- XIX asr o‘rtasiga kelib Germaniyaning Leypsig va Gall shaharlarida yirik arabshunoslik markazlari shakllanadi. Mumtoz arabshunoslikning German maktabi arab qo‘lyozma merosining an’anaviy o‘rganilishi va nashr etilishiga tayanadi. G‘arb sharqshunoslari birlashtirilishida XIX asrning 1-yarmida tashkil qilingan “Nemis sharqshunoslik jamiyati” (Zeitschrift der Deutschen Morgenlendischen Gesellschaft –ZDMG) katta o‘rin tutadi, u hozirgi paytgacha chop etiladigan davriy nashrlarga ega.
- XIX asr ikkinchi yarmi, ayniqsa XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi nemis sharqshunosligi Rossiya Turkistoniga e’tiborni kuchayishi bilan xarakterlanadi. Sababi bu davrda Germaniya o‘zini mustamlaka kuchi sifatida ko‘rsatishga urindi. Turkiya, Eron va O‘rta Sharq mulklarida faol harakatlar olib bordi. Turkistonni o‘rganish Rossiya tajribasidan foydalanishga imkon sifatida Germaniya uchun foydali bo‘ldi. Lekin keyin ayon bo‘lishicha Germaniya Turkistonni “Sharqqa hujum” ning maqsadlaridan biri sifatida ko‘rgan.
- 1887-yilda Berlinda bo‘lib o‘tgan sharq tillari seminari ilm-fan va mustamlakachilik amaliyoti birlashganligining belgisi hisoblanadi. Unda Bismark sharqshunoslik sohasidagi bilimlarning Germaniya mustamlakachilik siyosatida qo‘llanilishiga alohida e’tibor qaratishni talab qildi.
Yevropa sharqshunosligining davrlashtirish tarixiga muvofiq XIX asr ikkinchi yarmi – XX boshi rivojlanishning klassik davri hisoblanadi va bu Germaniya sharqshunosligiga ham tegishlidir. Bu davrda, birinchi navbatda, tilshunoslik sohasida yorqin ilmiy maktablar paydo bo‘ldi va yangi ilmiy yo‘nalishlar rivojlandi. Ushbu jarayon sharqshunoslik tashkilotlari, bo‘limlari, seminarlar va davriy nashrlarning keng tarmog‘iga asoslangan edi. Germaniya sharqshunosligining yirik markazlari Berlin, Leypsig, Gettingen, Shtutgart, Gamburg va Drezden shaharlarida bo‘lgan. Sharqshunoslik manbashunosligi tashkiliy tadqiqot ishlari rejasida katta ahamiyat kasb etdi. 1887-1914 – yillarda Germaniyada “Sharqiy biliografiya” chop etilganligi yetarlicha manba shakllanganligidan dalolat beradi. Yoqutning Berlin qo‘lyozmalari asosida F. Vyustenfeld 1886-yildan 1873-yilgacha 6-tomli “Yoqutning geografik lug‘ati” ni nashr ettirdi. Sharq qo‘lyozmalarining Yevropa miqyosidagi katta to‘plamlariga Berlin va Gottingen to‘plamlarini kiritish mumkin. XVIII asr oxirida Gottingen universiteti bitiruvchisi I.Yerig sovg‘a qilgan mo‘g‘ul tilidagi 33 ta matn asosiy manba vazifasini o‘tagan. Yerig bu matnlarni Rossiyada xizmatda bo‘lgan payti to‘plagan. XIX asr davomida to‘plam muntazam ravishda to‘ldirib borilgan. 1894-yilda u kataloglashtirilgan, 1907-yilda esa qayta ishlanib B.Laufer (1874-1934) tomonidan tasvirlangan. Umuman olganda, Gettingen universiteti mo‘g‘ulshunoslik va xitoyshunoslikning yirik markazi sifatida rivojlangan. - Yevropa sharqshunosligining davrlashtirish tarixiga muvofiq XIX asr ikkinchi yarmi – XX boshi rivojlanishning klassik davri hisoblanadi va bu Germaniya sharqshunosligiga ham tegishlidir. Bu davrda, birinchi navbatda, tilshunoslik sohasida yorqin ilmiy maktablar paydo bo‘ldi va yangi ilmiy yo‘nalishlar rivojlandi. Ushbu jarayon sharqshunoslik tashkilotlari, bo‘limlari, seminarlar va davriy nashrlarning keng tarmog‘iga asoslangan edi. Germaniya sharqshunosligining yirik markazlari Berlin, Leypsig, Gettingen, Shtutgart, Gamburg va Drezden shaharlarida bo‘lgan. Sharqshunoslik manbashunosligi tashkiliy tadqiqot ishlari rejasida katta ahamiyat kasb etdi. 1887-1914 – yillarda Germaniyada “Sharqiy biliografiya” chop etilganligi yetarlicha manba shakllanganligidan dalolat beradi. Yoqutning Berlin qo‘lyozmalari asosida F. Vyustenfeld 1886-yildan 1873-yilgacha 6-tomli “Yoqutning geografik lug‘ati” ni nashr ettirdi. Sharq qo‘lyozmalarining Yevropa miqyosidagi katta to‘plamlariga Berlin va Gottingen to‘plamlarini kiritish mumkin. XVIII asr oxirida Gottingen universiteti bitiruvchisi I.Yerig sovg‘a qilgan mo‘g‘ul tilidagi 33 ta matn asosiy manba vazifasini o‘tagan. Yerig bu matnlarni Rossiyada xizmatda bo‘lgan payti to‘plagan. XIX asr davomida to‘plam muntazam ravishda to‘ldirib borilgan. 1894-yilda u kataloglashtirilgan, 1907-yilda esa qayta ishlanib B.Laufer (1874-1934) tomonidan tasvirlangan. Umuman olganda, Gettingen universiteti mo‘g‘ulshunoslik va xitoyshunoslikning yirik markazi sifatida rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |