Neftni qayta ishlashda hosil bo`ladigan to`yinmagan uglevodorodlar


Download 182 Kb.
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi182 Kb.
#1493809
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Neftni qayta ishlashda hosil bo`ladigan to`yinmagan uglevodorodl

2СН  СН → СН2 = СНС  СН


vinil atsetilen
Ushbu reaksiya amaliy ahamiyatga ega. Vinil atsetilen HCl ni osongina biriktirib olib xloroprenga aylanadi.
СН2 = СНС  CH + HCl → CH2 = CHCCl = CH2
Atsetilen siklik birikma (benzol, siklooktatetraen va boshqalar) hosil qilib polimerlanishi mumkin:

Qator erituvchilar sintezida atsetilenga galogenlarning birikish
reaksiyasi ishlatiladi.

СH  CH + 2Cl2 →Cl2CHCHCl2


Sanoatda atsetilenni gidroxlorlash orqali, plastmassalar tayyorlashda xomashyo bo`lib xizmat qiluvchi, vinilxlorid olinadi:

HgCl2

CH  CH + HCl CH2 = CHCl


Atsetilenning gidratatsiyasida atsetaldegid hosil bo`ladi. Reaksiya simob tuzlarini katalitik ta'siri ostida o`tadi. Ushbu reaksiya Kucherov tomonidan ochilgan bo`lib, odatda uning nomi bilan ataladi.
Hg2+

СН  СН2 + Н2О СН3СНО


Atsetaldegid - sirka kislotasi, uning efirlari va boshqa qimmatli mahsulotlar ishlab chiqarishda homashyodir.
Atsetilenga harakatchan vodorod atomli birikmalarni biriktirish reaksiyalari (vinillash) vinilli efirlar, vinilatsetat, akrilonitrillarni olish usuli sifatida qo`llaniladi:
Reaksiya mahsulotlarida vinil guruhining bo`lishi ularga polimerizatsiyalanish qobiliyatini beradi va shu sababli ularplastmassalar ishlab chiqarishda monomer sifatida ishlatiladi. Eng ko`p ahamiyat kasb etganlari - oddiy vinil efirlar CH2=CHOR, vinilatsetat CH2=CHOCOCH3, akrilonitril CH2=CHCN lardir.

Karbonil birikmalar bilan kondensatsiya reaksiyalari alkin spirtlar va glikollarning hosil bo`lishiga olib keladi. Shunday yo`l bilan atsetilen va formaldegidlardan propargil spirti va 1,4 - butindiollar olinadi:

CH  CH HCHO CH  C - CH2OH HCHO HOCH2C  CCH2OH Аtsetilen spirti (Propinol) 1,4 - Butindiol
Atsetilenni nitrat kislota bilan nitrolaganda uch bog` uzilishi kuzatilib, tetranitrometan hosil bo`ladi.
СН  CH + 6HNO3 → C(NO2)4 + CO2 + 2NO2 + 4H2O
tetranitrometan
Neft kimyo sanoati uchun hozirda eng ko`p ahamiyatga ega bo`lgan uglevodorodlar: etilen, propilen, butadien va benzollardir. Ular asosida juda ko`p neft kimyoviy mahsulotlar olinadi.

Download 182 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling