A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
9.4. Biznes reja tuzish
Hozirgi paytda korxonalarning aksari qismi asosan joriy rejalar (biznes-rejalar) tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda. Biznes-rejalarda eng muhim rejalashtirish ko‘rsatkichlari quyida keltirilgan: — ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) nomenk- laturasi va hajmi (natural ko‘rinishda); — mahsulot sotish hajmi (pul ko‘rinishida); — mahsulot birligining tannarxi; — foyda (daromad); — kategoriyalar bo‘yicha xodimlar soni; — mehnatga haq to‘lash fondi va o‘rtacha ish haqi darajasi; — omborlardagi xom ashyo va materiallar, tugallan- magan ishlab chiqarish va tayyor mahsulot zahiralari; — aylanma vositalar hajmi — umumiy va guruhlar bo‘yicha; — kapital qo‘yilmalar hajmi, jumladan, qo‘yilma obyekt- lari va yo‘nalishlari bo‘yicha; — yangi texnika va texnologiyaga oid chora-tadbirlar; — boshqa ko‘rsatkichlar (zarurligi va aniqlanishiga ko‘ra). Yangi mahsulotlar va texnologiyalarni qo‘llash loyihalari, shuningdek, investitsiyalar va qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlarning bir qismi alohida rejalarga kiritiladi. Ular chora-tadbirlarni amalga oshirishning butun davriga tuziladi. Biznes-rejani tayyorlash natijasida «Ishni nimadan bosh- lash kerak?»; «Samarali ishlab chiqarishni qanday tashkil qilish lozim?» «Birinchi foyda yoki daromad qachon olinadi?», «Investorlar va kreditorlar bilan qachon hisob-kitob qilish 66 mumkin?», «Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarni qanday kamaytirish mumkin?», «Raqobatchilar bilan kurashda qanday choralardan foydalanish mumkin?» kabi savollarga javob olinadi. Biznes-rejani tuzishda quyidagi shartlarga alohida e’tibor qaratish zarur: — biznes-reja professional va shu bilan birga sodda, bajarish uchun tushunarli va oson bo‘lishi lozim; — biznes-reja investor yoki boshqa manfaatdor shaxs o‘ziga kerakli ma’lumotlarni qidirib topishi uchun bo‘lim- larga (boblarga) bo‘linishi lozim; — biznes-rejani tayyorlashda korxonaning bosh rahbari albatta qatnashishi shart, chunki investor, bank yoki boshqa moliya idorasi korxona rahbari qatnashmaganligi yoki boshqa shaxsga topshirilganligi haqida xabar topsa, biznes-rejaning ishonchliligiga shubha uyg‘onishi mumkin; — biznes-rejaning obyektiv baholanishiga erishish kerak, ya’ni unda xatolar va noto‘g‘ri hisob-kitoblar bo‘lmasligi lozim; — biznes-rejaning tarqatib yuborilmasligini nazorat qilish zarur, chunki unda biznes to‘g‘risidagi maxfiy ma’lumotlar joy olgan bo‘ladi. Rejalarning har bir turi kabi, biznes-reja ham, bo‘lim va ko‘rsatkichlardan iborat bo‘ladi. O‘ntagacha bo‘limni o‘z ichiga oluvchi biznes-reja mazmuni va tuzilishiga ko‘ra, eng maqbul hisoblanadi. Mavjud adabiyotlarda quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oluvchi biznes-rejalar taklif qilinadi: 1. Тanlangan biznes konsepsiyasi. 2. Hozirgi paytdagi holat (maqsad, vazifa va niyatlar). 3. Тashkil qilinayotgan korxona va uning mahsulot hamda xizmatlari tavsifnomasi. 4. Boshqaruv (menejment). 67 5. Bozor tadqiqoti va tahlili. 6. Marketing harakatlari rejasi. 7. Ishlab chiqarish rejasi. 8. Тavakkalchilikni baholash. 9. Moliyaviy reja. 10. Biznes-loyihaning samaradorligi. Тanlangan biznes yo‘nalishining konsepsiyasini tuzishda uning raqobatbardoshligi (sifat, narx, iste’molchiga yetkazib berish shakli, tayyorlash texnologiyasi va hokazo); mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlar; o‘ziga jalb qilishning asoslanganligi(taklif qilinayotgan mahsulotning boshqa mahsulotlardan afzalliklari, mahsulot ishlab chiqarishning qaysi bosqichda ekanligi va hokazo)ga katta e’tibor qaratish lozim. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling