A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
-mavzu. FANNING PREDMEТI VA MAZMUNI
Download 0,74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
1-mavzu. FANNING PREDMEТI VA MAZMUNI
1.1. Ishlab chiqarishni tashkil etish va iqtisodiyot fanining predmeti Jamiyat rivojlanib borgani sari ko‘pgina yangi-yangi fanlar «Ishlab chiqarishni tashkil etish» va «Iqtisodiyot» fani sifatida yurtimizga kirib kelmoqda. Bir qaraganda, u yangi fan sifatida talqin qilinsa-da, aslida rivojlangan mamlakatlarda juda ko‘p yillardan buyon o‘rganilib, o‘rgatilib kelinayotgan fan. Bozor iqtisodiyotining o‘zi, umuman, olganda qanday- dir jumboq va yangilik emas. U insoniyatga ming yillar davomida xizmat qilib kelgan, ayniqsa, bozor iqtisodi shar- qiy mamlakatlari, shu jumladan, O‘zbekistonda qadimdan ma’lum. Eramizdan avvalgi XI asrdan eramizning XVI asrigacha «Ipak yo‘li» nomi bilan mashhur bo‘lgan Karvon yo‘li Xitoyni O‘rta Osiyo, Yevropa bilan bog‘lar va O‘rta Yer dengiziga olib chiqar edi. Bu yo‘l atrofidagi barcha mamlakatlar nafaqat Xitoy ipagi bilan, balki barcha tovar- lar bilan ham o‘zaro savdo-sotiq qilish orqali, u yoki bu tovarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirganlar. Karvon yo‘llari va savdoda karvonsaroylarning alohida roli bo‘lgan. Ular xizmat ko‘rsatuvchi kompleks sifatida ma’lum bo‘lgan, ya’ni ularning qoshida mehmonxona, oshxona, sartaroshxona kabi xizmat ko‘rsatish manbalari bo‘lgan, hamda u yerda tovar narxlari, u yoki bu tovarga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq axborotlar o‘rganilgan. Тo- varlar ayirboshlash, sotish bilan bog‘liq bitimlar tuzilgan. 7 Qisqasi, biz o‘sha davrdayoq hozirgi zamon diler, maklerlari, brokerlarini — dallollar, sudxo‘rlar, vositachilar qiyofasida ko‘rishimiz mumkin. Bularning hammasi bir tomondan bozor iqtisodiyotining biz uchun yangilik emasligini isbotlasada, ikkinchi tomondan uning o‘ziga xos hozirgi sharoitga mos qonun-qoidalarini o‘rganishimizning zarurligi nuqtayi-nazaridan yangilik sifatida ham qaramo- g‘imizni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalarini o‘rganish va hayotimizga tadbiq etish orqaligina, turmush farovonligiga erishishimiz, pirovard natijada jamiyatimiz ravnaqiga hissa qo‘shishimiz mumkin. Buning uchun esa, so‘zsiz bozor iqtisodiyoti «Ishlab chiqarishni tashkil qilish va iqtisodiyot» fanining ahamiyati kattadir. Bu fan — umumiqtisodiy fanlar qatoriga mansub bo‘lib, bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlari majmuasini tahlil qilish orqali uni ishlab chiqarishga tatbiq etishning zamonaviy usullarini o‘rganadi. Kengroq ma’noda ta’rif beradigan bo‘lsak, «Ishlab chiqarishni tashkil qilish va iqtisodiyot» fani bu bozor iqtisodiyotining asosiy qonunlarini o‘rganish orqali uni ishlab chiqarishga tadbiq etish va pirovard natijada ishlab chi- qaruvchi va iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan qonun-qoidalarning majmuasini o‘rganadi. Yuqorida keltirilgan obyektiv qonunlardan tashqari, bu fanni tatbiq etish orqali xalq farovonligini oshirish yo‘l- yuriqlarini o‘rganadi. Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, u avvalgi siyosiy iqtisod deb yuritilgan, hozirda esa iqtisodiy nazariya deb ataladigan fan bilan, 8 ishlab chiqarishni tashkil qilish fani bilan, marketing asoslari, menejment asoslari kabi umumiqtisodiy fanlar bilan bevosita bog‘lab o‘rganiladi. Ahamiyatiga kelsak, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida bu fanni bilmasdan turib, har qanday korxona va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirib bo‘lmasligi sababli jamiyatning rivojlanishiga erishib bo‘lmaydi. Download 0,74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling