H8 + (СН3)3CH H2SO4 изо-С8Н18 izooktan Monosiklik arenlarni alkenlar bilan alkillaganda alkilbenzollar hosil bo`ladi: AlCl3 CnH2n + C6H6 CnH2n + 1C6H5 Alkilbenzollar asosiy organik sintez sanoatining qimmatli xomashyosidir. Yuqori alkenlarga sulfat kislota biriktirilganda (sulfurlash reaksiyasi) H2SO4 ning nordon efirlari hosil bo`ladi va ushbu alkilsulfatlar sintetik yuvish vositalarini olishda qo`llaniladi. OSO2OH СН3(СН2)nCH = CH2 + H2SO4 → CH3(CH2)nCH – CH3 Kobalt katalizatori ishtirokida alkenlarning uglerod oksidi va vodorod bilan reaksiyasi (oksosintez) aldegidlar ishlab chiqarishda katta ahamiyatga egadir: R – СН = СН2 + СО + Н2 → RСН2СН2СНО Aldegidlarning keyingi bosqichda qaytarilishi natijasida mos ravishda birlamchi spirtlarni olish imkoniyatini beradi. Download 182 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling