42
7-mavzu. ISHLAB CHIQARISHNING ТASHKILIY-
IJТIMOIY SHAKLLARI
7.1. Sanoatda ishlab chiqarishni ijtimoiy
tashkil etish shakllari
Mamlakat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga
ularni umumlashtirish va ijtimoiy
mehnat taqsimoti ja-
rayonlari sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Mehnat taqsimotining rivojlanish darajasi va uni umum-
lashtirish jamiyat ishlab chiqarish kuchlari hamda muno-
sabatlarining takomillashishida o‘z aksini topadi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakllari musta-
qillik tufayli va milliy iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida
o‘z mohiyati va mazmunini, maqsad va vazifalarini anchagina
o‘zgartirdi. Kichik va o‘rta korxonalarning paydo bo‘lishi
munosabati bilan ular o‘rtasida uyg‘unlashuv yuzaga keldi.
Sanoatda ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning
shakllariga quyidagilar kiradi:
— konsentratsiyalashtirish;
— ixtisoslashtirish;
— kooperativlashtirish;
— kombinatsiyalashtirish;
Konsentratsiyalashtirish deganda, bir xil, o‘xshash mah-
sulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni
yiriklashtirish tu-
shuniladi.
Ixtisoslashtirish deganda, alohida ishlab chiqarish uchast-
kalari, sexlar, korxonalar, tarmoqlarni konstruktiv va tex-
nologik jihatdan o‘xshash bo‘lgan mahsulotlarni ishlab
43
chiqarishga yoki jarayonlarni bajarishga mujassamlashtirish
tushuniladi.
Kooperativlashtirish deganda, ma’lum turdagi mahsulotni
hamkorlikda tayyorlash bo‘yicha korxona (firma)larning
birgalikda faoliyat ko‘rsatishi tushuniladi.
Kombinatsiyalashtirish deganda, turli tarmoqlarga mansub
bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni
yoki jarayonlarni bir
korxona miqyosida mujassamlashtirish deganda.
Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar va
Vazirlar Mahkamasining qarorlarida, Prezident asarlarida
ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish masalalariga alohida
e’tibor berilgan.
Natijada ular oqilona ravishda, sanoat
siyosatining barcha talablariga javob beradigan yo‘sinda
rivojlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: