Немис тили дарсларида маданиятлараро мулоқотга ўргатиш машқларидан фойдаланиш


Muammoning o’rganilganlik darajasi


Download 125.47 Kb.
bet2/15
Sana19.04.2023
Hajmi125.47 Kb.
#1361819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Nemis tili darslarida madaniyatlar

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Tillarni qiyosiy-tipologik o’rganishga oid ko’plab tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, E. D. Polivanov, V. V. Reshetov, J. B. Bo’ronov, M. D. Jusupov, A. Mamatov, U. K. Yusupov, M. I. Umarxo’jayev, A. A. Abduazizova, M. T. Irisqulov, M. I. Rasulova, R. A. Alimardonov, G. Mahkamova, D. Xoshimova va boshqa olimlarning dissertatsiya izlanishlari shu muammoga bag’ishlangan. Maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va oliy o’quv yurtlarida tillarni o’rganishning umumiy va dolzarb masalalari M. X. To’xtaxojayeva, V. I. Andriyanova, G. X. Bakiyeva, N. A. Ortiqov, T. K. Sattorov, D. D. Jalolov, S. Saydaliyev, E. Erkayev, S. Misirov, Sh.Ubaydullayev va boshqalar ishlarida o’rganilgan.
Maktab va oliy o’quv yurtlarida so’nggi yillarda rus tili darslarida o’ziga xos so’zlarni o’rgatish muammosiga S. I. Kazakbayeva (2000), L. Yu. Akramova (2001) va boshqalarning dissertatsiya ishlarini misol qilsak, chet til ta’limida leksikani o’rgatish va tarjima mashqlaridan foydalanish masalalari E. Erkayev, D. Xoshimova, G. Maxkamova, S. Misirov, Sh. Ubaydullayev va boshqalar tomonidan nemis va ingliz tilini o’rganish muammolariga oid bir qator dissertatsiya izlanishlari bajarilgan.
Bir madaniyat egasi tomonidan ikkinchi bir madaniyat badiiy asarini o’qish va anglashda vujudga keladigan qiyinchiliklar bir qator mashhur lingvist, jamiyatshunos va metodistlarning izlanishlari obyekti bo’lgan (V. V. Vinogradov, A. A. Leontev, G. Tomaxin, E. M. Vereshagin, V. G. Kostomarov, G. Sh. Abdullayeva, O’. Nurmatov, Z. Sodiqov, B. Xolmirzayev va boshqalar).
Tillarni o’rganishning lingvomadaniyatshunoslik aspekti va madaniyatlararo muloqotga doir ilmiy izlanishlar Yu. E. Proxorov (2003), Yu. K. Vorobyov (2003), V. T. Maligin (2004), L. O. Ivanova (2004) larning tadqiqotlariga bag’ishlangan.
Biroq, hozirgi kunga qadar nemis va o’zbek tillari lingvistikasi va metodikasini qiyosiy (kontrastiv) lingvometodologik talqini to’liq o’z aksini topmagan, ya’ni nemis xalqi hayot tarzi, turmushi, tarixi, madaniyatini tasvirlovchi semantika madaniy komponenti aks etgan mashqlardan foydalanib madaniyatlararo muloqotga o’rgatish metodikasi yo’q, chunki “o’zbek maktablarida nemis tilini muvaffaqiyatli o’rganish leksikani yaxshi o’zlashtirish bilan uzviy bog’liq”ligi isbot talab etmaydigan haqiqatdir.
Mazkur bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi, bizning nuqtai-nazarimizda, ekstralingvistik omillar bilan ham asoslangan.
Yuqorida keltirilgan omillar mazkur izlanish mavzusini tanlash va uning dolzarbligiga sabab bo’ldi.

Download 125.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling