A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

Nazorat savollari
1. Korxona faoliyatining samaradorligini qanday sabab va
omillar belgilaydi?
2. Bozor sharoitlarida rejalashtirish vazifalari va ahamiyati.
3. Rejalashtirishdan talab qilinuvchi asosiy talablarni sanab
o‘ting.
4. Reja bilan bashoratning farqi nimada?
5. Biznes-reja nima va uning tuzilmasi qanday?
6. Biznes-rejani tayyorlashning maqsad va vazifalarini aytib
o‘ting.


68
10-mavzu. MAHSULOТNI ISHLAB CHIQARISH VA
SIFATINI OSHIRISH
10.1. Mahsulot sifati tushunchasi
Korxona ishlab chiqarish — xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy
samaradorligi mahsulot sifatining yaxshilanishi bilan uzviy
tarzda bog‘liqdir. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar eng yuqori texnik iqtisodiy, estetik va boshqa
talablarga muvofiq, bo‘lishi, jahon bozorida raqobat qila
olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Тaraqqiyotning hozirgi
bosqichida mahsulot sifatini oshirish masalasi xalq, xo‘ja-
ligining birinchi darajali muammolaridan biridir.
Sifat nima? Mahsulot sifati deganda, uni iste’mol qilish
xususiyatlarining majmuyi tushuniladi. Har bir ishlab chiqari-
ladigan mahsulot u yoki bu foydali xususiyatga ega bo‘ladi,
kishilarning ko‘p tomonlama ehtiyojlaridan birontasini
qondirish imkonini beradi. Ammo mahsulotning foydaliligi
darajasi, uning maqsadga muvofiqligi har xil bo‘lishi
mumkin.
Mahsulot sifati korxona ishlab chiqarish jamoasi ish
samaradorligining pirovard ko‘rsatkichlaridan biri hisob-
lanadi. Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni tashkil
qilish, mehnat madaniyati va intizomi o‘z aksini topadi.
Mahsulotning yuqori sifatli bo‘lishi texnologik intizomga
rioya qilish, ishchi va mutaxassislarning o‘z kasblarini yaxshi
egallaganligi, vazifasiga mas’uliyat bilan munosabatda
bo‘lishiga bog‘liq. Uning yuqori sifatini ta’minlash uchun


69
ishni izchillik bilan bajarish, ijtimoiy ishlab chiqarish sama-
radorligini ustirish zarurdir. Mahsulot sifatini oshirish uchun
qat’iy qurash har bir mehnat jamoasi a’zosining asosiy
faoliyat mezoni bo‘lib qolmog‘i kerak.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling