A. R. Bakiyev, S. N. Xashimova, I. A. Bakiyeva ishlab chiqarishni tashkil qilish va
Ishlab chiqarish quvvati va undan
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishni tashkil qilish
11.5. Ishlab chiqarish quvvati va undan
foydalanish sxemalari Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘llaridan biri mavjud ishlab chiqarish fondlaridan foyda- lanishni yaxshilashdir. Mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan qanchalik to‘la va unumli foydalanilsa, ko‘proq mahsulot ishlab chiqariladi, mahsulotning tannarxi kamayadi, korxo- naning foydasi va samaradorligi oshadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati vaqt birligi ichida belgilangan assortiment va nomenklatura, mavjud dastgohlar, ishlab chiqarish maydonlaridan to‘liq foydalanilgan holda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini ifodalaydi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati natura birligida o‘lchanadi. Masalan, metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish quvvati tonnada, to‘qimachilikda yigirilgan ip tonnada, gaz- lamalar metrda, avtotraktor tarmoqlarida avtomobillar va traktorlar donalab o‘lchanadi. Ishlab chiqarish quvvati korxonaning texnik darajasi, unumdorligi, kadrlar malakasi, xom ashyolarning sifati va mahsulotlarning assortimentiga qarab o‘zgara boradi. Korxonalarda ishlab chiqarish quvvatini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim: — mavjud uskunalar va agregatlarning soniga rejalash- tirish davrida yangitdan kiritilgan uskunalar qo‘shiladi, bunda 84 jismoniy va tabiiy sharoit ta’sirida yemirilgan uskunalar hisobga kiritilmaydi; — korxonalar va sexlarning ishlab chiqarish maydonlari haqidagi ma’lumot; — korxonalarning ish rejimi, ya’ni smenalar soni (ta’mirlashga to‘xtash vaqtisiz), ish vaqti fondi; - uskunalar, agregatlarning unumdorlik normasi. Ishlab chiqarishda turli uskunalardan foydalanish, korxonaning quvvati asosiy texnologik jarayonlarni bajaradigan yetakchi sexlar, bo‘linmalar yoki agregatlarning quvvatlariga binoan hisoblanadi. Тurli korxonalar (birlashmalar)ning ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda ularning xususiyatlari inobatga olinadi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi: Q = D s × D u × D iv , bu yerda, Q – korxonaning ishlab chiqarish quvvati; D s – bir turdagi dastgohlar soni; D u – vaqt birligidagi bir dona dastgohning unumdorligi; D iv – dastgohlarning ishlash vaqti. Yil boshida belgilangan ishlab chiqarish quvvati – kirish quvvati, yil oxiridagisi esa chiqish quvvati deyiladi. O‘rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Q ur = Q k + (Q t × N 1 ) / 12 - (Q ch × N 2 ) / 12, bu yerda, Q k – kirish (rejalashtirilayotgan yil boshidagi) quvvat; Q t – yil davomida ishga tushirilgan quvvat; Q ch – chiqish (yil oxiridagi) quvvat; N 1 – rejalashtirilayotgan davrdagi ishlab chiqarish quv- vatidan foydalanilmagan oylar soni; 85 N 2 – rejalashtirilayotgan davrda, ishga tushirilgan ishlab chiqarish quvvatidan foydalanilgan oylar soni. Asosiy fondlardan va ishlab chiqarish quvvatidan foyda- lanishni yaxshilash ijtimoiy ishlab chiqarishning samara- dorligini oshirishga, kapital mablag‘ sarflamay qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishga, mahsulot tannarxini kamay- tirishga imkon yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda respublikada ulardan unumli foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Sanoat asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari samaradorligini oshirishda korxonalarda texnologik uskuna- larning ish smenasini ko‘paytirish katta ahamiyatga egadir. Uskunalardan intensiv foydalanishni yaxshilash uchun korxonaning texnika va texnologiyasini takomillashtirish, mashinalarning ish tezligini oshirish, metall quyishga, ximiyaviy jarayonlarga sarflanadigan vaqtni qisqartirish, shuningdek, kadrlar malakasining texnikaviy saviyasini oshirish zarur. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling