A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Bashoratning maqsadi — bozorga ta’sir qiluvchi omillarni,
shu bilan birga, xo‘jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy
siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika taraqqiyotining
iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta’sir ko‘rsatishi,
an’anaviy mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi
va raqobatbardoshligiga olib keluvchi yangi mahsulot ishlab
chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
holatlarini belgilashdadir. Korxonalar uchun talabni bashorat
qilish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar turi va miqdorining o‘zgarishini avvaldan
aniqlab berib, rejalashtirishning ilmiy asosidir.
9.2. Rejalashtirish uslubiyati va turlari
Rejalashtirish uslubiyati – iqtisodiyotni boshqarishning
turli bo‘g‘inlarida, jumladan, korxonalarni boshqarish
rejalarini ishlab chiqish usullari majmuasidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar o‘z faoliyatini
rejalashtirishni mustaqil ravishda amalga oshiradi. Biroq bu
rejalashtirishning tekshirib ko‘rilgan va foydali usullaridan
voz kechishni anglatmaydi. Bugungi sharoitlarda ham
korxonalar faoliyatini rejalashtirish-texnik-iqtisodiy hisob-


60
kitoblar, iqtisodiy tahlil, muqobil variantlarni tanlashga
asoslanadi.
Rejalashtirishning eng ko‘p tarqalgan usullari qatoriga
quyidagilarni: balans, me’yoriy, iqtisodiy-matematik,
statistik, omillar bo‘yicha, ko‘p variantli hisob-kitob usuli
kabilarni kiritish mumkin. Rejalarning asoslanganlik
darajasini oshiruvchi va ularni tezda amalga oshirilishiga
xizmat qiluvchi, shuningdek, tavakkalchilik va vujudga
kelishi mumkin bo‘lgan talofatlarni kamaytiruvchi usul eng
samarali usul hisoblanadi.
Hozirgi paytda balans usulining ahamiyati oshib
bormoqda. Ushbu usulning mohiyati, o‘zaro aloqada bo‘lgan
ko‘rsatkichlarni solishtirish bilan ifodalanadi. Balans usuli
asosida korxonaning ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi,
ishlab chiqarish quvvatiga bo‘lgan talablari va ularning
manbalari aniqlanadi.
Balans usuli me’yoriy usuli bilan birgalikda qo‘llanadi.
Me’yoriy usulida resurslarni sarflashning yo‘l qo‘yish
mumkin bo‘lgan eng yuqori va eng quyi chegaralari
aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil
etishda me’yor va me’yoriy kabi tushunchalardan
foydalaniladi.
Me’yor (norma) – belgilangan sifatdagi mahsulot birligi
(ish, xizmat) tayyorlash uchun sarflanuvchi xom ashyo,
material, yoqilg‘i, energiya va boshqa resurslardan
foydalanishning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan maksimal
yoki minimal chegarasidir.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling