Neftning kimyoviy tarkibi Reja Neft va neft maxsulotlari zichligi va trukturasi


Download 67.82 Kb.
bet4/10
Sana25.04.2023
Hajmi67.82 Kb.
#1397942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Neftning kimyoviy tarkibi

Kreking katalizatorlari. Katalitik kreking reaktsiyalari, asosan katalizator yuzasida sodir bo`ladi. Reaktsiyaning yo`nalishi katalizatorning xossasiga, xom-ashyoning turi va jarayonning parametrlariga bog’lik. Kreking natijasida katalizatorda koks ajralishi ro’y beradi, shuning uchun katalizatorni regeneratsiyalash (koksni yoqlash) jarayoni muhim ahamiyatga ega. Katalitik krekingda, asosan alyumosilikatli katalizatorlar ko`llaniladi. Ular tabiiy yoki sun`iy yo’l bilan olinadigan g’ovaksimon, ichki yuzasi shakllangan, qattiq, mustaxkam moddalardir. Sanoatda sintetik alyumosilikat katalizatorlari olishning ko`p usullari mavjud. Asosan, amorf alyumo-silikat katalizatorlari suyuq shisha eritmasiga alyuminiy sulfat A12(SO4)3 va sulfat kislotasi ta`sir ettirib, sintez qilinadi. Bu reaksiyani quyidagicha ifodalash mumkin:
7(Na2O∙H2SiO3)+ 2A12(SO4)3 +H2S04 = (A12O3∙SiO2 )+6Na2 SO4 +2H2O
Reaktsiyaga kirishayotgan dastlabki moddalarni tez aralashtirilganda natriy alyumosilikat kolloid eritmasi hosil bo`ladi, bir oz vaqt o`tgandan so`ng u ma`lum bir shakl va o`lchamga ega bo`lgan gidrogelga aylanadi. Hosil bo`lgan alyumosilikat gidrogeli mikrosferalari esa, termik ishlov berish, aktivlashtirish va yuvish jarayonlariga yuboriladi.
Termik ishlov berish jarayonida katalizatorning yuqori mexanik xususiyati va kerakli diffuzion xususiyatini ta`minlovchi strukturasi shakllanadi. Bu bosqichda gidrogel zarrachasining o`lchamlari nisbatan kichiklashadi, chunki sinerezis, ya`ni moddani zichlashish va undagi intermitselyar suyuqlikni ajralishi sodir bo`ladi. Oddiy xaroratda sinerezis jarayoni sekin boradi, uni tezlashtirish uchun eritmani isitish kerak. Hosil bo`lgan alyumosilikatni aktivlashtirish uchun, undagi natriy ionlarini alyuminiy ionlariga almashtiriladi. Buning uchun katalizatorga suyultirilgan alyuminiy sulfat eritmasi bilan ishlov beriladi, natijada natriyning miqdori 5-6% dan 0,5-0,05 % gacha kamayadi, alyuminiyniki esa 7-9% dan 12-13% gacha ko`payadi.
Aktivlashtirilgan katalizator tarkibidaga zararli birikmalarni, asosan SO4-2 ionlarini yo`qotish uchun distillangan suv bilan yuviladi, keyin sirt-aktiv modda shimdiriladi va quritish, qizdirish ishlari bajariladi. Quritish bosqichida suvning miqdori 9 - 92% dan 8-10% gacha kamayadi, zarrachalarning xajmi esa 7-8 marta kichiklashadi. Qizdirish bosqichida katalizatordagi namlik 1,0-1,5%dan oshmaydi, bu esa uning yuqori mexanik mustaxkamlik va xaroratga chidamlik xususiyatlarini oshishini ta`minlaydi.
Alyumosilikatli katalizatorlarning faolligi, ulardagi faol komponentlar nisbatiga bog’lik. Ma`lumki, alyuminiy yoki kremniy oksidlari toza holatda (alohida-alohida) krekinglash xususiyatiga ega emas. Juda xam oz miqdorda qo`shilgan alyuminiy oksidi silikagel faolligini shakllantiradi. Katalizator tarkibidagi A12O3 miqdorining ma`lum bir qiymatgacha ko`payishi natijasida katalizatorning faolligi kuchayadi.
Tabiiy minerallar orasida tarkibida suv bo`lgan natriy, kaltsiy va boshqa metallarning alyumosilikatlari - tseolitlar deb ataladigan katta guruxi mavjud. Ular ma`lum bir miqdordagi suvni yutish xususiyatiga egadirlar. Qizdirilganda tseolitlardagi suv ajralib chiqadi va ularda yacheykali struktura hosil bo`ladi. Seolitlarning sirt yuzasi 700-1000 m2/g gacha bo`ladi. Suvsizlangan seolitlar xar xil moddalar molekulalarini adsorberlash (yutish) xususiyatiga egadir. Sintetik seolitlar strukturasining turini lotin alfavitidagi A,X,Y,U, xarflari bilan belgilanadi. Xarfdan oldin kationning simvoli qo`yiladi, masalan : CaX - kaltsiy shaklidaga X turidagi tseolit. Seolitli katalizatorning faolligi, asosan uning kimyoviy tarkibi va tuzilishiga bog’liq
Seolitli katalizatorlarning X va U turlari katalitik kreking jarayonlarida qo`llaniladi, lekin katalizatorning U turi Xga nisbatan ancha faol, selektiv va barqarordir.

Download 67.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling