A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
A.R. BAKIYEV, S.N. XASHIMOVA, I.A. BAKIYEVA
ISHLAB CHIQARISHNI
 TASHKIL QILISH VA
IQTISODIYOT
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
Тoshkent
«IQTISOD-MOLIYA»
2010


Ushbu o‘quv qo‘llanmada fanning predmeti va vazifalari va
xalq xo‘jaligida ishlab chiqarishning o‘rni va ahamiyati, boshqarish
va rejalashtirishning ilmiy asoslari, fan texnika taraqqiyoti,
xodimlar va mehnatga haq to‘lash, asosiy fondlar va aylanma
vositalar, mahsulot sifati va raqobatbardoshlik, tannarx hamda
foyda va rentabellik kabi masalalar keng o‘rin olgan.
O‘quv qo‘llanma o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining
iqtisodiyot sohasi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalari uchun
mo‘ljallangan.
BBK 65.9-80ya722
Тaqrizchilar:
i.f.d. prof. Z.Ya.Xudoyberdiyev,
t.f.n. dots. F.A.Mirbabayev
© «IQTISOD-MOLIYA», 2010
ISBN 978-9943-13-218-4
65.9
Bakiyev A.R.
B14
Ishlab chiqarishni tashkil qilish va iqtisodiyot.
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma /
A.R. Bakiyev, S.N. Xashimova, I.A. Bakiyeva; O‘zR
oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazi. T.: «IQTISOD-
MOLIYA», 2010. -208 b.
Xashimova S.N., Bakiyeva I.A.


KIRISH
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy jihatdan
rivojlantirish amalga oshirilayotgan hozirgi sharoitda sodir
bo‘layotgan tub iqtisodiy islohotlarni bilishni taqozo etadi.
Iqtisodiy qonunlarning talablari va amal qilish xususiyatlari
o‘rganilmay turib muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Iqtisodiy
jarayonlar va hodisalarni bilishda, fanlar, eng avvalo, bozor
iqtisodiyoti asoslari va ishlab chiqarishni tashkil qilish fanining
roli o‘sib boradi. Chunki u jamiyatning bazasini, ishlab chiqarishni
zamonaviy tashkil qilish sir-asrorlarini, iqtisodiy qonuniyatlar
va kategoriyalarning tub mohiyatlarini ochib beradi.
Hozirgi kunda har bir jamiyat a’zosining oldida Bozor
iqtisodiyoti qonuniyatlari, uning O‘zbekiston Respublikasida
qanday amalga oshirilayotganini, bu qonuniyatlarni ishlab
chiqarishga tadbiq etishni, pirovard natijada talab darajasida xizmat
ko‘rsatish va tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishning sirlarini
bilib olish kabi vazifalar turibdi.
Ilmiy izlanishning hozirgi davrda bizning respublikamizda
iqtisodiyot rivojlanish holati va barcha tarmoqlardagi strukturaviy
o‘zgarishlarga mos ravishda olib borilishi iqtisodiyotda bo‘layotgan
o‘zgarishlarni muvofiqlashtirishga olib kelmoqda.
Ayniqsa, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida
yangilik kiritish jarayoni bo‘yicha ko‘p muammolar paydo
bo‘lmoqda va ularni o‘z vaqtida hal etish uchun kerakli kadr,
moddiy texnika bazasi, tashkiliy va uslubiy tadbirlarni amalga
oshirishni talab etadi. Faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik mexanizmi
korxonalarning turli xil mulkdor shakllaridagi muammolarini
nafaqat hal etishga, balki ma’lum holatda qiyin sharoitga tushib
3


4
qolishga olib keldi. Masalan, korxonalar yangilik joriy etish
jarayonida, xorijdan investitsiyalar jalb etish va raqobatbardosh
mahsulot chiqarish borasida hal etilmagan masalalar va vazifalar
turibdi.
O‘zbekiston Respublikasining kelajakda buyuk davlat bo‘lishi
ko‘p jihatidan hozirgi kunda ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarga
bog‘liq. Ularning ongiga hamma xildagi tarbiyani singdirish bilan
bir qatorda, iqtisodiy tarbiyani qo‘shib olib borish muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda iqtisodiy tarbiyaning qo‘yidagi
muhim vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
— birinchidan, jamiyat har bir a’zosining muqaddas burchi
va sharafli ishi bo‘lgan mehnatga ongli va ijodiy munosabatni
tarbiyalash;
— ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalarini tezda
o‘zlashtirib, o‘z kundalik ish faoliyatlariga tatbiq etishni
shakllantirish;
— uchinchidan, bu tarbiya ishchilarning ijtimoiy tashab-
buskorligini rivojlantirishga, ishlab chiqarishni, korxonani bosh-
qarishda ishtirok etishiga ko‘maklashadi;
— to‘rtinchidan, jamiyat a’zolarida o‘z kichik bizneslarini
tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik, ishbilarmonlik
kabi xislatlarni shakllantiradi;
— beshinchidan, eng muhimi, bu tarbiyaning vazifasi barcha
ishchi-xizmatchilarda o‘z Vatanining mas’uliyatli a’zosi hamda
ishlab chiqarish jabhasining xo‘jayini tuyg‘usini mustahkamlaydi.
Mazkur qo‘llanma oldingi o‘rganib kelingan siyosiy iqtisod,
iqtisodiyot asoslari kabi fanlarga shaklan o‘xshasa-da, mazmunan
ulardan tubdan farq qiladi. Chunki, unda korxonalarning bozor
sharoitidagi huquqiy-tashkiliy tuzilishlari, ularning zamonaviy
ishlab chiqarishni qanday tarzda olib borilishining maqsadga
muvofiqligi, yangi turdagi xususiy korxonalarni tashkil qilish,
mablag‘lardan oqilona foydalanish, foydaning taqsimlanishi,
mehnatga haq to‘lashning yangi shakllari, mehnat unumdorligini
oshirish yo‘llari, kichik biznesni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘l-


5
lab-quvvatlash kabi va bozor iqtisodiyotining boshqa muhim
masalalari hozirgi zamon talablari darajasida yoritilgan. Bulardan
tashqari savdo-sotiqning zamonaviy usullari haqida — marketing,
boshqarishning yangi iqtisodiy usuli — menejment, raqobat-
bardosh tovarlar ishlab chiqarish va fan-texnika yutuqlarini
hayotga tadbiq etish orqali jahon bozoriga mos tovar ishlab
chiqarish masalalariga ham katta e’tibor berilgan.


6

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling