Postembrional rivojlanish. Nematodaning yosh lichinkalari tanasining kichikligi, jinsiy sistemalarining to’la etishmaganligi, sezgi organlarining ko’pincha boshqacharoq tuzilganligi, miqdori qayta taraqqiy etish darajasi va tana uzunligining eniga bo’lgan nisbati boshqacharoq ekanligi bilan voyaga etganlaridan farq qiladi. Lichinkalar rivojlanish prostessida 4 marta po’st tashlaydi, ya’ni kutikuladan hosil bo’lgan eski tuzilmalari-terisi va oldingi ham orqa ichagi ichidagi pardasi tushib ketadi. Eski kutikula tushib ketguncha uning ostida yangisi hosil bo’ladi. Kutikula elastik bo’lgani uchun nematodalar po’st tashlash davrlari orasida ham uzluksiz ravishda o’saveradi va faqat qattiq qismlari nashtari, spikulalari va og’iz kapsulasidagi tishlari o’zgarmay qoladi va po’st tashlagandan so’ng birdaniga o’sadi. Hali hech po’st tashlamagan lichinka 1-yoshdagi lichinka deb aytiladi, birinchi po’st tashlashdan so’ng 2-yoshdagi lichinka, deb aytiladi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |