A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Boshqarishni tashkil qilishning subyektlari
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
5.2. Boshqarishni tashkil qilishning subyektlari
va obyektlari Har qaysi xo‘jalik va ishlab chiqarish negizi boshqa- riladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt tushunchalaridan tashkil topgan bo‘ladi. Masalan, korxonada boshqaruvchi tizimchaga korxonaning direktori va unga bo‘ysunuvchi butun boshqaruv apparat kiradi. Boshqariladigan tizimchaga esa korxonadagi sexlar yoki uchastkalar kiradi. Sexda boshqaruv tizimchasnga sex boshlig‘i va unga bo‘ysunuvchi barcha boshqaruv apparati kiradi. Sexdagi uchastkalar boshqa riladigan tizimchani tashkil qiladi. Uchastkalardagi tizim- chaga uchastkaning rahbarlari kiradi, boshqariladigan tizim- chaga ishchilarning ish joylari kiradi. Boshqariladigan va boshqaruvchi tizimchalar o‘rtasidagi aloqa odamlarning bir- biri bilan o‘zaro munosabatlaridan iborat. Ish joylarida ham boshqarish mavjud bo‘lib, u boshqa ko‘rinishda amalga oshi- riladi. Bunday boshqarish mehnat vositalarini, ya’ni bu- yumni boshqarish deyiladi. Zamonaviy ishlab chiqarishda asosiy qurol mashina hisoblanadi. «Inson— mashina» tizimida inson boshqaruv subyekti sifatida chiqadi, mashina esa uning obyekti bo‘ladi. Bunda inson mashinaning ishlashi to‘g‘risida yoki asboblar yordamida axborot oladi, zarur qarorlarni qabul qiladi, ularni amalga oshiradi. Bu boshqaruv funksiyasini maxsus shaxslar guruxi amalga oshiradi. Ular boshqaruv apparati deb ataladi. 32 Shunday qilib, ishlab chiqarish ikki turdagi boshqarish tashkil qiladi: a) mehnat vositalarini boshqarish; b) ishchi va xodimlarni boshqarish. Mehnat vositalarini boshqarish jarayonida ishchilar moddiy boylik olish maqsadida mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bu boshqariladigan tizimchani ifodalaydi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, ishlab chiqarishni boshqarish boshqaruv tizimchasi bo‘lib, unga faqat ishchi xodimlarni boshqarishni kiritish mumkin. Moddiy boylik olish uchun mehnat buyumlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ishchilar ikki turda: bosh- qaruvchi tizimda boshqarishning obyekti (odamlarni boshqarish) va boshqariladigan tuzilmada boshqarishning subyekti (buyumni boshqarish) sifatida ishtirok etadi. Shunday qilib, ishlab chiqarishni boshqarish — ishchilarni boshqarishdan iborat bo‘lib, ular o‘z navbatida, mehnat vositalarini boshqaradi. Odamlarni boshqarish ishlab chiqarishda ularning munosabatlariga ham ta’sir ko‘rsa- tishdir. Masalan, har bir korxona sexlararo asosiy va yordamchi sexlar o‘rtasida, har bir sexda uchastkalararo o‘z navbatida har qaysi uchastka yoki brigadalarning ishchilari o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalari munosabatlari mavjud bo‘ladi. Shuningdek, korxonalar boshqa korxonalar bilan mah- sulot sotish, ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlash borasida ham ishlab chiqarish aloqalarini o‘rnatadi. Bu munosabatlar kooperatsiyasi va mehnatni ixtisoslashtirshi darajasiga bog‘liq. Yuqorida aytilgan fikrlarni yakunlab, ishlab chiqarishni boshqarish tabiat va jamiyat taraqqiyotning qonunlarini ongli ravishda qo‘llashiga asoslangan bo‘lib, ishlab chiqarishni 33 birlashtirish maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosaga kelish mumkin. Birlashma boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilishi vazifasiga, birlashma tasarrufiga kiradigan korxona tashkilotlarning bir-biriga joylashish masofasiga va ularning xo‘jalik mustaqillik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Birlashmaning tashkiliy tuzilishini uning bosh yetakchi tuzim negizida tashkil etish iqtisodiy jihatdan samarali va maqsadga muvofiqdir. Bunday yetakchi tizim birligi ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy ishlab chiqarish oligohlari yoki tajriba konstruktorlik bo‘limlari, ishlab chiqarish birlashmalarida esa uning bosh korxonasi bo‘lishi mumkin. Birlashma o‘z tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlar filial yoki ixtisoslashgan ishlab chiqarish birliklariga aylantirishi mumkin. Bunda ulariing xo‘jalik mustaqilligi birlashma tomonidan chegaralab qo‘yiladi. Yangi tashkil etilgan filiallarni ishlab chiqarish rahbarlari boshqaradi. Bunday usulda tashkil qilingan birlashmada apparat yetakchi birlik rolini o‘ynaydi. Bu esa boshqaruv xodimlarining sonini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi. Ularda ishlab chiqarishni tezkor boshqarish uchun zarur funksional apparatlar bo‘ladi. Birlashmani yakkaboshchilik asosida bosh direktor boshqaradi. U birlashma faoliyatining barcha sohalariga va davlat rejalarining bajarilishiga shaxsan javobgardir. Bosh direktor birlashma nomidan ish yuritadi. Birlashmaning mol- mulkiga egalik qiladi, shartnomalar tuzadi, birlashma va uning bo‘linmalari ishini muvofiqlashtiruvchi hujjatlarni tasdiqlaydi. Unga ishlab chiqarish birliklarini, xo‘jalik mustaqillik chegarasini belgilash huquqi berilgan bo‘ladi. Bosh direktor huzurida maslahat qilish huquqiga ega bo‘lgan 34 birlashma kengashi tuziladi. Uning tarkibiga bosh direk- torning o‘rinbosarlari, ishlab chiqarish rahbarlari va jamoat tashkilotlariniig faol vakillari kiradi. Mazkur kengash birlashmada ishning qanday bajarilayotganligani tekshiradi, tahlil qiladi, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va nazorat qiladi. Bosh direktorga uning o‘rinbosarlariga ba’zi bir funksional bo‘limlarning rahbarlari bo‘ysunadi. Birlashmada bosh dirsktor o‘rinbosarlari boshqaruvining ma’lum bir vazifasiga ko‘ra muayyan bo‘lim va xizmatlarga rahbarlik qiladi va uning ish natijalariga shaxsan javob beradi. Bosh direktorniig birinchi muovini birlashmaning bosh muhandisi hisoblanadi. U birlashmaning texnik jihatdan rivojlanishini boshqaradi va birlashmaning barcha ilmiy va ishlab chiqarish texnik masalalari bilan shug‘ullanadi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling