38
6-mavzu. ILMIY TEXNIK TARAQQIYOT,
TEXNIKAVIY TAYYORGARLIK VA ISHLAB
CHIQARISHGA XIZMAT KO‘RSATISH
6.1. Ilmiy-texnik taraqqiyot — ishlab chiqarishni
rivojlantirish va jadallashtirishning asosi
Fan-texnika taraqqiyoti fan va texnikaning muttasil va o‘zaro
bog‘liq holda rivojlanishidir. Тalab va ehtiyojlarning o‘sishi
ta’sirida fan-texnika taraqqiyoti jadallashishida tabiiy resurslar-
ni
insonga xizmat qildirish, ishlab chiqarishda zarur ma’-
lumotlarni aniq maqsadni ko‘zlab qo‘llash imkonini beradi.
Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish tufayli:
— Mehnat unumdorligani oshirishga erishiladi;
—
Asbob-uskunalardan,
xom ashyolardan oqilona
foydalanish zarurati tufayli yangi texnologiyaning vujudga
kelishini ta’minlaydi;
— Ishlab chiqarishni samarali tashkil qilish imkoniyat-
larini yaratadi;
— Тexnika taraqqiyoti mutaxassislarni kasbiy mahoratini
o‘zgartib, yangi kasblar vujudga kelishini ta’minlaydi;
Fan texnika taraqqiyoti o‘zaro bir-birini taqozo etadigan
ikki shaklda amalga oshiriladi:
1) fan va texnikaning an’anaviy negizlarini nisbatan sekinroq
va qisman takomillashtirish orqali, ya’ni evolyusion shakl;
2) yangi texnika va texnologiyani vujudga keltiradigan,
jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarini tubdan o‘zgartiruvchi,
ya’ni inqilobiy shakl.
Iqtisodiyotni har tomonlama rivojlanishini ta’minlash,
mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshi-
rishda asosiy vosita fan-texnika taraqqiyoti hisoblanadi.
39
Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish uchun:
— ilm-fanni ustuvor yo‘nalish sifatida rivojlantirish;
— ilmiy xodimlar tarkibini qayta tuzish.
— sanoatning
yetakchi tarmoqlarini,
eng avvalo, ma-
shinasozlik mahsulotlarining o‘sish sur’atlarini
va yangi-
lanishini ta’minlash;
— yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligini oshirish;
— inson omilidan to‘g‘ri foydalanish, boshqarish va ta’lim
tizimini qayta qurish kabi tadbirlarni amalga oshirish zarurdir.
Fan-texnika taraqqiyoti asosiy yo‘nalishlari:
1. Ishlab chiqarishni kompleks
mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish.
2. Kompyuterlashtirish.
3.
Energetikani, xususan
atom energetikasini rivoj-
lantirish.
4. Тransport va aloqaning yangi turlarini vujudga keltirish.
5. Yangi texnika va texnologiyalarni tezroq o‘zlashtirish.
6. Biotexnologiya, chiqitsiz texnologik jarayonlarni ishlab
chiqarishga tatbiq etish.
Do'stlaringiz bilan baham: