Nemis sharqshunoslik maktabi


Download 1.32 Mb.
bet5/6
Sana04.02.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1160455
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nemis sharqshunoslik maktabi

1521-yili asos solingan ibroniy tili kafedrasida arab tilini o‘rgangan professor-olimlar muntazam faoliyat olib borishgan. 1775-yili kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan Krisrian Fridrix Shurrerning kelishi bilan Tyubingenda sharqshunoslik ilohiyotdan ajratiladi. 1872-yildan 1889-yilgacha kafedrani Albert Sotsin boshqaradi. Uning arab tili grammatikasi hozirgi kungacha ishlatib kelinayotgan Karl Brokkelmanning arab tili grammatikasi uchun asos qilib xizmat qilmat qildi.

  • 1521-yili asos solingan ibroniy tili kafedrasida arab tilini o‘rgangan professor-olimlar muntazam faoliyat olib borishgan. 1775-yili kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan Krisrian Fridrix Shurrerning kelishi bilan Tyubingenda sharqshunoslik ilohiyotdan ajratiladi. 1872-yildan 1889-yilgacha kafedrani Albert Sotsin boshqaradi. Uning arab tili grammatikasi hozirgi kungacha ishlatib kelinayotgan Karl Brokkelmanning arab tili grammatikasi uchun asos qilib xizmat qilmat qildi.
  • XIX asr birinchi yarmi va o‘rtalari Germaniya ilm-fanida Sharqqa qiziqishning o‘sishi bilan xarakterlanadi. 1845-yildan, keyinchalik, Germaniyaning Sharqshunoslik sohasidagi asosiy nashrlardan biriga aylangan “Nemis sharq jamiyati jurnali” nashr etila boshlandi. Vaqt o‘tishi bilan bu nashr turkologiya, islomshunoslik, sharqshunoslik bo‘yicha manbalarni o‘rganishga, asosiy ilmiy ma’lumotlarning to‘planishiga xizmat qildi. Shuningdek “Chet elda” (1827-yildan), “Globus” (1844-yildan) jurnallari mashhur bo‘ldi. Bularda geografik, tarixiy, etnografik ma’lumotlar nashr etilgan.

Germaniya va Rossiya sharqshunosligining XIX asr tarixi mashhur olim Vilgelm Radlov (1837-1918) nomi bilan bog‘liq. U Berlin universitetida ta’lim olgan. 1858-yilda Yena universitetida “Osiyo xalqlariga dinning ta’siri to‘g‘risida” nomli nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Radlov ilmiy faoliyatining eng samarali davri 1859-1871-yillarga to‘g‘ri kelgan. Bu davrda olim Rossiya xizmatida bo‘lib, Oltoy, Sibir, Qozog‘iston va Markaziy Osiyoga sayohat qilgan. U turkiy xalqlarning adabiy, me’moriy va arxeologik yodgorliklarini diqqat bilan o‘rgandi va o‘z sayohatlari haqida xotiralar qoldirdi. Radlov tilshunoslik sohasidagi tadqiqotlari bilan sharqshunoslik rivojiga, shubhasiz, ulkan ta’sir ko‘rsatdi va uni haqli ravishda Rossiya va Yevropa sharqshunosligi yangi bosqichining asoschisi deyish mumkin. Bundan tashqari, uning ilmiy merosi XX asr sharqshunosligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Radlovning eng mashhur asari “Sibirdan” hisoblanadi. U 1958-yildagina rus tiliga tarjima qilingan. Bungacha Radlov asarlari bilan faqat nemis va rus tillari orqali tanishish mumkin bo‘lgan.

  • Germaniya va Rossiya sharqshunosligining XIX asr tarixi mashhur olim Vilgelm Radlov (1837-1918) nomi bilan bog‘liq. U Berlin universitetida ta’lim olgan. 1858-yilda Yena universitetida “Osiyo xalqlariga dinning ta’siri to‘g‘risida” nomli nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Radlov ilmiy faoliyatining eng samarali davri 1859-1871-yillarga to‘g‘ri kelgan. Bu davrda olim Rossiya xizmatida bo‘lib, Oltoy, Sibir, Qozog‘iston va Markaziy Osiyoga sayohat qilgan. U turkiy xalqlarning adabiy, me’moriy va arxeologik yodgorliklarini diqqat bilan o‘rgandi va o‘z sayohatlari haqida xotiralar qoldirdi. Radlov tilshunoslik sohasidagi tadqiqotlari bilan sharqshunoslik rivojiga, shubhasiz, ulkan ta’sir ko‘rsatdi va uni haqli ravishda Rossiya va Yevropa sharqshunosligi yangi bosqichining asoschisi deyish mumkin. Bundan tashqari, uning ilmiy merosi XX asr sharqshunosligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Radlovning eng mashhur asari “Sibirdan” hisoblanadi. U 1958-yildagina rus tiliga tarjima qilingan. Bungacha Radlov asarlari bilan faqat nemis va rus tillari orqali tanishish mumkin bo‘lgan.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling