A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/106
Sana22.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1382394
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   106
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil qilish

10.2. Mahsulotni standartlashtirish
Barcha ijtimoiy jarayonlarga xos bo‘lgan rejali, iqtisodiy
samaradorlik standartlashga ham taalluqdidir. Bulardan
tashqari, standartlashning quyidagi o‘ziga xos prinsiplari
mavjuddir:
— optimallik;
— dinamiklik;
— progressivlik;
— komplekslilik;
— direktivlik.
Bu prinsipga ega bo‘lgan barcha standartlar tashkilot va
korxonalar uchun qonun kuchiga egaligini bildiradi. Stan-
dartga bo‘ysunmaslik qonun bo‘yicha taqiqlandi.
Barcha korxonalarda qo‘llaniladigan kategoriyadagi
standartlarni ishlab chiqishni rejalashtirishda va ularga xos
umumiylik va tashkiliy-uslubiy birlikka erishish uchun
standartlarni ishlab chiqish 4 bosqichda amalga oshiriladi:
I. Standartlarni ishlab chiqishda texnikaviy talablarni
ishlab chiqish va uni muhokamadan o‘tkazish.
II. Standart loyihasini (birinchi nusxasi) ishlab tayyorlab
taqrizga yuborish.
III. Olingan taqrizlarni ishlab chiqish, (oxirgi nusxasini)
ishlab tayyorlash va ularni tasdiq uchun yuborish.
IV. Standartlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tasdiq-
lash. Har bir standart uchun izoxnoma tuzilib unda quyidagi
talablar o‘z aksini topadi:


70
— standartni ishlab chiqarishdagi asos;
— standartni ishlab chiqishdan maqsad va uning vazifasi;
— standart obyektining tavsifi;
— standartning ilmiy-texnika darajasi;
— standartni joriy etishdan olinadigan texnik iqtisodiy
samaradorlik;
— standartni joriy qilish muddati va uning xarakatdagi
muddati;
— boshqa standartlar bilan aloqasi;
— taqrizga yuborilganligi haqidagi axborot.
Тaqrizga junatilgan loyihalar yuqoridagi talablarga javob
bera olsa, loyihalarni birinchi sahifasiga shu mahsulotlarni
iste’mol qiladigan idoralar rahbariyati «Kelishilgan» deb
imzo chekadi.
Standartlashtirish metrologiya va sertifikatlash O‘zbe-
kiston Davlat markazi ro‘yxatidan o‘tkazilib, uning texnik
shartlari belgilab qo‘yiladi. Тexnik shartlar shartli belgisining
3—4 qismlari standart ishlab chiqaruvchi korxona qaysi
tarmoq va uning qaysi bo‘limiga qarashini ko‘rsatadi. OSТ
va RSТ shartli belgilarining 3- qismi standartni tasdiqlagan
tarmoqni yoki respublika nomini bildiradi. Xom ashyolar
sifati, tayyor mahsulotlarga bo‘lgan iste’molchilar talaba-
larining o‘sishi, ularni sinash uslublari o‘zgarishlarini
e’tiborga olgan holda, standartlar vaqt-vaqti bilan qayta
qurilib, o‘zgartirib boriladi.
Mahsulot sifatini, uning texnikaviy-iqtisodiy darajasini
baholash uchun qator ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Bu
ko‘rsatkichlar mahsulotning xususiyati va uning inson uchun
qaysi maqsadda foydalanishi bilan bir-birlaridan farqlanadi.
Mahsulotlarning inson organizmi uchun foydaliligi
darajasini baholash quyidagicha:
— mahsulotning yagona sifati;


71
— mahsulotning kompleks xususiyatlari;
— mahsulotning umumiy ko‘rsatkichlari asosida aniq-
lanadi.
Mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha topshirik, va tadbirlar
barcha birlashma va korxonalar xo‘jalik faoliyati yillik
rejalarining tarkibiy qismiga kiradi. Birlashma va korxonalar
tomonidan oliy sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘sish
sur’atlari yoki maxsus tarmoq, uchun belgilangan boshqa
ko‘rsatkichlar yillar bo‘yicha taqsimlab tasdiqlanadi. Mahsu-
lot sifatini rejalashtirishda iste’molchilar reklamasiyalari
(e’tirozlari) asosida sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarishi
tufayli yuz beruvchi yo‘qotishlar tanqidiy munosabat asosida
tahlil qilinadi. Yo‘l qo‘yilgan xatolarning sabablari va
aybdorlar aniqlanib moliyaviy chora ko‘rish bilan yuqoridagi
nuqsonlar yo‘qotiladi. O‘z obro‘yini qadrlaydigan korxona
jamoasi e’tirozlarni kutib o‘tirmay, mahsulot iste’molchilari
bilan aloqa o‘rnatib, ularning sifatga bergan baholarini
maslahat va istaklarini inobatga olgan holda rejalarni ishlab
chiqadilar. Mahsulot sifatini oshirish uchun korxona barcha
tadbirlarni e’tiborga olgan holda reja tuzadi. Chunki
mahsulot sifati korxona faoliyatining barcha texnikaviy-
iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan mustahkam bog‘liqdir.
Sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun tegishli texnik
tadbirlar zarurdir, ammo har qanday eng mukammal texnika
va texnologiya ham vaqt o‘tishi bilan dastlabki aniqlik
qobiliyatini (xususiyatini) yo‘qotadi. Shuning uchun ham
korxonalarda uskunalarning aniqlik qobiliyatini ko‘rsatuvchi
laboratoriya tekshiruvlari va boshqa nazorat sistemasi
o‘tkazish, uni tartibi ravishda davlat standart nazoratidan
o‘tkazib turish, eskirgan mashina va texnologiya yo‘llarini
yangisi bilan almashtirib turish talab etiladi. Ishlab
chiqarishning barcha tarmoqlarida tayyor mahsulotning sifati


72
ko‘p jihatdan ularning saqlanishi bo‘yicha samarali tadbirlarga
bog‘liq. Bunda xom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni
omborlarga joylash va asrash, ularni o‘rash, joylash, tashish
katta ahamiyatga ega. Qator korxonalarda texnologik
intizomning buzilishi tufayli sifatsiz mahsulot ishlab
chiqarishga yo‘l qo‘yiladi. Ularning sababi standartdan, texnik
sharoitlardan yoki boshqa normalardan cheklanish bilan
mahsulot ishlab chiqarish va boshqa sabablar — texnologik
intizomni qo‘pol buzgani, sifatsiz mahsulot tayyorlagani yoki
moddiy boylikni ehtiyotsizlik bilan nobud qilganligi uchun
birlashma, korxona ma’muriyatlari uch oy muddatgacha
ishchining malaka razryadini pasaytirish huquqiga ega.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling