Germaniya universitetlari va kutubxonalarida Fransiya, Angliya, qo‘shni Gollandiya kabi sharq qo‘lyozmalarining boy to‘plamlari mavjud bo‘lmagan. Istisno tariqasida Xottingen sharq qo‘lyozmalari to‘plamini keltirish mumkin. Shu sababli Nemis ilm-fani diqqatini til uslublarini rivojlantirishga qaratdi va bu sohada muvaffaqiyatlarga erishdi. Nemis klassik filologiyasi, shuningdek, ilohiyotining muvaffaqiyatlarini Qur’oni karimni o‘rganish belgilab berdi. - Germaniya universitetlari va kutubxonalarida Fransiya, Angliya, qo‘shni Gollandiya kabi sharq qo‘lyozmalarining boy to‘plamlari mavjud bo‘lmagan. Istisno tariqasida Xottingen sharq qo‘lyozmalari to‘plamini keltirish mumkin. Shu sababli Nemis ilm-fani diqqatini til uslublarini rivojlantirishga qaratdi va bu sohada muvaffaqiyatlarga erishdi. Nemis klassik filologiyasi, shuningdek, ilohiyotining muvaffaqiyatlarini Qur’oni karimni o‘rganish belgilab berdi.
- 1834-yilda Flyugel Qur’onning tasdiqlangan nusxasini nashrdan chiqardi. Keyinchalik Qur’onning matni bilan ishlashni Redslob davom ettirdi. Tasavvufni jiddiy o‘rganishni ilohiyotshunos professor Tolyuk o‘zining lotin tilidagi monografiyasida boshlab berdi. Nasafiy, Rumiy, Sha’biy, Jomiy kabi so‘fiy olimlar ta’limotining kelib chiqishini ilk islom davridagi zohidlikda topish mumkin degan xulosaga keldi. Tolyukning bu konsepsiyasi zamondosh sharqshunos olimlar tomonidan keskin tanqidga uchradi.
XIX asr boshlarida Yevropa sharqshunosligi, asosan, Germaniyada yangi yo’nalish, ikki ilohiy kitob – Qur’on va Injilni qiyoslab o‘rganish paydo bo‘ldi. K. Gerok islom paydo bo’lish tarixiga xristianlikning ta’sirini o‘rgandi. Umuman olganda, nemis islomshunosligi XIX asrning birinchi yarmida islom haqidagi bilimlarni, birinchi navbatda, yangi manbalarning kiritilishi va sistematizatsiya qilinishi hisobiga rivojlandi. - XIX asr boshlarida Yevropa sharqshunosligi, asosan, Germaniyada yangi yo’nalish, ikki ilohiy kitob – Qur’on va Injilni qiyoslab o‘rganish paydo bo‘ldi. K. Gerok islom paydo bo’lish tarixiga xristianlikning ta’sirini o‘rgandi. Umuman olganda, nemis islomshunosligi XIX asrning birinchi yarmida islom haqidagi bilimlarni, birinchi navbatda, yangi manbalarning kiritilishi va sistematizatsiya qilinishi hisobiga rivojlandi.
- XIX asrning birinchi yarmida Yevropada qiyosiy tilshunoslik sohasidagi muvaffaqiyatlar nemis turkshunos olimi Genrix Klaprot (1783-1835) nomi bilan bog‘liq. Klaprot Fanlar akademiyasi tashrifi bilan Rossiyada bo‘lib, Sibir va Kavkazga sayohat qiladi. O‘z izlanishlari natijasida ural-oltoy tillarining o‘rganilishiga va turkiy tillarning klassifikatsiya qilinishiga katta hissa qo‘shadi. Muhim manbalardan “Boburnoma” va “Kodeks Kumanikus” bo‘yicha amalga oshirgan ishlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Klaprotning asosiy, eng mashhur asari “Ko‘p tilli Osiyo” hisoblanadi. Bu asarda olim turkiy tillar leksikasidan foydalanish asosida qiyosiy-tarixiy metod va lingvistik analizning qo‘llanilishiga yaqqol misol keltiradi. Tyubingen sharqshunoslik universitetining faoliyati german sharqshunosligining rivojlanish an’anasini ko‘rsatishga yaqqol misol bo‘la oladi. Sharq tillari va madaniyatini o‘rganish bu universitetda (hozirda Karl Eberxard nomi bilan ataladi) 1447-yili, ya’ni u asos solingan paytdan boshlanadi. Dastlab u xristian ilohiyotshunosligi doirasidagi yordamchi fan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |