Neftni qayta ishlashda hosil bo`ladigan to`yinmagan uglevodorodlar


Download 182 Kb.
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi182 Kb.
#1493809
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Neftni qayta ishlashda hosil bo`ladigan to`yinmagan uglevodorodl

Alkenlarni oksidlash va ozonlash


Ushbu reaksiyalar olefinlardagi qo`shbog`ning o`rnini hosil bo`layotgan mahsulotlar tarkibi bo`yicha belgilashga yordam beradi.

Bundan tashqari oksidlash reaksiyalari etilen oksidi, atsetal'degid va akrolein olishda amaliy ahamiyatga egadir.

СН2 = СН – СН3 → СН2 = СНСНО
Propilen Аkrolein
Propilen va ammiak aralashmasi oksidlanganda (oksidlab ammonoliz qilish) akrilonitril hosil bo`ladi va u sintetik kauchuk va kimyoviy tola olishda zarur monomer hisoblanadi.
3
С Н2 = СН – СН3 + NН3 + O2 → CH2 = CH – CN + 3H2O
Akrilonitril
Alkenlarni qayta ishlash sanoat jarayonlaridan polimerizatsiya, degidrirlash, xlorlash va gidro - xlorlash, gidratatsiya, alkillash, oksosintezlarni ko`rsatib o`tish mumkin. С6 - С15 alkenlarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish hamda yuqori oktan sonli benzin komponentlarini olishda quyi molekulyar oligomerlar (dimerlar, trimerlar, tetramerlar) alkenlarni polimerlab olinadi:
Н3РО4
3Н6 С12Н24
Alkenlarni yuqori molekulyar polimerlargacha polimerlash qimmatbaho polimer materiallari – polietilen, polipropilen va poliizobutilenlarni beradi:

Butilen va izoamilenlarni degidrirlaganda 1,3 - butadien va izoprenlar hosil bo`lib, kauchuklar sintezida ular asosiy monomerlardir.

2-Metil, buten-1
Etilen va propilenlarni xlorlash va gidroxlorlash ayrim erituvchi va oraliq mahsulotlarni olishda ahamiyatli usullardir:

Nordon katalizatorlar ishtirokida alkenlarning gidratatsiyasi
spirtlarning hosil bo`lishiga olib keladi:
H2O

CH2 = CH2 CH3CH2OH



Alkenlarni tarmoqlangan alkanlar bilan alkillaganda yuqori oktanli motor yoqilg`isi hosil bo`ladi:
C4H8 + (СН3)3CH H2SO4 изо-С8Н18
izooktan
Monosiklik arenlarni alkenlar bilan alkillaganda alkilbenzollar
hosil bo`ladi:
AlCl3
CnH2n + C6H6 CnH2n + 1C6H5
Alkilbenzollar asosiy organik sintez sanoatining qimmatli xomashyosidir.
Yuqori alkenlarga sulfat kislota biriktirilganda (sulfurlash reaksiyasi) H2SO4 ning nordon efirlari hosil bo`ladi va ushbu alkilsulfatlar sintetik yuvish vositalarini olishda qo`llaniladi.
OSO2OH

СН3(СН2)nCH = CH2 + H2SO4 → CH3(CH2)nCH – CH3
Kobalt katalizatori ishtirokida alkenlarning uglerod oksidi va vodorod bilan reaksiyasi (oksosintez) aldegidlar ishlab chiqarishda katta ahamiyatga egadir:
R – СН = СН2 + СО + Н2 → RСН2СН2СНО
Aldegidlarning keyingi bosqichda qaytarilishi natijasida mos ravishda birlamchi spirtlarni olish imkoniyatini beradi.

Download 182 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling