Neftdan olinadigan mahsulotlar :
Neftdan xalq xo’jaligi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lgan turli mahsulotlar ajratib olinadi : neftning asosiy fraksiyalari :
Gazolin, benzinlar fraksiyasi :
Bu fraksiya tarkibida uglevodorod atomlarining soni C5 – C11 gacha bo’ladigan uglevodorodlardan iborat bo’lib, ulardan quydagi mahsulotlar olinadi :
Yengil benzin – gazolin yoki petroley efiri. Qaynash temperaturasi 40 – 70 o C, zichligi 0,64 -0,66 g/sm3. Petroley efiri asosan erituvchi sifatida ishlatiladi.
O’rtacha benzin – (aqiqiy benzin) qaynash temperaturasi 70 – 120o C, zichligi 0,7 g/cm3,. Benzin fraksiyasi texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga ko’ra aviasion, avtomobil benzini va boshqalarda ishlatiladigan benzinlarga bo’linadi. Texnikada o’rta benzin fraksiyasi asosan ichki yonuv divigatellarida yonilg’i sifatida ishlatiladi.
Og’ir benzin – yoki ligroin fraksiyasi. Qaynash temperaturasi 120 – 140 oC, zichligi 0,73 – 0,77 g/ sm3. Bu fraksiyada C8H18 dan C17H30 gacha bo’lgan uglevodorodlar bo’ladi. Ligroin fraksiyasi dizel dvigatallari uchun yoqilg’i sifatida ishlatiladi.
Kerosin fraksiyasi – bu fraksiyada C10H22 dan C18H38 (ayrim manbalarda C9 – C14) gacha bo’lgan uglevodorodlar bo’ladi. Qaynash temperaturasi 180 – 300 oC gacha bo’ladi. Kerosin tozalangandan keyin traktorlar, reaktiv samalyotlar va raketalar uchun yoqilg’i sifatida ishlatiladi. Kerosin fraksiyasidan uy – ro’zg’orda ham yoqilg’i sifatida ham foydalaniladi.
Gazoyl fraksiyasi – qaynash temperaturasi 240 – 360oC, tarkibida C11H24 dan C20H42 gacha bo’lgan uglevodorodlar bo’ladi. Undan dizel yoqilg’isi, bug’ qozonlarida yoqilg’i va kreking uchun xomashyo sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |