A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu. KORXONA — ISHLAB CHIQARISHNING ASOSIY BO‘G‘INI 2.1. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish
Nazorat savollari
1. «Ishlab chiqarishni tashkil qilish va iqtisodiyot» fani nima uchun o‘qitiladi? 2. «Ishlab chiqarishni tashkil qilish va iqtisodiyot» fanining obyekti deganda nimalarni tushunasiz? 10 2-mavzu. KORXONA — ISHLAB CHIQARISHNING ASOSIY BO‘G‘INI 2.1. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti jamiyatni demokratiyalashtirish, iqtisodiyot salohiyatlarini mustah- kamlash va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishga yo‘naltirilgan, bozor munosabatlariga o‘tishning mamlakatimiz uchun maxsus ishlab chiqilgan modeli asosida rivojlanib bormoqda. Bu model O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyotni islohot qilishning beshta muhim tamoyiliga asoslangan hamda xo‘jalik faoliyati yurituvchi subyektlarning erkinligi, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni himoya qiluvchi zaruriy qonun hujjatlari bilan belgilab berilgan. Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun talab qilinuvchi ushbu vazifalarning amalga oshirilishida korxonalarga roli katta. Ular iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo‘g‘ini bo‘lish bilan birga mahsulot ishlab chiqarish, aholiga xizmat ko‘rsatish tufayli iste’molchilarning talablarini ham qondiradi. O‘zbekiston Respublikasining 1991- yil 15- fevralda qa- bul qilingan «Korxonalar to‘g‘risida» gi qonuniga asosan, korxona — yuridik shaxs maqomiga ega, mustaqil ravishda xo‘jalik faoliyati yurituvchi subyekt bo‘lib, o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish 11 maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi. 2009- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston iqtiso- diyotining turli tarmoq va sohalarida turli xil mulkchilik shakliga ega bo‘lgan 468,8 mingta xo‘jalik faoliyati yurituvchi subyekt mavjud bo‘lib, ulardan 398,5 mingdan ortig‘ini kichik korxonalar hamda mikrofirmalar tashkil etadi. Kor- xonalarning eng katta qismi savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va qurilish sohalarida ro‘yxatga olingan. Jami korxonalar miqdorida nodavlat sektorining salmog‘i katta bo‘lib, 93 %ni tashkil qiladi. Har bir mamlakatning sanoat quvvati hamda fan-texnika taraqqiyoti va iqtisodiyotni modernizatsiyalash ko‘rsat- kichlarini birinchi o‘rinda yirik korxonalar belgilab beradi. Shu sababli «kichik» iqtisodiyotni rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan holda fan va xo‘jalik amaliyotining eng muhim vazifasi hisoblanadi. Bu vazifani iqtisodiyotning har bir tarmog‘i va sohasida hal qilishning yo‘llari o‘xshash bo‘l- masligi yoki bir xil tavsifga ega bo‘lmasligi mumkin. Har bir alohida yuzaga kelgan iqtisodiy holatda mavjud sharoitlar va rivojlanish afzalliklariga mos holda harakat qilish zarur. Korxonalar faoliyati milliy iqtisodiyot va uning tarmoq- lariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Korxonalar qanchalik yaxshi, samarali va rentabelli ishlasa, milliy iqtisodiyotning ham ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti korxonalar faoliyatini erkinlashtiradi, ularning mustaqilligini mustahkamlaydi hamda ishlab chiqarishni tashkil etish va rentabellikning yuqori ko‘rsatkichlariga erishishga keng imkoniyatlar yaratadi, deb hisoblanadi. Korxonaning milliy iqtisodiyotga qo‘shiladigan hissasi aholini ish bilan ta’minlash hisoblansa. Ko‘rinib turibdiki, istalgan korxonaning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati 12 ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, olinadigan foyda yoki daromad miqdoridan tashqari aholini ish bilan ta’minlashdagi ishtirokiga ham bog‘liq bo‘lib, ishsizlikning kamayishiga, demak, mehnat faolligining ortishi va ijtimoiy ahvolning yaxshilanishiga ham sababchi bo‘ladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling