Ne'matova Mavluda Yaxyo qizi


Download 19.41 Kb.
bet2/2
Sana08.06.2023
Hajmi19.41 Kb.
#1464360
1   2
Bog'liq
4167-Текст статьи-10109-1-10-20211203

“Nilufar guli” metodi


Nilufar guli” chizmasi - muammoni yechish vositasi. O„zida nilufar guli ko„rinishini namoyon qiladi. Uning asosini to„qqizta katta to„rt burchaklar tashkil etadi.


Tizimli fikrlash, tahlil qilish ko„nikmalarini rivojlantiradi va faollashtiradi. Metodni amalga oshirish bosqichlari.

  1. Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida, kichik guruhlarda chizma tuzadilar: to„rt burchak markazida (A katak) avval asosiy muammoni (g„oya, vazifa) yozadilar. Uning yechish g„oyalarini esa markaziy to„rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta to„rt burchak (B, C, D, F, G, Y, Z, H katak)larga yozadilar. Markaziy to„rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta to„rt burchaklarga yozilgan g„oyalarni, atrofda joylashgan sakkizta to„rt burchaklarning markaziga yozadilar, ya‟ni gulning barglariga olib chiqadilar. Shunday qilib, uning har biri o„z navbatida yana bir muammodek ko„riladi

  2. Ish natijalarining taqdimoti. “Nilufar guli” chizmasi


































B







Z







C








































B

Z

C













D




D

A

F




F









2 H.Jamolxonov ,,Hozirgi o‟zbek adabiy tili “ Toshkent, 2005.










G

H

Y








































G







H







Y

































Nilufar guli” chizmasini tuzish qoidalari:

  • Amaliy nuqtai nazardan barcha g„oyalarni ixcham deb tasavvur qiling (bitta-ikkitasi bilan chegaralaning), bu ham aql uchun foydali mashq hisoblanadi.

  • Sizga katta qog„oz varag„i zarur bo„ladi. Doimo o„zingiz mushohadalaringiz natijasini bir varaq qog„ozda ko„rish foydali hisoblanadi. Qarama- qarshi holda esa sizga bir varaqdan boshqasiga sakrab yurishingizga va bunda zaruriy biror muhim narsani unutishingizga olib keladi.

Namuna

1

2

3

4

Qo„shib yozish

5

6

7

8





Olaqarg„a

Mingoyoq

Achchiqtosh

Qizilishton

5

Ko„ksulton

Sakkizoyoq

Otquloq

Qirqquloq





Kirsovun

Qiymataxta

Tokqaychi

Oshrayhon

4

Molqo„ra

Belbog„

Nosqovoq

Ko„zoynak





Tezyurar

Otboqar

Cho„lquvar

Ishyoqmas

2

Buzoqboqar

Yebto„yma
s

Ertapishar

Qushqo„nmas





Kiryuvdi


Kelintushdi



Qoryog„di



Urto„qmoq

3

Ochildasturxon

Betochar

Kampiro„ldi

Sochsiypatar





Orombaxsh

Suvtalab

Taklifnoma

Qabulxona

1

Bedapoya

Kamquvvat

Bug„doyrang

Hamsuhbat








Tog„olcha

Cho„lyalpiz

Suvilon

Qashqargul

8

Yeryong„oq

Yertut

Tog„chumchuq

Tog„rayhon



“Ha, yo„q” metodi


O„qituvchi biron nima (raqam, predmet, tarixiy yoki adabiy qahramon, atama va h.k )ni o„ylab qo„yadi. O„quvchilar esa unga savol berib, u nimani o„ylab qo„yganligini topishga harakat qiladilar. O„qituvchi ularning savollariga faqat “ha” va “yo„q” so„zlari bilan javob beradi. Metod yakunlanganidan so„ng, albatta, qanday savollar kuchli, qandaylari kuchsiz va nima uchunligi yuzasidan qisqacha muhokama o„tkaziladi. Ushbu metoddan yangi mavzuni mustahkamlashda foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo„ladi. Metodning maqsadi bolalarni tartibsiz savol berishga urintirmasdan, ularni mustaqil izlanishga o„rgatishdir. Namuna sifatida quyidagicha savollarni keltirish mumkin:

  1. “Tolpopuk” so„zi qo„shib yoziladimi?

  2. “Yolg„izqo„llik” so„zi ajratib yoziladimi?

  3. “Ko„zimning nuri” so„zi qo„shib yoziladimi?

  4. “Darsxona” so„zi ajratib yoziladimi?

  5. “Chang-to„zon” so„zi ajratib yoziladimi?

  6. “Sayohat” so„zi “Qo„shib yozish” bo„limida o„rganiladimi?

  7. “Maqtov” so„zi “Harlar imlosi “bo„limida o„rganiladimi?

  8. “Sharmandalikka” so„zi “Asos va qo„shimchalar” bo„limida o„rganiladimi?

  9. “Samarqand” so„zining oxirida jarangsiz undoshdan foydalaniladimi?

  10. “Hasrat-nadomat” so„zida tire tinish belgisidan foydalaniladimi?

“To„g„risini qo„llang” metodi


Ushbu metod o„quvchilarning “Orfografiya “bo„limini qay darajada o„zlashtirganini ko„rsatib beradi. Bola berilgan gaplardagi xato va kamchiliklarni tez ilg„ab olishi uchun bu metod yordamga keladi. Bolada tanlash imkoniyati mavjud bo„lib, ikkilanmasdan to„g„ri bo„lgan javobni aytishi zarur bo„ladi.

  1. Shunday deb u yonboshiga ag„darildi. / Shunday deb u yon boshiga

ag„darildi.

  1. Jamila ikki haftadan buyon bo‘yo‘sardan tanovul qilmoqda. / Jamila ikki haftadan buyon bo‘y o‘sardan tanovul qilmoqda.

  2. Don Kixot mo„jizaviy ajoyibotlar haqidagi hikoyani tezroq eshitishga oshiqqanidan otxonaga bormoqchi bo„ldi. / Don Kixot mo„jizaviy ajoyibotlar haqidagi hikoyani eshitishga oshiqqanidan ot xonaga bormoqchi bo„ldi.

  3. Puldor, mansabdorlarning farzandlari chalasavod bo„lsalar-da, oltin, kumush medal oladilar. / Puldor, mansabdorlarning farzandlari chala savod bo„lsalar-da, oltin, kumush medal oladilar .

  4. So„zlaring sevgi haqida jaranglasa ham, jaranggiga ko‘zyoshlaring hamrohlik qilsa ham gapir! / So„zlaring sevgi haqida jaranglasa ham, jaranggiga ko‘z yoshlaring hamrohlik qilsa ham gapir!

  5. Qayerda ko‘ngilxushlik, yarim-yalang„ochlik, dinsizlik targ„ib qilinsa, harom-harish erkin bo„lsa, o„sha joyda o„zini o„ldiradiganlar ko„proq topiladi. / Qayerda ko‘nglixushlik, yarim-yalang„ochlik, dinsizlik targ„ib qilinsa, harom-harish erkin bo„lsa, o„sha joyda o„zini o„ldiradiganlar ko„proq topiladi.

“O„zbek tilining asosiy imlo qoidalarini o„qitishda pedtexnologiyalarni qo„llash" mavzusidagi maqolamda "Nilufar guli" , "Ha, yo„q", " To„g„risini qo„llang" singari metodlardan foydalandim. O„z o„rnida qo„llangan ushbu metodlar mavzuni ixcham va sodda shaklda ochib berishga qaratilgan. Dars jarayonida qo„llaniladigan har bir metod o„quvchilarni zukkolikka, topqirlikka, mustaqil o„qib o„rganishga undaydi. Shuningdek, darsning qiziqarli o„tishini taminlaydi. Ma'lumotlarni yaxshi eslab qolishga va mavzuni yoritishga katta yordam beradi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI:


  1. O„zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug„ati" Toshkent, 1999.

  2. H. Jamolxonov “Hozirgi o„zbek adabiy tili” Toshkent, 2005.

Download 19.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling