A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Ish jarayonlari majmuyi – ishlab chiqarish jarayonining
tashkiliy va texnologik jihatdan ajralgan qismi bo‘lib, maxsus
texnologik mazmun bilan ifodalanadi va uni bajarish uchun
1-chizma. Ishlab chiqarish jarayonining tuzilishi.


23
maxsus ishlab chiqarish vositalari hamda ma’lum kasbdagi
ishchilar zarur bo‘ladi.
Ish jarayoni — ish jarayoni majmuyining aniq chegaralangan
va o‘zining tashkiliy tuzilishi (strukturasi) hamda texnologik
mazmuniga ko‘ra farqlanuvchi bir qismi bo‘lib, u aniq
texnologik mazmun, mehnat buyumlari, qo‘llaniladigan mehnat
vositalari bilan ifodalaniladi. Har bir ish jarayoni o‘zining
texnologiya va texnikasiga, tuzilishi va maqsadiga ega bo‘ladi:
shular orqali u boshqa ish jarayonlaridan farq qiladi.
Ish jarayoni muayyan ish joyida bir yoki guruh ijrochilar
tomonidan bitta yoki bir nechta mehnat qurollari yordamida
amalga oshiriladi.
Bajarilish usuliga qarab ish jarayonlari mashinalashgan,
qisman mexanizatsiyalashgan va mexanizatsiyalashgan
turlarga bo‘linadi.
Operatsiya – ish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, u
bir ish joyida yakunlangan texnologik jarayonning tugallangan
bo‘lagidir.
Operatsiyani yakka ijrochi yoki bir guruh ijrochi bajarishi
mumkin. Har qanday ish jarayoni tarkibiga kiruvchi ope-
ratsiyalarning o‘zlarining vazifaliriga ko‘ra quyidagi ope-
ratsiyalari bor:
1. Тayyorgarlik operatsiyasi (smenani qabul qilish, ish
joyini ko‘zdan kechirish, xavfsiz holatga keltirish, uskunalarni
ishga tayyorlashdan iborat).
2. Asosiy operatsiya (mahsulot ishlab chiqarish yoki ish
jarayoniga tegishli ishni bajarish).
3. Yordamchi operatsiya (bular asosiy operatsiyalarning
bajarilishiga sharoit tug‘diradi).
4. Yakunlovchi operatsiya (ishni oxiriga yetkazish, mehnat
qurollari va ish joyini tartibga keltirishdan iboratdir).
Ish jarayonida bajariladigan asosiy operatsiyalarning
soniga qarab, bitta asosiy operatsiya bajariladigan bo‘lsa –


24
«oddiy operatsiya», ikki yoki undan ko‘proq operatsiyalar
bajariladigan bo‘lsa «murakkab operatsiya»lar deyiladi.
Operatsiyalar o‘z navbatida bir ijrochi tomonidan baja-
riladigan usullar va harakatlarga bo‘linadi.
Usul operatsiyaning bir qismi bo‘lib, ijrochining muayyan
maqsadni ko‘zlab, uni bajarish uchun yakunlangan hara-
katidan (masalan: mashinani ishga tushirish, dastasini
«yurish» holatiga keltirish) iborat.
Harakat – biror buyumni olish joyini o‘zgartirish, qo‘yib
yuborish kabi ishlarni bajarish hisoblanib, usulning bir
qismidir. U ish jarayonining parchalanmaydigan bo‘lagi
bo‘lganligi uchun harakat yordamida operatsiyalarni, ish
jarayonlarini bajarish vaqti va mehnat sarfi me’yorini
aniqlashi mumkin.
Operatsiyalarning usul va harakatlarga bo‘linishi, ishchi
kuchini oqilona joylashtirish, ishchi malakasi va sonini to‘g‘ri
aniqlash va mehnat unumdorligi zahiralarini oshirish uchun
kerak.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling