Neftni qayta ishlashda hosil bo`ladigan to`yinmagan uglevodorodlar


Alkadienlarning kimyoviy xossalari


Download 182 Kb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi182 Kb.
#1493809
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Neftni qayta ishlashda hosil bo`ladigan to`yinmagan uglevodorodl

Alkadienlarning kimyoviy xossalari


Bug` fazadagi kreking va piroliz mahsulotlarida 5-10% (mass.) gacha alkadienlar mavjud. Ushbu konyugirlangan (o`zaro ta'sirlashgan) bog`li alkadienlar asosan quyidagilardir:
1,3 - butadien, 1,3 - pentadien (piperilen), siklopentadien. O`zaro ta'sirlashgan bog`li birikmalarning eng asosiy xususiyatlari - alohida qo`shbog`li birikmalarga nisbatan ularning yuqoriroq reaksiyaga kirishuvchanlik qobiliyatidir. O`zaro ta'sirlashgan ikki qo`shbog`li moddalar ayrim hollarda yaxlit bir to`yinmagan sistema kabi o`zini tutadi. Masalan, o`zaro ta'sirlashgan bog`li moddalarga birikish reaksiyalari chekkalardagi 1,4 - uglerodlarga ketib, 2,3 holatdagi uglerodlarda esa yangi qo`shbog` vujudga keladi:

Faqat oz miqdordagi butadiengina alkenlarga o`xshab reaksiyaga kirishadi.


O`zaro ta'sirlashgan bog`li alkadienlar o`ziga xos reaksiyasi dien - sintezi (Dils - Alder reaksiyasi) dir.
Alkanlarni termik qayta ishlashda arenlarning hosil bo`lishi ushbu reaksiya asosidadir, deb hisoblaydilar:

Neft tarkibidagi alkadienlarni miqdoran aniqlashda dienlarning malein angidridi bilan kondensatsiya reaksiyasi ishlatiladi:
O`zaro ta'sirlashgan bog`li dien uglevodorodlarning juda zarur xususiyatlaridan biri - ularning polimerizatsiya reaksiyalariga o`ta oson kirishishidir. Ayrim dienlarning polimerlanishida juda katta zanjirlar hosil bo`ladi.
n CH2 = CH – CH = CH2 → [- CH2 – CH = CH – CH2 -]n
Ushbu tipdagi reaksiyalar sintetik kauchuk olish asosida yotadi. Eng ko`p sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan ikki alkadien: 1,3 - butadien va uni gomologi 2 - metil 1,3 - butadienlardir.

Atsetilenning xossalari


Atsetilen tabiiy sharoitda gaz, - 83,80C hamda 0,1 MPa bosimda kondensirlanadi. Kritik harorati 35,50C va kritik bosimi 6,2 MPa ga teng. Boshqa uglevodorod gazlari kabi atsetilen havo va kislorod bilan portlash xavfi bor aralashma hosil qiladi. Ushbu chegara konsentratsiyasi juda keng bo`lib, hajmiy nisbatlar havo: C2H2 q 1:2,0 dan to 1:81 gacha. Atsetilenning portlash xavfi uning ayrim metallar (Cu, Ag) bilan portlashga xavfli birikmalar - atsetilenidlarni hosil qilishi bilan chuqurlashadi. Masalan, CuCCCu birikmasi.
Atsetilenning boshqa texnik zaruriy xossalaridan biri bo`lib uning suvdagi va organik moddalardagi eruvchanligi xizmat qiladi. Ushbu xususiyati uni olishda, saqlashda hamda kam konsentratsiyali gazlar aralashmasidan, ayniqsa, uni ajratib olishda ahamiyat kasb etadi.
Alkinlar o`zlarining yuqori reaksiya qobiliyatlariga ko`ra ko`pchilik kimyoviy reaksiyalarga – polimerizatsiya, birikish, kondensatsiya va boshqa juda ko`p reaksiyalarga kirishadilar.
Atsetilenning polimerizatsiyasi reaksiyani olib borish sharoitiga bog`liq holda turlicha ketadi.
Atsetilen CuCl va NH4Cl larni xlorid kislotadagi eritmalari orqali 800C haroratda o`tkazilsa, vinil atsetilen hosil qiladi:

Download 182 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling