Nemis mumtoz falsafasi Reja


Uyg‘onish davri falsafasi


Download 23.22 Kb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi23.22 Kb.
#1473636
1   2   3   4
Bog'liq
Nemis mumtoz falsafasi

Uyg‘onish davri falsafasi. Uyg‘onish davrida Yevropada falsafaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlardan biri nemis Nikolay Kuzanskiy (1401—1464)dir. Kuzanskiy ta’limoticha, Xudo hamma narsalarda mavjud, shuningdek, hamma narsalar Xudoda mavjud. Eng oliy haqiqatlarni bilish, sxolastik fikrlash bilan emas, balki, tajriba asosida amalga oshadi. U Xudoni borliqning oliy va yagona asosi, deb hisoblaydi. Bu masalada Kuzanskiy shunday muhim kosmologik fikrlarni bayon qiladiki, hatto ma’lum darajada uni Kopernik va Brunolarning o‘tmishdoshi deb hisoblash mumkin. Ikkinchi masala esa bilish nazariyasiga nisbatan uning butunlay yangicha yondashishidir. Ushbu masalalar bo‘yicha Kuzanskiy tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar ayrim hollarda XVIII asr oxiri va XIX asr boshidagi nemis faylasuflari tomonidan bayon qilingan fikrlarning debochasi edi.
Falsafa va fan rivojlanishiga eng katta hissa qushgan Uig‘onish davrining mutafakkirlaridan biri polyak olimi Nikolay Kopernik (1473—1543)dir. Ma’lumki, fan tarixida Kopernik o‘zining fanda tub o‘zgarish yasagan geliotsentrik ta’limoti bilan mashhur bo‘lgan. Uning ta’limoticha, insonlar tomonidan kuzatiladigan Kuyosh va yulduzlarning harakatlari aslida Yerning o‘z o‘qi atrofida kundalik aylanishidan va Quyosh atrofida yillik aylanishidan iborat. Bizning planetamizning markazi Yer emas Quyoshdir. Kopernikning buyuk kashfiyoti dunyoga teologik qarashga zarba berib, tabiatshunoslikda to‘ntarish yasadi. Bu kashfiyot Bibliyaning dunyo tuzilishi haqidagi va o‘zgarmas deb tanilgan ta’limotiga zarba berdi. Agar Yer olamning markazi emas, balki Kuyosh atrofida aylanuvchi planetalarning biri bo‘lsa, unda dunyoni, koinotni maqsadga muvofiq xudo tomonidan odamlar uchun yaratilganligi haqidagi ta’limot asossiz bo‘lib qolardi.
Uyg‘onish davrining natijasi sifatida namoyon bo‘lgan G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi tub ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar Niderlandiyada X V I asrning 60— 70 yillarida, Angliyada X V II asrning 40— 50-yillarida bo‘li bo‘tdi. Bu davrga kelib, Yevropada alohida millatlarning shakllanishi yuz berdi, milliy davlatlar paydo bo‘ldi. Endi monarxiya tuzumi jamiyatning ilg‘or tabaqalari nazarida faqat tarixan o‘z umrini o‘tab qolmasdan, balki g‘ayritabiiy, g‘ayriaqliy bo‘lib ko‘rina boshladi. O‘sha davrning ideologlari ilgari tan olinmagan insonning tabiiy huquqlari masalasini o‘rtaga qo‘ydilar. Ular ijtimoiy tartiblar inson tabiatiga mos kelishini talab qila boshladilar. Bor-yo‘g‘i 50—60 yil ilgari inkvizitorlar Jordano Brunoni yoqib yuborganlarida lom- mim demagan Yevropa, endi o‘zining hayotida markaziy o‘rinni inson huquqlari egallashi kerakligini his eta boshladi. Hatto Xudoning nomidan bo‘lsa-da, inson umriga zomin bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘qligi, odamzodning yashash, fikr yuritish erkinligining tabiiyligi anglab olina boshladi. Albatta, bungacha inkvizitsiya bir necha asrlar bu hududni aqidaparastlik changalida ushlab turgan, ne-ne aqlli kishilarni o‘z domiga tortib ulgurgan edi.

Download 23.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling