80
Asosiy vositalar moddiy yoki jismonan va ma’nan
eskiradi. Moddiy eskirish mehnat vositalaridan foydalanish
jadalligi va uning korxonada ishlatilgan muddatlari bilan
belgilanadi. Ma’naviy eskirish fan va texnika taraqqiyoti
natijasida mehnat vositalarining arzonlashuvi hamda iq-
tisodiy jihatdan mukammal bo‘lgan
yangi mehnat vosi-
talarining yaratilishi va joriy qilinishi bilan bog‘liq. Amor-
tizatsiya me’yori asosiy fondlar turiga, xizmat qilish mud-
datiga ko‘ra tabaqalashtiriladi. Amortizatsiya qiymati ishlab
chiqarilgan mahsulotning tannarxiga kiritib boriladi. Mah-
sulot sotilgach, bu qiymat
amortizatsiya ajratmalari ko‘-
rinishida eskirgan jihozlar o‘rniga yangisini sotib olish uchun
zarur bo‘lgan mablag‘lar summasi tarzida jamg‘ariladi.
Amortizatsiya ajratmalari — mahsulot tannarxiga kiriti-
ladigan asosiy fondlar amortizatsiyasi summasi; asosiy fond-
larni qisman tiklash (kapital ta’mir va yangilash) va to‘liq
tiklash (renovatsiya) fondlarini yaratishga xizmat qiladi.
Amortizatsiya ajratmalari davlat tomonidan tartibga solinadi.
Amortizatsiya ajratmalari
ta’minlanishi kerak bo‘lgan asosiy
shart asosiy fondlar eskirishini to‘liq qoplashi va ularni takror
yaratish hisoblanadi.
Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlarning o‘zini yoki
uning ba’zi qismlarini yangilash vaqti kelguncha shu shaklda
ma’lum fondda jamg‘arilib
turiladi va bu fondni amor-
Do'stlaringiz bilan baham: