A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Nazorat savollari
1. Korxona to‘g‘risidagi qonunning mohiyati nimada?
2. Korxonalarning qanday turlari mavjud?
3. Korxonalar qanday belgilarga qarab tasniflanadi?
4. Yirik korxonalarda qancha ishchi xodimlar ishlaydi?


19
3-mavzu. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI
VA UNING TARKIBI
3.1. Ishlab chiqarish jarayoni va uning tarkibi
Ishlab chiqarish jarayoni — korxonaning murakkab va
ko‘p qirrali faoliyati asosida tashkil topgan bo‘lib, uning
asosiy vazifasi dastlabki xom ashyoni tayyor mahsulotga
aylantirishdir. Ishlab chiqarish jarayoni — mehnat vositasi
ishlab chiqarish quroli va jonli mehnat harakati yig‘indisidan
iborat bo‘ladi. Xom ashyoning tayyor mahsulotga aylanishida
hamma jarayonlarning roli bir xil bo‘lmaydi. Ba’zi jarayonlar
xom ashyoning (masalan, pivo pishirish jarayonida pishi-
ruvchi qozonlar yoki konserva zavodida pasterilizatsiya
jarayonlari) tayyor mahsulotga aylanishida bevosita qat-
nashadi. Shunday jarayonlarning yig‘indisi asosiy ishlab
chiqarishni tashkil etadi. Ayrimlari esa xom ashyoning tayyor
mahsulotga aylanishida kerakli imkoniyat yaratadi. Bular
korxonaga zarur materiallar yetkazib berish, dastgohlarni
tuzatish, elektr quvvati bilan ta’minlash, tayyor mahsulotlarni
jo‘natish kabi yordamchi jarayonlar yig‘indisidan iborat.
Bu jarayonlar yig‘indisi yordamchi ishlab chiqarish jarayoni
deb ataladi.
Ishlab chiqarish jarayonining ayrim elementlari bo‘yicha
tarkibi ishlab chiqarish strukturasi deyiladi.
Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlari va
qisman mehnat jarayonlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq tarzda
yo‘lga qo‘yilgan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish


20
natijasida korxona yuqori darajadagi samaradorlik ko‘rsat-
kichlariga erishadi. Shuni aytish kerakki, asosiy ishlab
chiqarish jarayonlarida, ayrim uchastkalarning ishlab chiqa-
rish unumdorligining bir-biriga nomutanosibligi, ishchi-
larning noto‘g‘ri joylashtirilishi, dastgohlar kompanovkasining
buzilishi, texnologiya tuzumiga e’tibor bermaslik, mehnatni
ilmiy asosda tashkil qilmaslik natijasida yordamchi ishlab
chiqarish jarayoni yuqori darajada tashkil etilmasligi kabi
holatlar korxona texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining pasa-
yishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarining yig‘indisi qisman mehnat
jarayonlaridan iborat bo‘lib, ularni turkumlashda oqilona
variantlardan foydalanib, to‘g‘ri loyihalash talab etiladi.
Ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayonning ayrim
chizma bo‘laklarga taqsimlanishi xolislikni talab qiladi,
chunki ularda doimiy alomatlar saqlanib qolishi kerak. Ishlab
chiqarish jarayoni ish kuni, mehnat buyumi va mehnat
vositasining doimiyligi natijasida paydo bo‘ladi. Agar ulardan
qaysi biri o‘zining harakati va sifati jihatidan o‘zgarsa, yangi
ishlab chiqarish jarayoni paydo bo‘ladi (ishchi — ish qurolini
yoki xom ashyoni o‘zgartirsa, albatta yangi mahsulot, yangi
mehnat paydo bo‘ladi).
Bir xil ish joyida bir yoki bir necha ishchilar turli xil
jarayonni boshqarishi mumkin. Bu esa qisman mehnat
jarayonini tashkil qiladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling