A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Nazorat savollari
1. «Ishlab chiqarish jarayoni» tushunchasi va tuzilishining ta’rifi.
2. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish samaradorligiga
ta’sir etuvchi omil — «vaqt» ahamiyati.
3. «Ish jarayoni» tushunchasining ta’rifi.
4. Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlari mohiyati.
5. Ish jarayonining operatsiyaga bo‘linishi va uning mazmuni.
6. «Ishlab chiqarish operatsiyasi» tushunchasining ta’rifi.
7. Ishlab chiqarish operatsiyasi turlari.
8. Ish jarayonining usullar va harakatlarga bo‘linish sabablari.
9. Mehnat jarayoni va uning mehnat unumdorligini oshirishdagi
ahamiyati.


25
4-mavzu. KORXONANI AXBOROT BILAN
TA’MINLASH
4.1. Axborotlar va ularning turlari
Ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini boshqarish jara-
yonini tezkor va yetuk axborotlarsiz tasavvur qilish qiyin.
Axborotlar boshqaruv negizi hisoblanadi va boshqarishning.
sifati ularning zamonaviyligiga bevosita bog‘liq.
Amalda boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimdan
ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati jarayonida berilgan
texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarga oid axborotlarni olib turadi.
Zarurat tug‘ilganda olingan axborotlar asosida boshqaruvchi
tizimi boshqaruv uchun kerak buyruqlar tayyorlanadi va
uni bajarish uchun boshqariluvchi tizimga uzatadi.
Murakkab va ko‘p qirrali korxona xo‘jaligini boshqarish
katta hajmdagi birlamchi axborotlarni ko‘rib chiqishni talab
qiladi. Ularga quyidagilar kiradi: statistik, operativ hisobot,
reja-iqtisodiy, buxgalterlik, moliyaviy, moddiy-texnika
ta’minoti; kapital qurilish; texnologik; konstruktorlik va
boshqalar.
Axborotlar kelib chiqish manbalariga ko‘ra tashqi va
ichki axborotga ajratiladi.
Тashqi muomalalardan kelib chiquvchi axborotlar tashqi
axborot hisoblanadi. Uning tarkibiga ishlab chiqarileyotgan
mahsulotga bo‘lgan talablar, texnika taraqqiyotiga oid
axborotlar, ilg‘or korxonalar ish tajribalari va shu kabilar kiradi.
Ichki axborotga ishlab chiqarish jarayoniga oid, reja
topshiriqlarining bajarilishi, sex va uchastkalarning


26
ishlariga, mahsulotniig sotiliish ia tannarxini kamaytirishga
oid axborotlar kiradi.
Axborotlar, boshqaruv jarayoniga o‘xshab, o‘zining
hajmi, tarkibi va kelib tushgan vaqti bo‘yicha boshqaruv
darajasiga bevosita bog‘liq. Bu daraja qanchalik yuqori
bo‘lsa, axborot uchun zarurat shunchalik ko‘payib boradi.
Axborotlar shartli o‘zgarmaydigai va o‘zgaruvchan
turlarga bo‘linadi. Shartli o‘zgarmaydigan axborotlar
tarkibiga nisbatan kam o‘zgaruvchi axborotlar kiradi. Bular
barcha turdagi me’yorlar, qiymatlar, reja ko‘rsatkichlari
va boshqalardir. Bundan axborotlar boshqaruv uchun zarur
bo‘lgan axborotlarning 60—70 foizini tashkil qiladi.
O‘zgaruvchan axborotlar murakkab va muhim axbo-
rotlardir. Bu turdagi axborotlar ishlab chiqarish va xo‘jalik
faoliyati jarayonining o‘zgarishini aks ettiradi. Bunday
axborotlarni to‘plash va ularga ishlov berish ancha mu-
rakkab jarayondir. Ishlov berishda iloji boricha chaq-
qonlik zarur, aks holda bunday axborotlar o‘zining muhim
va kerakli ahamiyatini yo‘qotishi mumkin.
Boshqaruv amaliyotida ikkilamchi axborotlardan ham
foydalaniladi. Bunday axborotlar shartli o‘zarmaydigan
va o‘zgaruvchan axborotlarga berilgan dastur asosida ishlov
berilmasligi natijasida yuzaga keladi va ular boshqaruv
jarayoni hamda qarorlar qabul qilish uchun ancha yetuk
va muhim axborot hisoblanadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling